Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə107/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Huquqbuzarlik sub’ekti – bu huquqqa zid aybli qilmishni sodir etgan shaxs, ya’ni huquqbuzardir. Har qanday shaxs ham huquq­buzarlik sub’ekti hisoblanmaydi, faqat o’z qilmishiga javob bera oladigan, aqli raso shaxsgina shunday sub’ekt sifatida tan olinadi.
Huquqbuzarlikning sub’ektiv tomoni. Bu jihat ayblov bilan bog’liq. Sodir qilingan qilmishiga nisbatan shaxsning ruhiy munosabati sifatida ayb turli shakllarga ega. U qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir bo’lishi mumkin. Qasd o’z navbatida – to’g’ri va egri qasdga bo’linadi.


5. YURIDIK JAVOBGARLIK: TUSHUNCHASI, BELGISI, TURLARI


Yuridik javobgarlik - bu huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida ko’zda tutilgan sanktsiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qo’llashdir. Bu choralar: shaxsiy (ozodlikdan mahrum etish); mulkiy (jarima); tashkiliy (muayyan huquqdan mahrum etish; ishdan bo’shatish) xarakterga ega bo’lishi mumkin.
Yuridik javobgarlik huquqbuzarlikning turlariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: jinoiy-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, ma’muriy-huquqiy, intizomiy-huquqiy.
Jinoiy va fuqarolik huquqiy javobgarlikni belgilash sud tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik javobgarlik kuyidagi belgilari bilan xarakterlanadi:

  • yuridik javobgarlik davlat majburlov choralari bilan bog’liq;

  • yuridik javobgarlik huquqbuzarlik bilan bog’liq;

  • yuridik javobgarlik huquqbuzar uchun salbiy oqibatlarni keltirib chikaradi (ozodlikdan, ota-onalikdan mahrum bo’lish yoki sodir etilgan qilmishi uchun jarima to’lash va xokazo);

  • normalarning sanktsiyasida o’rnatilgan bo’ladi;



6. YURIDIK JAVOBGARLIKNI ISTISNO QILUVCHI HOLATLAR


Yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar: zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi rasmiy vazifani bajarish; muomalaga layoqatsizlik va h.
Yuridik javobgarlik-huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida ko’zda tutilgan sanktsiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qo’llash bo’lib, bunda aybdor shaxs muayyan huquqlardan (shaxsiy, tashkiliy va xokazo) mahrum etiladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin