Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Tamakini poyasi bilan yig‘ish va quritish



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə160/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Tamakini poyasi bilan yig‘ish va quritish. Tamakini yig‘ishda mehnat sarfini kamaytirish uchun uni poyasi bilan yig‘ish amalda sinab ko‘rilgan. Buning uchun tamakining birinchi va ikkinchi tartib barglari texnik pishiqlik davrida ikki marta yoki bir yo‘la uzib olinib, poyada qolgan va o‘rta qismidagi barglar texnik pishiqlik davrida poyasi bilan birga o‘rib olinadi.

Tamakini poyasi bilan yig‘ish uchun avvalo, ayrim tayyorgarlik ishlari olib boriladi, ya‘ni o‘simlik ko‘chat barglardan tozalanadi va yuqoriga 5-7 ta bargchalarni erta muddatda (g‘unchalash davrida) chilpib, bachki novdalarini 6-8 sm uzunlikda qoldirib uzib tashlanadi. Ko‘chat barglarini birinchi tartib barglari uzish bilan bir yo‘la olib tashlasa ham bo‘ladi.

Tamaki bargini ximiyaviy usulda (GMK yoki boshka fiziologik aktiv moddalar yordamida) chilgshsh ham mumkii.

Tamaki poyasi bilan o‘riladigan bo‘lsa, oxirgi barglar 8-10 sm qoldirib qirqiladi va so‘litish uchun vaqtincha dalada qoldiriladi, keyin quritish maydonchasiga keltiriladi. U poyasi bilan, asosan, soyada na sung‘iy usulda quritiladi. Buning uchun quritish joyiga ip tortilib, poyadagi barg bandidan ipga ilinadi va 20-25 kun, sung‘iy usulda esa 4-5 kun davomida quritiladi.

Tamaki poyasi bilan o‘rib-yig‘ib quritilganda hosildorlik 10-15% ga pasayadi va quritish qurilmalariga bo‘lgan talab ancha ortadi. Lekin tamaki yig‘ishga ketgan mehnat sarfi ikki marta kamayadi.

O‘zbekiston sharoitida quritilgan tamaki barglarini qayta ishlash avgust-sentabr oylarida boshlanib, yanvar-fevral oylarigacha davom etadi. Shuning uchun quritilgan tamaki xom ashyosi qayta ishlanib, davlatga topshirilguncha bir necha oy xo‘jaliklarda saqlanadi.

Tamaki quritilgandan keyin quritish maydonchasidan asosan ertalab, havo namligi yuqori bo‘lgan vaqtda olinadi va to‘rt-besh ipdan qilib to‘g‘anoq holiga keltiriladi. Tamaki to‘g‘anoqlarini maxsus saroylarga yoki shiyponlarga, har bir terimni alohida qilib zichlashtirib osish kerak. Bunda 1 m joyga 4-5 to‘g‘anoq tamaki osiladi.

Tamaki saqlanadigan joylarda harrrat 15-17°С va nisbiy namlik 60-70% bo‘lishi qulay hisoblanadi.

Havoning nisbiy namligi 75% dan oshib ketsa, tamaki mog‘orlab buzila boshlaydi. Agar nisbiy namlik 60 foizdan kamayib ketsa, tamaki haddan tashqari qurib ketadi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin