Amaliy ish №12 Avtomobil transporti uchun serpantinani grafik tasvirlash va hisoblash. Ishdan maqsad: avtoyo’llar kategoriyasini bilish va avtosamosvallarning terxnik xarakteristikalarini o’rganish.
Nazariy qism.
Yo’llarda egrilikning mavjudligi unda harakatlanish sharoitlarini yomonlashtiradi (tezlikning pasayishi, mustahkamlik, ko’rinish), iloji boricha bu egriliklarni yo’qotish yoki kattaroq egrilik radiusini qabul qilish kerak (25.1-jadval). Doimiy yo’llardagi ravon harakatni ta’minlash uchun egriliklar yo’q qilinadi. Vaqtinchalik yo’llarda esa egriliklar bartaraf qilinmaydi.
Gorizontal yo’llarning egrilik radiusi 25.1-jadval
Ko’rsatkichlar
Harakatning hisoblangan tezligi, km/s
50
40
30
15-20
Gorizontal yo’lning minimal egrilik radiusi, m
100
60
30
15
Gorizontal yo’l egriligining eng kam radiusi, m
200
100
60
30
Ikki tomonlama ko’rinishi uchun avtoyo’llarning 900 ga yaqin burchakda kesishishi va bitishuvi.bunda kesishadigan yo’llarning yondan ko’rinishi 50 m dan kam bo’lmasligi kerak, siqilgan sharoitda esa 20 m dank am bo’lmasligi kerak.avtomobil yo’llari va temiryo’llarning kesishishida temiryo’lning ko’rinish masofasi 400 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Trassa o’qi bo’yicha vertikal qirqim hisoblanuvchi yo’lning bo’ylama profili hisoblangan tezlikda ravon harakatlanishni ta’minlaydi. Profilning bunday o’zgargan joylari uchun uzunligi 10 m dan kichik bo’lmagan vertical egriliklar biriktiriladi. Qavariq egrilik radiusi hisoblangan ko’rinish masifasini ta’minlashi kerak, botiq egrilik radiusi esa ressor og’irligining ruxsat etilgan maksimal markazga intilma kuchini ta’minlashi kerak (25.2-jadval).