Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə159/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Tamaki quritish usullari. Tamaki quritishning barcha usullari barglar tarkibidagi suvni bug‘latishga asoslangan.

Tamaki asosan ikki usulda: tabiiy, ya‘ni quyoshda va sung‘iy usulda quritiladi. O‘zbekistonda tamaki bargi faqat quyoshda quritiladi. Bunda asosan oddiy ochiq bogunlardan foydalaniladi. Bogunlar uchun tekis, quyosh yaxshi tushib turadigan hamda shamol tegmaydigan joy tanlanadi. Tanlangan joy o‘simlik qoldiqlaridan tozalanib, o‘rniga qum yoki shag‘al solinadi.

Oddiy ochiq bogun qurish uchun orasi 2-2,5 m, diametri 7-10 sm li qoziqlar qoqiladi. Qoziqlarning uzunligi 1 m gacha bo‘lishi mumkin qoziqlar bir-biri bilan uzunasiga sim yoki yog‘och reyka bilan birlashtiriladi.

Tamaki bargini bogunlarda quritish mavsumga va nechanchi marta terilishiga qarab 8-15 kungacha davom etadi.

Bizning sharoitimizda tamaki bargini maxsus ayvonlarda quritish yaxshi samara beradi. Chunki bunda quyosh nuri ta‘sirida xom ashyoda paydo bo‘ladigan nuqsonlar kamayib, tamaki sifati yaxshilanadi. Ayniqsa kuzda ob-havo past kelgan yillari tamakini ayvonlarda quritish unnng sifatini saqlab qolib, qurishini tezlashtiradi.

Bargni soyada quritish uchun maxsus ayvonchalar qurish uncha murakkab emas va ko‘p qurilish materiallari talab qilinmaydi.

Ayvonchalarning balandligi 0,75-1,5 m va eni 3-5 m bo‘lsa kifoya. Ayvonchaning ustini sintetik plyonka, qora qog‘oz yoki boshqa material bilan yopish mumkin. Ayvonchaning tagiga shag‘al sepiladi. Ipga tizilgan barglar ayvonchadan 2-3 qavat qilib osiladi.

Krasnodar o‘lkasi, Zakavkazye, Moldaviya va qisman Krim tamakichilik zonalarida tamaki, asosan, sung‘iy usulda quritiladi.

Tamakini sung‘iy usulda quritish jarayoni maxsus qurilmalarda — quvurlari havo va bug‘ yordamida qizdiriladigan quritish bo‘lmalarida olib boriladi. Qurilmalar maxsus ventilyatorlar bilan jihozlangan.

Sung‘iy usulda quritishdan oldin barglar havo harorati 30-32°С va namlik 75-80% bo‘lgan sharoitda so‘litiladi. Barg shapalog‘i sarg‘aya boshlaganda harorat 37-38°С ga ko‘tariladi, namligi esa 65-70% ga tushiriladi. So‘litish oxirida esa havo harorati 40-42°С ga ko‘tarilib, namligi 45-50 gacha tushiriladi. Shunda so‘litish jarayoniga 36-48 soat vaqt ketadi.

Sung‘iy usulda quritishda bargni so‘litish bosqichidan quritish bosqichiga o‘tishni to‘g‘ri belgilash juda muhimdir. Agar so‘litishda barg shapalog‘ining hamma qismi sarg‘ish tus olsa, unda quritish jarayonida barg qo‘ng‘ir tusga kiradi. Bu esa xom ashyo sifatini ancha pasaytiradi.

Quritish jarayonining boshlanishida havo harorati 42-45°С da, namligi esa 45-50% atrofida saqlab turiladi. Barg shapalog‘i butunlay qurigandan so‘ng havo harorati 48-50°С ga ko‘tariladi va shu sharoit qurish jarayoni tugaguncha saqlab turiladi.

Barg tomiri juda mo‘rt bo‘lib, egilganda sinishi uning quriganligini bildiradi. Sung‘iy usulda so‘litish va quritish jarayoni 90-120 soat davom etadi. Lekin quritish rejimi tamakining naviga, barglarning yetilish darajasiga va ob-havoga qarab o‘zgarishi mumkin.

Tamakini chala quritish va barg o‘zagini quritish usuli ham keng tarqalgan. Bunda barglar maxsus saroylarda so‘litiladi. Quritish jarayoni esa bo‘lmalarda sung‘iy usulda olib boriladi. Quritishinng boshlanishidan havo harorati 41-43°С, namligi esa 50-60% atrofida bo‘lishi kerak. Keyinchalik esa havo harorati 47-50°С ga ko‘tariladi, namligi 40-50% ga tushiriladi.

Tamakini chala quritish 48-70 soat davom etadi.

Tamakini chala quritishda, shuningdek, barg o‘zagini quritishda xom ashyoning tag‘mi va xushbo‘yligi ancha yaxshilanadi. Tamakini sung‘iy usulda quritish uchun bir qator qurilmalardan foydalaniladi.

Mamlakatmizning tamakichilik xo‘jaliklarida injener Iordanskiyning konstruksiyasi asosida tayyorlangan 25 va 50 ramali quritish qurilmasi, Svistunov rekonstruksiyasi asosida Iordanskiy tayyorlagan 50 ramali quritish qurilmasi hamda o‘lchami 3x4 m li 30 ramali quritish qurilmalari keng tarqalgan.

Hozirgi vaqtda tamakini sung‘iy usulda quritish uchun «Gruzgiproselstroy» ning quvur yordamida isitiladigan 30 va 50 ramali (№8-04-261 loyihasi) va bug‘ yordamida isitiladigan 50 ramali (№8-04-262) qurilmalari tavsiya qilinmoqda.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin