Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Huquqiy tartibga solish samaradorligini ta’minlashning quyidagi asoslarini ko’rsatib o’tish mumkin



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə115/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Huquqiy tartibga solish samaradorligini ta’minlashning quyidagi asoslarini ko’rsatib o’tish mumkin:

  • huquq ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish, ya’ni bunda qonunchilik taxnikasiga qat’iy amal qilish, ijtimoiy manfaatlarni to’laroq e’tiborga olish hamda huquq normalari amalda bo’ladigan jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlarni hisobga olish;

  • huquqni qo’llash jarayonini takomillashtirish. Bunda huquq ijodkorligi va huquqni qo’llashning samarali uyg’unligini ta’minlash hamda jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni qaror toptirish;

  • huquq sub’ektlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish va boshqalar.

18-mavzu. QONUNIYLIK VA HUQUQIY TARTIBOT


Mavzuning asosiy yo’nalishlari
Qonuniylik tushunchasi va printsiplari.
Uning normativ va ijtimoiy asoslari.
Qonunlar va huquqiy qonuniylik.
Qonuniylik kafolati: tushunchasi va turlari.
Huquqiy-tartibot tushunchasi va ob’ektiv zaruriyati.
Huquqiy–tartibot va ijtimoiy tartibot.
Qonuniylik, huquqiy-tartibot va demokratiya o’rtasidagi nisbat.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash masalalari.


1. QONUNIYLIK TUSHUNCHASI VA PRINSIPLARI


Qonuniylik – bu huquq sub’ektlari tomonidan qonunlar va qonun osti aktlariga to’la va aniq amal qilinishidir. Qonuniylik – huquq va hokimiyat, huquq va davlatning uzviy bog’liqligida o’z ifodasini topadigan, ijtimoiy-siyosiy hayotga huquqiy tus beradigan keng ma’nodagi siyosiy-huquqiy hodisa.
Qonuniylik – ijtimoiy hayotda huquq va qo­nun hukmronligidan, ijtimoiy munosabatlar barcha ishtirok­chilari tomonidan huquqiy normalar ko’rsatmalarini og’ishmay amalga oshirish, mansabdor shaxslar faoliyatidagi huquqbuzar­lik va zo’ravonlikka qarshi izchil kurashish, jamiyatda tartib va uyushqoqlikni ta’minlashdan iborat ijtimoiy-siyosiy re­jimdir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin