Avji kelsa Nurmon gapni o'ylamas,
Yorib yoqsam biror choydish qaynamas,
Senday yog'och o'tin bo'Igan do'mbiram
Xalqimizning asil farzandlari, yurti uchun fidoyilarcha xizmat qilgan taniqli ustozlarimiz Abubakir Divaev, Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, G'ozi olim Yunusov, Mansur Afzalov kabi ziyolilar harakati bilan yozib olingan o'nlab termalar orqali biz o'tmishda ijod etgan baxshilarning tarjimai hollari haqida ma'lumot olamiz. Chunki baxshilar ko'pincha aynan termalarda o'zlarining boshlaridan kechgan voqealarni bayon qilganlar. Jumladan, Ergash shoir o'z otasiga bag'ishlangan termalalardan birida shunday deydi:
Har kim ko'rsa, qoyil bo'ldi o 'ziga,
Ham ishqivoz bo'ldi aytgan so 'ziga,
Bir aytganin kim eshitsa, havas qip,
So'zi yoqib elning o'g'il-qiziga,
Shuytib o'tgan u zamoni Bulbulning
Goh shodlikman umri o'tgan, goh g'amda,
Goh el blian birga yig'lab, har yerda,
Doston aytib elning ko'nglin yupatgan,
Bulbul oti ma'lum bo'lgan har yurtda,
Shuytib o'tgan u zamoni Bulbulning.
Ba'zan termalarda shoir hayotiga oid juda nozik lavhalar muhrlanib qolganiga amin bo'lamiz. Professor Hodi Zarif bergan ma'lumotlarga qaraganda, Jumanbulbul o'g'li Ergashni maktabdor O'tamurodning qizi Ziynatga uylantirgan. Ammo baxshi yashaydigan hudud an'anasiga ko'ra kelin to'ydan keyin ikkinchi to'y o'tgandan keyingina kuyovnikiga kelar ekan. Afsuski, birinchi to'ydan keyin Jumanbulbul vafot etadi. Ergashning keyingi to'yga mablag'i yetmaydi. Chunki otasidan qolgan arzimas bor-yo'q narsalarni ham qarz evaziga olib ketishadi:
Bo 'lib-bo 'lib olib ketdi haqini,
Biz bilmaymiz haqi bor yo yo'g'ini,
Zoti yo olismi, bizga yaqini,
Bariga haq berib turgan kunlarim.
Ergash hayotida juda murakkab holat ro'y beradi:
Xotin qoldi otasining uyida,
Men bilmayman ne gaplar bor o'yida,
Ko'p va'dalar bo'lgan edi to'yida,
Uyalib, borolmay yurgan kunlarim.
Ma'lum bo'ladiki, termalar baxshilar hayotining o'ziga xos badiiy solnomasi sifatida yaratiladi. Bu xususiyat faqat Ergash shoirga emas, umuman, baxshilar ijodiga xosdir. Jurnladan, Fozil shoir o'zi haqida shunday deydi:
Olti yoshda qo'msab-qo'msab otamni,
Og'ir mehnat ezdi sho 'rli enamni,
Ena-bola topolmadik bir nonni,
Parcha non yeb, yig'lab o'tgan kunlarim.
Bu to'rtlikdan biz Fozil Yo'ldosh o'g'lining otasidan juda yosh yetim qolganini, turmushi og'ir o'tganini bilamiz. Yoshlik qiyinchiliklari keyinchalik «Kunlarim» termasida aks etgan.
Baxshi o'z yurtining tashvish alamlarini, xursandchiliklarini kuylovchi xalq arbobi hisoblanadi. Uning do'mbirasi el qon tomirining urushiga hamohangdir. Shuning uchun ayrim termalarda O'zbekistonimiz tarixiga oid ma'lumotlar ham saqlanib qolgan. Professor Hodi Zarifovning qayd qilishicha, 1898-1908 yillarda O'rta Osiyo hududini chigirtka bosgan. Xalq nochor ahvolda qolgan. 1908 yilda Fozil shoir «Chigirtka» sarlavhali qo'shiq yaratib kuylab yurgan. Unda quyidagi misralar bor edi:
Bozorchidan shayton qaytib,
Biriga uch baho aytib,
O'ttiz olib, to'qson sotib,
Davlatmandlar qabon bo'ldi.
Kambag'alning aqli shoshib,
O'g'il-qizman kengashib,
Kecha-kunduz zor yig'lashib,
Do'slar qaddi kamon bo'ldi.
Bu qo'shiq-termada yurtimiz boshidan kechgan musibatli kunlar badiiy aksini topgan. Ular vositasida bugungi kun kishisi o'ziga xos tushunchalarga ega bo'ladi.
Baxshilar tomonidan kuylab kelingan «Do'mbiram», «Kunlarim», «Nima aytay?», «Go'ro'g'li», «Bormi jahonda» kabi termalaming hammasida ham ma'lum darajada real tarixiy voqealar, xalqning kechinmalari ifodalangan.
Ularni yaratishda Fozil Yo'ldosh o'g'li, Ergash Jumanbulbul o'g'li, Po'lkan shoir, Islom shoir, Umar Safarov, Bola baxshi (Qurbonnazar Abdullaev), Rahmatilla Yusuf o'g'li, Qodir baxshi, keyinchalik Shoberdi baxshi, Chori baxshi Xo'jamberdiev, Qahhor baxshi ijodi muhim ahamiyatga egadir. .
Shunday qilib, termalarni xalqimiz og'zaki ijodidagi mustaqil janr sifatida baholash mumkin. Ular xalq hayotirung badiiy ifodasi sifatida yaratiladi. Baxshilar termalar orqali ayrim hududda yashagan yurtdoshlarimiz hayoti haqida bizga ma'lumot beradilar. Termalarning xalq dostonlari va haqqoniy hayot o'rtasidagi aloqa bog'lovchi vositailik ahamiyati alohida muhimdir.
Har bir inson 'bolaligidan boshlab o'zi bilmagan holda katta odamlarning e'tibori qaratilgan mo'jizaviy mavjudotga aylanadi. Kattalar unga ism qo'yadilar, beshikka belaydilar, allalar aytadilar, qo'1chalariga ovoz chiqaruvchi o'yinchoqlar tutqazishadi. Bir oz gap eshitadigan bo'lgani zahoti ovunmachoqlar aytishadi. Keyinchalik esa farzand topishmoqlar, ertaklar, qo_shiqlar olamiga kirib xalq rasmrusumlari, og'zaki ijodi og'ushida ulg'aya boradi.
Xalq qadim zamonlardan farzandlarning ma'naviy va jismoniy tarbiyasiga alohida e'tibor bilan qaragan. Agar allalar, ertaklar uning ma'naviy dunyosini boyitsa, turli o'yinlar: quvlashmachoq, bekinmachoq, chillak, varrak uchirish kabilar jismonan chiniqtirgan. Yosh bolalar alohida e'tiborga loyiq xalqlarda esa ular uchun maxsus badiiy so'z namunalari yaratilgan. O'zbeklar ana shunday xalqlar qatoridan munosib o'rin oladilar. Tez aytishlardan tortib allalargacha, topishmoqlardan tortib sanamachoqlargacha bevosita yosh avlod tarbiyasiga bag'ishlangan bolalar folklori janrlarini, namunalarini tashkil etadi.
O'zbeklar bolalar folkloriga oid asarlami bir necha asrlar oldinoq hozirgi zamon pedagogikasi talablarini his etgandek yaratganlar. Aslida xalq bu talablarni o'zicha hisobga olgan. Pedagogika fani esa ularni keyinchalik kashf qilgan. Xususan, bolalar uchun yaratilgan asarlaring tili sodda, mazmuni esa esda qoladigan bo'lishi lozim. Shuningdek, bu asarlar albatta tarbiyaviy ahamiyat kasb etgani holda, bolalarda xalqiga, vataniga, qadriyatlariga, ajdodlariga hurmat ruhini shakllantirishi kerak. Bunday namunalar farzandlarimizning ma'rifiy ozuqasi hisoblanadi.
Bo'rining yirtqichligini, tulkining ayyorligini ular dastlab o'zlariga atalgangan ertaklardan bilib oladilar. Ayni paytda, bunday asarlar bolada go'zallikka intilish tuyg'usini uyg'otishga ham mo'ljallangan bo'ladi. Masalan, oy - o'n to'rt kunlik yoki hiloldek; qiz-go'zal, chiroyli, o'n to'rt kunlik oydek; yigit-mard, jasur, pahlavon, hunarli kabi o'xshatish va sifatlashlar bilan yonma-yon tasvirlanadi. Natijada, bolalar folklori bilan aloqada bo'lgan yosh farzand ularni tinglash yoki o'qish barobarida o'zbekning o'zbekona tarbiyasi bilan tanishib boradi va o'zbek bo'lib voyaga yetishadi.
2. O’zbek bolalar folklorining asosiy janrlaridan biri alladir.
O'zbek bolalar folklorini ilmiy jihatdan tadqiq qilgan olim, filologiya fanlari doktori, professor O. Safarov allalaming mazmun va kompozitsiya jihatidim bir necha turlarga bo'linishini ko'rsatib o'tgan. Jumladan, ular orasida parokanda allalar, voqeaband allalar, maishiy allalar, tarixiy allalar bor bo'lib, har biri boshqasidan ma'lum darajada farqlanadi. Parokanda allalarda matndagi bandlarda o'zaro bog'liqlik bo'lmaydi. Har bir to'rtlik o'zicha mustaqil mazmunga ega bo'ladi:
Dostları ilə paylaş: |