Kartografiya



Yüklə 88,5 Kb.
səhifə3/5
tarix23.06.2023
ölçüsü88,5 Kb.
#134716
1   2   3   4   5
Kartografiya manbaalar

3-slayd. Bugunda tarixiy kartalar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:

  1. tarixiy – geografik

  2. tarixiy – etnografik

  3. tarixiy-siyosiy

  4. tarixiy-iqtisodiy

  5. tarixiy-harbiy

  6. milliy-ozodlik harkatlari va inqilobiy kurashlar tarixi

  7. madaniyat tarixi

  8. tarixiy-demografik

  9. tarixiy-arxeologik

  10. geografik kashfiyotlar va tadqiqotlar tarixi kartalari

  11. alohida shaxslar hayotini aks ettiruvchi tarixiy kartalari

  12. tarixiy tibbiy kartalar

  13. dinlar tarixi kartalari.

Ana shu bo`limlarning har biri fanning turli sohalariga xizmat qiluvchi manbalar sirasiga kiradi.
O`rta Osiyo xalqlarining tarixga nazar tashlasak, kartalar tuzish, globuslar yaratish, Yevropa mamlakatlaridan oldinroq boshlangan desak, xato qilmagan bo`lamiz. Ulug` bobokalonimiz, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1042) birinchi marta dunyo globusini yaratganligi to`g`risida tarixiy manbalar guvohlik beradi. Uning globusi Shimoliy yarimsharning globusi edi. Lekin g`arb olimlari buni tan olmaydi. Birinchi globus yunonistonlik Krates (eramizdan avvalgi II asr) tomonidan yasagan. 1492 yilda Marten Bexaym birinchi mukammalroq globus yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Bugunda mahalliy aholidan chiqqan Xoji Yusuf Hay`atiyning 1886 yilda ishlagan globusi Samarqanddagi madaniyat va san`at tarixi muzeyida saqlanmoqda.

O`rta Osiyo g`arbda Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Eron Islom Respublikasi, Afg`oniston va Xitoy Xalq Respublikasi, shimoldan 45032 shimoliy kenglik1 bilan chegaralovchi ulkan hududda joylashgan bo`lib, jami 1 mln. 984 ming kv.km. ni tashkil etadi.


Bu o`lka qadimiy svilizasiya markazlardan biridir va yirik imperiyalar tarkibida jahon siyosiy hamda iqtisodiy tarixida katta o`rin tutgan. Qadimgi G`arb va Sharq o`rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarida muhim vositachilik vazifasini bajargan.
O`rta Osiyo haqida geografik, jumladan kartografik tasavvurlar tarixi ham ancha qadimgi, aniqrog`i antik davrdan boshlanadi. O`rta Osiyo to`g`risidagi dastlabki kartografik ma`lumotlar antik davrning svilizasiya markazlari bo`lishi Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda yozilgan manbalarda uchraydi. Chunki «antik davr mamlakatlari Sharqning ko`plab mamlakatlari bilan ijtimoiy iqtisodiy va madaniy aloqada bo`lganlar, shu tufayli o`z tarixiy geografik va kartografik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar»2.
Gerodot, Strabon, Klavdiy Ptolomey va boshqa antik davr mualliflarining asarlarida O`rta Osiyoning ilk tarixiy kartorgrafiyasiga oid ma`lumotlarni uchratishimiz mumkin.

Yüklə 88,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin