Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə47/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Etnogenetik jarayon - bu jarayonda xalqning ilk ildizlari hosil bo‘ladi. Bir qancha etnik guruhlar bir-birlari bilan yaqinlashib, qushilib boradi. Etnik guruhlarning tashqi qiyofasi, tili, moddiy va madaniy madaniyati har xil bo‘ladi. Uzoq davom etgan etnogenetik jarayonda ularning tashqi qiyofasida tilida, moddiy va ma’naviy madaniyatida, fe’l-atvorida umumiylik hosil bo‘ladi. O‘zbek xalqining etnogenetik jarayoni Qang‘ davlati doirasida (miloddan avvalgi III-milodiy V asrning o‘rtalari) o‘tgan. Keyingi davrlarda bu jarayon rivojlangan.
Etnik psixologiya - sotsial psixologiya bo‘limlardan bo‘lib, turli milliy, xalq va etnik guruhga xos tipik psixik xususiyatlarni o‘rganadi. O‘z tekshirishlarida muayyan tadqiqot ob’ektining moddiy va ma’naviy madaniyati, ijtimoiy hayoti, an’analari, urf-odati, til xususiyati, diniy qarashlari, shuningdek o‘ziga xos tasavvuri, kayfiyati, ish-harakatlari tizimi va boshqalarga asoslanadi. Dastlab etnografiya va antropologiya fanlari asosida vujudga kelgach, keyinchalik ijimoiy psixologiya va etnografiya zaminida maxsus fan sifatida to‘laqonli shakllanadi.
Etnik tarix-ma’lum bir xalqnnig ilk ajdodlaridan boshlanib, elat shakllanishi, uning taraqqiyot etish bosqichlarini va elatning emirilishi davrini o‘z ichiga oladi.
Etnikos (yunon.) - xalqchil, xalq tomonidan yaratilgan.
Etnogenez (yunon.) - xalqlarning kelib chiqishi, ilgari mavjud bo‘lgan turli etnik komponentlar asosida yangi etnik birlikning tarkib topish jarayoni. Etnik guruh, xalqning shakllanish jarayoni uzoq vaqt davom etadi. Xalqlarning etnogenezini o‘rganishda ular kelib chiqishining dastlabki davrigina emas, balki keyingi shakllanish tarixi ham, shuningdek hozirgi zamon etnografik, lingvistik va antropologik xususiyatlari ham hisobga olinadi. Bunday murakkab jarayonni aniqlash, etnografiya, arxeologiya, antropologiya, tarix, tilshunoslik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishni talab etadi, ya’ni etnogenez masalasi fanida kompleks o‘rganiladi. Etnogenez masalasini o‘rganish madaniyat tarixining umumiy muammolarini izohlash uchun muhim ahamiyatga molikdir.
Etnogeografiya (lot.) - etnologiyaning bir tarmog‘i. Er shari, alohida mamlakatlar va ularning hududlari aholisining tarkibi va joylashishini o‘rganadi. SHuningdek, etnogeografiya qadimgi va hozirgi etnik birliklarning joylashishni tekshiradi va shu asosida etnik chegaralarni aniqlaydi. Etnogeografiyaga etnik geografiya va etnik demografiya kiradi. Etnogeografiya antropologiya bilan yaqin aloqada. Etnografiya antropogeografiyaning turli maktablaridan farq qilib, etnik birliklar (xalqlar, etnik guruhlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va tarixiy rejada geografik muhit tabiiy-geografik omillarning ta’siri va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning etakchi rolini o‘rganadi.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin