Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Tamaki bargiga ishlov berish usullari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə163/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Tamaki bargiga ishlov berish usullari. Tamaki xom ashyosi davlatga topshirish oldidan bargi quritiladi, namlanadi va toylash paytida unga quyidagi usullar bilan ishlov beriladi:

  1. Bargni ipdan sug‘urib olmasdan ishlov berish. Bu usulda barglar tizilgan ipdan sug‘urib olinmasdan sortlarga ajratiladi. Asosiy tovar sortga mansub bo‘lmagan barglar ipdan sug‘urib olinib, alohida qo‘yiladi. Qolgan barglar zichlashtirilib, ip toyning uzunligiga teng qilib qirqiladi va shu tarzda toylanadi. Ipdan sug‘urib olinib, alohida qo‘yilgan barglar tovar sortlarga ajratilib toylanadi.

  2. Stos usulida ishlov berish. Bunda barglar ipdan sug‘urib olinib tekislanadi. Tekislangan barglar bir-birining ustiga shunday joylanishi kerakki, bir bargning yuzasi ikkinchisining ustidan tushsin va barg o‘zagi bir qatorni hosil qilsin. Xuddi shunday usulda 18-25 ta bargdan bitta dasta hosil qilinadi. GOST 8073-77 talabi bo‘yicha tamaki stos usulida, bargni silab, tekislamasdan dasta holida va bargni silab tekislab va tekislamasdan tartibsiz holda toylashga tayyorlash ko‘zda tutilgan.

  3. Basma usulida ishlov berish. Bu usul stol usulidan farq qilib, bunda tekislangan barglarni joylashtirishda barg o‘zagi keyingi bargning o‘zagi yonida joylashtirilishi lozim.

  4. Oddiy usulda ishlov berish. Tamaki barglari ipdan tushirilib, tovar sortlarga ajratiladi va 25-30 tadan dasta qilinnb, tekislanmasdan toylanadi. Bu usulda tamakiga ishlov berish oddiy va kam mehnat talab qiladi.

O‘zbekistonning tamakichilik xo‘jaliklarida tamaki xom ashyosiga asosan oddiy usulda, qisman stos usulida ishlov beriladi. Davlatga tamaki xom ashyosi toylangan holda toshpiriladi. Har bir toyga bir tipga oid, bir sortdagi, bir xil usulda quritilgan va ishlov berilgan tamaki barglari joylanadi.

Toylangan tamaki bargi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida toyning uzunligi 55±3 sm, balandligi esa 60±5 sm, og‘irligi 20±2 kg bo‘lishi lozim. Toyni belgilashda o‘lchami 8x13 sm bo‘lgan yorliqdan foydalaniladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin