Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Huquqiy vositalarni quyidagi bir qator mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə110/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Huquqiy vositalarni quyidagi bir qator mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin:

    • murakkablik darajasiga ko’ra huquqiy vositalar birlamchi (elementar) va kompleks (tarkibiy) turlarga bo’linadi. Bunda birlamchi huquqiy vositalar sifatida sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlar, rag’batlantirish va jazolash, imtiyoz va ta’qiqlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Kompleks xarakterdagi huquqiy vositalar esa shartnoma, huquq normalari, huquq institutlari, huquqiy rejim va boshqalardan iborat bo’ladi;

    • amalga oshirish funktsiyalariga ko’ra: tartibga solish (reguliyativ) va muhofaza etish;

    • huquqiy tartibga solish predmetiga ko’ra: konstitutsiyaviy, ma’muriy, jinoiy va boshqalar;

    • yuridik xarakteriga ko’ra: moddiy va protsessual (da’vo);

    • ularni qo’llash natijasida kelib chiqadigan oqibatlarining ahamiyatiga ko’ra: oddiy (masalan, jarima) va maxsus (masalan, umrbod ozodlikdan mahrum etish);

    • amalda bo’lish muddatiga ko’ra: doimiy (masalan, fuqarolik) va vaqtinchalik (masalan, mukofot);

    • huquqiy tartibga solish turiga ko’ra: normativ (masalan, huquq normalarida belgilab quyilgan taqiqlar) va individual (masalan, huquqni qo’llash aktlari);

    • axborot – ruhiy yo’nalishiga ko’ra: rag’batlantiruvchi (imtiyozlar) va cheklovchi (masalan, muayyan xatti-harakatni to’xtatib qo’yish) va boshqalar.



4.HUQUQIY REJIMLAR (TARTIBLAR) TUSHUNCHASI, BELGILARI VA TURLARI

Bugungi kunda “huquqiy rejim” tushunchasi yuridik fan sohasida tobora mustahkam o’ringa ega bo’lmoqda. Huquq tizimini o’rganish davomida har bir tarmoqning o’ziga xos tartibga solish rejimi bo’lishi hamda aynan shu rejimda tarmoqning yuridik o’ziga xosligi mujassam ekanligi aniqlanishi bilan ko’rib chiqilayotgan tushuncha huquqiy voqelikning muhim jihatlarini ifodalashi ravshan bo’lib qoladi. Bundan tashqari, “huquqiy rejim” deb nom olgan institutning mavjudligi, huquqiy voqelikda uning ahamiyati huquqning institutsional tuzilma sifatida ko’p mezonliligi, ko’p qirraliligidan, huquqni tavsiflashda normativlikning muhim ahamiyati faqat birgina “normalar tizimi”dan iborat emasligidan guvohlik beradi.


Agar huquqni doimiy dinamik holatda bo’ladi, deb yondashadigan bo’lsak, bunda u o’z institutsionalligining yangi muhim qirralari hamda jihatlari bilan to’la namoyon bo’ladi. Bunday holatda huquqiy tartibga solishni, uning mexanizm, usul, tur kabi jihatlarini, shu jumladan, huquqiy rejimlarni ham har tomonlama o’rganish zarurati tug’iladi. Mazkur tushuncha yuzasidan barcha yondashuvlarni umumlashtirgan holda o’rganib, unga muayyan ob’ektning belgilangan holati, undan foydalanish, egalik qilish, tasarruf etish hamda tegishli sohada yuzaga keladigan munosabatlarning tartibi degan ta’rifni berish maqsadga muvofiqdir. Demak, huquqiy rejim – davlat tomonidan huquq normalari ko’rinishida o’rnatiladigan va davlat majburlov kuchi bilan ta’minlanadigan huquqiy tartibga solishning maxsus usulidir.
Yuqoridagi ta’rifdan ham ko’rinib turibdiki, huquqiy rejim muayyan tartibning mavjudligi bilan bog’liqdir. O’z navbatida, tartib o’zida bir harakatdan keyin boshqa harakatni amalga oshirishning texnologik ketma-ketligini namoyon etadi. Bu borada A.V.Malko va O.S.Rodionovlar to’g’ri ta’kidlab o’tganlaridek, huquqiy rejimlar ijtimoiy hayotning muayyan sohasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar guruhini barqaror normativ tartibga solishni ta’minlaydilar hamda muayyan ob’ektlardan samarali foydalanishga ko’maklashadilar15.
Har qanday huquqiy rejimning samarali faoliyat yuritishi birinchidan, mantiqiy asoslantirilgan, ikkinchidan, oldingi harakatdan keyin qonuniy va ketma-ketlik asosida harakat qilish zarurligini ko’zda tutadi. Masalan, texnik jihatdan murakkab tuzilishga ega bo’lgan u yoki bu predmetdan foydalanishdan oldin, eng avvalo, undan foydalanish yo’riqnomasi bilan tanishib chiqish lozim. Chunki, predmetdan foydalanishga qo’yilgan minimal talablarni bilmaslik, o’z navbatida, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin