K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


“Boshqa operatsion daromadlar”-



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

 
9390 “Boshqa operatsion daromadlar”-
ushbu passiv va vaqtinchalik 
schyotning kreditida yuqorida keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion 
daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli 
qoplama
summalar 
va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‗larini aks ettiruvchi 
schyotlar ( 0100,1000,2800,2900,5000 va boshqalar) debetlanadi. Yil yakunida 9390- 
schyotning kreditida to‗plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy 
natija‖ schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
 
Korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan 
qo‘shimcha
daromadlarining analitik 
hisobi
ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‗ yicha olib 
boriladi.
10.4.Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning 
hisobi
 
 
21-son BHMSga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar 
quyidagi
schyotlarda 
hisobga
olinadi: 
9510 
―Royalti ko‗ rinishidagi daromadlar‖
 
9520 
―Dividendlar ko‗rinishidagi daromadlar‖
 
9530 
―Foizlar ko‗rinishidagi daromadlar‖
9540 
―Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar‖
 
9550 
―Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar‖
 
9560 

Qimmatli
qog‘ozlarni
qayta
baholashdan olingan daromadlar‖
 
9590 
― Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar‖
 
Ushbu passiv va vaqtinchalik schyotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan 
daromadlarning turlari 
hisoblash
tamoyiliga muvofiq aks ettiriladi. 
Royalti ko„rinishidagi daromadlar
deganda korxonalarning nomoddiy aktivlarini, 
masalan kompyuterlar uchun dasturlar ta‘ minotini, litsensiyalar va boshqalarni ijaraga 


183 
berishdan va hamkorlikda foydalanishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu 
daromadlarni 
hisoblanishi
4850 ― Olinadigan royalti‖ schyotining debetida va 9510 
―Royalti ko‗rinishidagi daromadlar‖ schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9510- 
schyotning kreditida to‗plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy 
natija‖ schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 
Dividendlar 
– bu aksiyalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar uchun 
hisoblangan
daromad. Ushbu daromadni 
hisoblashga
asos bo‗lib aksionerlik jamiyatining 
dividendning 
hisoblanganligi
to‗ g‗risidagi yozma xabarnomasi 
hisoblanadi
. Ushbu 
xabarnomada jami 
hisoblangan
dividend summasi, undan ushlangan dividend solig‗i 
summasi va to‗lanadigan dividend summasi aks ettiriladi. Agar xabarnomada dividend 
solig‗ini ushlanmaganligi uqtirilgan bo‗lsa, u 
holda
ushbu soliqni dividend olgan korxona 
to‗lashi lozim.
Hisoblangan
didivend ko‗rinishidagi daromadlar 4840 ― Olinadigan 
dividendlar‖ schyotining debetida va 9520 ―Dividend ko‗rinishidagi daromadlar‖ 
schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9520- schyotning kreditida to‗plangan 
summa uning debetiga va 9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga yoziladi va 
shu asosda u yopiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin