181
*20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 200000 sumni ( 440000-200000-
40000) tashkil
qiladi
. Ushbu foyda summasi debet 9210 ―Asosiy vositalarning chiqimi‖
schetda va kredit 9310 ― Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda‖schyotida aks
ettiriladi.
Yil yakunida ushbu 9310- schyotning kreditida to‗plangan summa uning debetiga va
9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9320 “Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda”
- bu passiv va vaqtinchalik
schyotda korxonalar o‗ zlarining turli boshqa aktivlarini, masalan materiallarini, xo‗jalik
inventarlarini, nomoddiy aktivlari va boshqa aktivlarini sotishdan va boshqa
chiqimlaridan olgan foydasini
hisobga
olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida
olingan foyda yil maboynida to‗ planib boradi. Ushbu foyda boshqa aktivlarning sotish
(berish )
qiymatidan
ularning tannarxini (
qoldiq
qiymatini
) va sotishdan olingan
QQS
summasini ayirgandan
qolgan
summadan iborat bo‗ladi. Masalan, tannarxi 50000 so‗ mlik
material 72000 so‗ mga sotildi deylik. Sotishdan olingan
QQS
summasi ushbu
holda
12000 sumni (72000 * 20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 10000 sumni (
72000-50000-12000) tashkil
qiladi
. Nomoddiy aktivlarni sotishdan (berishdan) olingan
foyda xuddi asosiy vositalarni sotishdagidek topiladi. Boshqa aktivlarni chiqimidan
olingan foyda summasi debet 9220 ―Boshqa aktivlarning chiqimi‖ schetda va kredit 9320
―Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda‖schyotida aks ettiriladi. Yil yakunida
9320- schyotning kreditida to‗plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi
moliyaviy natija‖ schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Dostları ilə paylaş: