Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Huquqiy imtiyozlar uchun quyidagi belgilar muhim hisoblanadi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə114/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Huquqiy imtiyozlar uchun quyidagi belgilar muhim hisoblanadi:
a) huquqiy imtiyozlar sub’ektlarning manfaatlari yanada to’laroq qondirilishi, ular hayot sharoitlarining engillashtirilishi bilan tavsiflanadi;
b) huquqiy imtiyozlar umumiy qoidadan istisno tariqasida qo’llaniladi va yuridik tabaqalashtirish usuli si­fatida amal qiladi. Chunki imtiyozlar, avvalambor, shaxs maxsus huquqiy maqomining muhim qismi, sub’ektning asosiy huquq va erkinliklarini yuridik yo’sindagi alohida imkoniyatlar bilan to’ldirish mexanizmidir;
v) huquqiy imtiyozlar vakolatli davlat organlari tomonidan huquqiy hujjatlarda huquq ijodkorligining demokra­tik printsiplariga muvofiq belgilab qo’yilgan istisno tariqasi­dagi qoidalar sifatida amal qiladi. Odatda, imtiyozlar huquqni qo’llash hujjatlari bilan emas, balki normativ hujjatlar bilan belgilab qo’yiladi.
Huquqiy imtiyozlarning asosiy maqsadi – shaxs, ijtimoiy gu­ruhlar va davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish. Ana shu asosiy maqsadga erishishga qaratilgan huquqiy imtiyozlar kompensatsiya qiluvchi va rag’batlantiruvchi funktsiyalarni bajaradi.
Huquqiy imtiyozlarning turlari quyidagilardan iborat:

  • huquqiy tartibga solish premetiga ko’ra: konstitutsiyaviy, fuqarolik, ekologik va boshqalar;

  • hajmiga ko’ra: asosiy, qisman va qo’shimcha;

  • harakat qilish vaqtiga ko’ra: doimiy va vaqtinchalik;

  • mazmuniga ko’ra: moddiy huquqiy, ma’naviy.



7. HUQUQIY TARTIBGA SOLISH SAMARADORLIGI, BELGILARI VA UNI TA’MINLANISH ASOSLARI


Huquqiy tartibga solish samaradorligi – bu huquqiy tartibga solish maqsadi bilan erishilgan natija o’rtasidagi nisbatdir.
Muayyan davlatda amalda bo’lgan huquqiy tartibga solish mexanizmining samaradorligi ushbu jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy - huquqiy va ma’naviy omillar bilan belgilanadigan vaziyatga bog’liq bo’ladi.
Huquqiy tartibga solish samaradorligi keng va serqirrali tushuncha bo’lib, uning tarkibiy qismlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • amaldagi qonunchilik tizimining sifat jihati;

  • huquqni qo’llash faoliyatining samaradorligi;

  • huquqni qo’llash sub’ektlarining huquqiy ongi darajasi;

  • aholining huquqiy ongi va madaniyati darajasi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin