Foizlar ko„rinishidagi daromadlar deganda boshqa yuridik shaxslarga berilgan
qarzlar
va kreditlar uchun
hisoblangan
foizlar tushuniladi. Ushbu foizlarning miqdori
tuzilgan shartnomalar asosida
hisoblanadi
. Foiz ko‗rinishidagi
hisoblangan
daromadlar
4830 ― Olinadigan foizlar‖ schyotining debetida va 9530 ―Foizlar ko‗rinishidagi
daromadlar‖ schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9530- schyotning kreditida
to‗plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga
yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar deganda korxonaning valyuta
schyotida saqlanayotgan chet valyutasi va chet el valyutasidagi debitorlik
qarzlar
bo‗ yicha
hisoblangan
ijobiy kurs farqlari tushuniladi. Ushbu daromad
har
oyning oxirida
5210 ―Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari‖, 5220 ―Chet eldagi valyuta schyotlari‖,
4000 ―Olinadigan schyotlar‖, 4300 ―Ta‘ minotchi va pudratchilarga berilgan bo‗naklar
hisobi
schyotlari‖ va boshqa chet el valyutasida
hisobi
yuritilgan debitorlik
qarzlar
schyotlari bo‗ yicha O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Banki e‘lon
qilgan
kurslar
asosida
hisoblanadi
.
Hisoblangan
ijobiy kurs farqlari yuqorida keltirilgan schyotlarning
debetida va 9540 ―Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar‖ schyotining kreditida
aks ettiriladi. Yil oxirida 9540- schyotning kreditida to‗plangan summa uning debetiga va
9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar deganda mulkni bir yildan ko‗p
muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadning
summasi tuzilgan lizing (ijara) shartnomasi asosida
hisoblanadi
.
Hisoblangan
daromad
summasi 4830 ―Olinadigan foizlar‖, 6230 ―Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar‖
schyotlarining debetida va 9550 ―Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar‖
schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9550- schyotning kreditida to‗plangan
summa uning debetiga va 9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga yoziladi va
shu asosda u yopiladi.