O‘qish darslarini tashkil etishda masofali talimning o‘rni. Elektron darsliklar bilan ishlash metodlari
Reja:
1.Ko‘rsatmali qo‘llanmalar
2.Internetdan izlash tizimi
3.Elektron darslik yaratish
Boshlang‘ich sinflarda ob’yektlarning o‘zini namoyish etish yoki ular bilan bevosita tabiatda tanishish, darslarda narsalarning o‘zidan iborat tarqatma materiallarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Rasmli ko‘rsatmali qo‘llanmalar: manzara tasvirlari, diapozitiv va diafilmlarning samarasi kamroq bo‘lsa-da, ular orqali ham u yoki bu narsalar to‘g‘risida qaysidir darajada yaxlit tasavvur hosil qilish mumkin. Aralash ko‘rsatmali vositalar to‘plami ham o‘quv jihozlarining muhim elementi hisoblanadi. Ular dars vaqtida turli ko‘rsatmali vaziyatlarni yaratish, tez o‘zgartirish va birlashtirishda yordam beradi. Buning uchun rasmli materiallardan foydalaniladi yoki doskaga bo‘r bilan rasmlari, chizmalari chiziladi va har xil yozuvlar bajariladi.
Mazkur vositalar jumlasiga magnitli taxta va flanelegraflar ham kiradi. Ularning didaktik imkoniyatlari bir xil. Ular boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda beqiyos katta ahamiyatga molikdir, ammo o‘quv jarayonida audio-vizual qo‘llanmalar, ahyon-ahyonda boshqa ko‘rsatmali vositalardan ham foydalanish zarur. Buning quyidagi turli variantlari bor:
Dasturdagi ashyolarni qayta ishlash mavzu bo‘yicha kirish darsida o‘quv filmini namoyish etish va keyingi darslarda kino – kolsovkalar, kinofragmentlar, diapozitivlar, diafilmlar va jadvallarni qo‘llash.
Mavzuning xususiy masalalarini diapozitivlar, diafilmlar, jadvallar, namoyish qilinadigan tajribalar, kinofragmentlar va kinokolsovkalardan foydalanib ishlab chiqish. Mazkur mavzu bo‘yicha umumlashtirish darsida o‘quv filmlariini ko‘rsatish.
Darsda o‘qituvchining tushuntirishi bilan birgalikda diafilmlar, diapozitivlar, kinofragmentlarni va darsning oxirida o‘quv filmini namoyish etish.
O‘quvchilarning tasavvurini kengaytirish, ularda shakllanadigan tushunchalar mazmuni to‘liqligini ta’minlash uchun ekran qo‘llanmalarining bitta seriyasidan foydalanib o‘quv materialini ishlab chiqish va ularning boshqa to‘plamini qo‘llab, bilimlarni mustahkamlash.
Ko‘rsatmali vositalarning turli didaktik vazifalari va imkoniyatlarini nazarda tutib ularni kompleks holda qo‘llash talab qilinadi. Shu taqdirdagina darsning bilish bilan bog‘liq vazifasini hal qilish eng yuqori bosqichga ko‘tarilishi mumkin. Shu bilan birga, o‘rganilayotgan hodisaning turli jihatlarini yoritish lozim bo‘lgandagina har xil ko‘rsatmali qurollardan foydalanish o‘zini oqlaydi. Chunki mazkur jihatlarning har birini ko‘rsatmalilikning ma’lum turi yordamida ishonarli tarzda va to‘la yoritish mumkin. Ko‘rsatmali vositalarni tanlashda ularning imkoniyatlarini har bir o‘quv predmetining o‘ziga xos xususiyati va har qaysi darsning mazmuni bilan taqqoslash zarur.
Ko‘rsatmali qo‘llanmalar o‘quvchilarga ko‘rsatmalilikning quyidagi har xil turlaridan foydalangan holda taqdim etiladi:
Tabiiy ko‘rsatmalilik – o‘quvchilarni mavjud ob’yektlar, o‘simliklar, hayvonlar, minerallar va hk.lar bilan tanishtirishni taqozo etadi. Tabiiy ko‘rsatmalilikni sinfda ham, ekskursiyalar paytida ham namoyish etish mumkin.
Hajmli ko‘rsatmalilik – mavjud olam hajmining aks etishidir. Bu fotosuratlar, rasmlar, diafilm va diapozitivlardan iborat bo‘ladi.
Ovozli ko‘rsatmalilik – tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli vositalardan foydalanish. Gramplastinkalar va magnitafon yozuvlarini eshitish, ovozli kino va hk.
Simvolik va grafik ko‘rsatmalilik – xaritalar, rejalar, sxemalar, chizmalar va diagrammalar. Ular mavjud voqelikni shartli umumlashgan simvolik ko‘rinishda aks ettirishi sababli fikrlashni rivojlantiradi.
Maktabda birinchi sinfdan o‘ninchi sinfgacha ko‘rsatmalilikning ana shu barcha turlaridan foydalaniladi, lekin, tabiiyki, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning yoshini hisobga olib, ularga bevosita kuzatishlarni, shu asosda fikrlash va faoliyat olib borishni topshirish, yuqori sinflarda o‘quvchilarning mustaqil va mantiqli fikrlashi rivojlanishiga ko‘ra simvolik va grafik kuzatishlarni ko‘proq qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ko‘rsatmalilik o‘quvchilar o‘rganiladigan u yoki bu narsalar to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lmagan paytda juda zarur. Ammo shuni ham unutmaslik lozimki, ko‘rsatmali qo‘llanmalarni namoyish etishga tayyorlanmaslik yoki ularni noto‘g‘ri tanlash faqat zarar keltiradi.
Ta’lim tizimidagi zamonaviy ko‘rsatmalilikda axborot texnologiyalaridan foydalanish yil sayin rivojlanib borayotgani, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatidan yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotgani ma’lum. Ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish davr talabi. Jumladan, texnologiya, kompyuter, multimedia, internet, yagona axborot muhiti va shunga o‘xshash axborot-kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish dunyo tarbiyashunosligida o‘z samarasini bermoqda.
Bugungi kunga kelib milliy tarbiya tizimida ham internet o‘qituvchi hayoti va faoliyatining bir qismiga aylanib bormoqda. Chunki u yangi ma’lumotlar olishning eng qulay va ko‘nikilgan manbaiga aylandi.
Milliy tarbiyashunoslikda ham pedagoglarning ma’lum qismi darslarida axborot tarmoqlaridan olgan materiallaridan foydalanishadi. Internetning cheksiz-chegarasiz imkoniyatlari darsga tayyorlanish uchun o‘quv materiallarini qidirishni osonlashtirdi. O‘qituvchilar o‘quv materialini internet orqali elektron variantda topishning afzalliklarini bilishadi. Sababi ular bu bilan:
bilimlarini mustaqil ravishda orttirib boradilar;
masofadan o‘qish orqali malakalarni oshirib boradilar;
darslarni tayyorlash va tashkil etish bo‘yicha o‘quv materiallarini topadilar;
mutasaddi idoralarning zaruriy hujjatlarini topadilar;
pedagogik yangiliklar haqida ma’lumotlar oladilar;
eng yangi pedagogik topilmalarga ega bo‘ladilar;
o‘z metodik ishlanmalarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashadilar;
o‘zining maqola, reja va dars ishlanmalarini chop etadilar;
boshqa hududlardagi hamkasblari bilan ma’lumot almashadilar;
internet-do‘konlardan metodik adabiyotlarni sotib oladilar va hk.
Bulardan tashqari, o‘z faoliyatlarida internet darslar tashkil qilishda ham foydalanadilar:
o‘quvchilarni sinfda va sinfdan tashqari o‘qishini tashkil etadilar;
o‘quvchilarning internetdan to‘g‘ri foydalanishlariga ko‘maklashadilar;
tarbiyalanuvchilarining jamoa bo‘lib ishlashlarini tashkil etadilar;
o‘quvchilarning ma’lumot olish imkoniyatlarini oshiradilar.
Internet-resurslarning dunyo tarbiyashunosligida zamonaviy darslarni tashkil etishdagi imkoniyatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
o‘qituvchi uzoq yillar o‘rganib qolgani an’anaviy o‘qitish bo‘yicha bilimlarini yangilab, internet orqali o‘zining metodik bilimlar omborini boyitib boradi;
boshqa hamkasblarining tajribalarini, ularning tavsiyalari va dars ishlanmalarini o‘rganadi;
o‘zining dars rejasi, ishlanmalari, maqola va yangi g‘oyalarini chop ettiradi.
Bularning barchasi o‘qituvchining kasbiy faoliyatini sifatli amalga oshirishga imkon beradi. Buning uchun o‘qituvchilarning quyidagilarni amalga oshirishi masadga muvofiqdir:
o‘quvchilarga yuklanadigan topshiriqlar hajmini aniqlab olish;
o‘z an’anaviy o‘qitish usullari bilan birga zamonaviy internet materiallaridan foydalanish;
internet orqali hamkasblar darslarini kuzatish, zarurat tug‘ilsa, ularning tajribalaridan o‘z amaliyotida foydalanish.
Bundan tashqari, nafaqat o‘qituvchilar, balki o‘quvchilar ham sinfda yoki kutubxonada internet orqali zarur o‘quv materiallarini topishi, topgan materiallarini o‘rtoqlari bilan bo‘lishishi, bilimlarini, uy vazifalarini o‘qituvchisiga internet orqali topirishlari ham mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchilarning internet orqali doimiy muloqoti bu faoliyat samaradorligini ham ta’minlaydi.
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi.
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulьminatsion nuqta va yechimi bo‘lgan kichik pьesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo‘la oladi.
«Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo‘lgan. O‘z ma’nosidan ko‘chirilgan (majoziy) so‘z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir joriy qilingan»8.
Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o‘zining satirik asarlarini kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo‘lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli o‘zbek masalchisi Gulxaniy ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri Lafontenning masallari ham mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rolь o‘ynaydi.
O‘zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko‘pgina masallar yozganlar.
Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar qiziqib o‘qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o‘qish va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi.
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do‘stlik, rostgo‘ylik, qo‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi.
Ma’lumki, tarbiya ko‘proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg‘usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali o‘kuvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo‘ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik, yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o‘quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, bo‘shliqni to‘ldiradi.
3-sinf “O‘qish kitobi”dan o‘rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O. Qo‘chqorbekov) masali oilasi, o‘rtoqlari, do‘stlaridan ajralib, yomon yo‘llarga kirib qolgan, oqibatda ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan “Bo‘linganni bo‘ri yer” hikmatida o‘z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. SHoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.
“CHumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo‘lib, unda CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o‘rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’iy nazar, so‘rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o‘qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o‘zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o‘rganadilar.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo‘ndaligi, soddaligi, o‘tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o‘quvchilar nutqini o‘stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o‘ziga xosliklari o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qiladi.
3-sinf “O‘qish kitobi”da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo‘chqorbekov), “CHumoli va Tipratikan”, “O‘jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so‘radilar” kabi masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo‘shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to‘dasidan ajralib, bo‘riga duch keladi, ya’ni ko‘ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
Masalning allegorik mazmuniga to‘xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o‘xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o‘zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko‘proq she’riy tarzda bo‘lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
Masallarda yashiringan o‘tkir kinoya, voqealarning tez-tez o‘rin almashinib turishi uni bir maromda o‘qishga xalaqit beradi. SHuning uchun ifodali o‘qishga yetarli malaka hosil qilmagan o‘quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga o‘qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o‘qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
4-sinf “O‘qish kitobi”da berilgan “Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq) masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o‘ziga mos bo‘lmagan, o‘ziga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o‘z aytganidan qaytmaydigan, o‘jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o‘zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining “Taqani o‘ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo‘lasan ... Sen taqa bilan yo‘rg‘alay olmaysan. Yo‘rg‘alashni ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo‘lsang, sayrab yuraver” deyishlariga quloq solmaydi. Bu o‘jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho‘kib ketadi. Yonidagi baqalar bo‘lmaganda halok bo‘lishi ham tayin edi. Kech bo‘lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o‘quvchini o‘z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular o‘z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
Dostları ilə paylaş: |