Kurs ishining dolzarbligi: O’quvchilar intelektual tafakkurini shakllantirish asosida o’quvchilar qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish ularning fazoviy shakllar haqida bilimlarini yanada chuqurlashtirsh. Respublikamiz Prezidenti SH. Mirziyoyev “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni va oliy ta’lim tizimi yanada rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan PQ 29-09 Qarori mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazib jarayonining mohiyati to’loqonli ochib berilgan. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasida yetkazish borasida muayyan vazifalar amalga oshirilishi lozim. Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlarining malakali mutaxassis bo’lib yetishishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Biz bo’lajak pedagog ekanmiz, o’sib kelayotgan yosh avlodni yetuk ma’naviyatli, bilimli, malakali kadr etib tarbiyalash har bir pedagogning asosiy vazifasidir va bu ishlarini biz ham munosib ravishda amalga oshirilishiga o’z hissamizni qo’shishga harakat qilamiz.
Maktabda matematika fanini o’qitish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish–o’qitish samaradorligini oshirishning omillaridan biri sifatida yaqqol ko’zga ko’rinmoqda. Chunki o’qitishning ilg’or, nostandart (interfaol) shakllari-ta’lim-tarbiya masalalarini unumli yechishga, o’quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o’quv mashg’ulotlarini takomillashtirish yo’llaridan biri.
Kurs ishining maqsadi:Matematik analiz mukammal o’rganish.
Kurs ishining obyekti: Oliy o’rta ta’lim muassasalarida Matematik analiz fanini o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti. Matematik analiz fanini o’qitish metodlari va vositalari.