Nazorat savollari:
Tamaki haqida umumiy ma‘lumot bering?
Tamaki bargining ximiyaviy tarkibi va uning texnologik xususiyatlari tushuntiring?
Tamaki barglarining yetilishi va uni yig‘ish?
Tamaki bargini terish va uni quritishga tayyorlash. Qanday amalga oshiriladi?
Tamaki bargini quritish turlari va usullarini aytib bering?
15-MAVZU: TAMAKI BARGIGA DASTLABKI ISHLOV BERISH.
REJA:
Tamaki bargini sortlarga ajratish va ishlov berish
Tamaki bargiga ishlov berish usullari
Tamaki tayyorlash punktlarida xom ashyoni qabul qilish
Adabiyotlar: 4, 5, 6
Tayanch so‘zlar: sortlarga ajratish, bug‘xona, fermentatsiyalanmagan tamaki, Stos usuli.
Tamaki bargi 18-20% nam bo‘lsa, unga ishlov berish osonlashadi va sortlarga ajratib toylashda ezilmaydi.
O‘zbekiston sharoitida havoning nisbiy namligi juda past bo‘lganligi sababli, quritilgan tamaki sortlarga ajratishdan oldin namlanadi. Tamakini namlashda oddiy yerto‘la yoki yarim yerto‘la tipida qurilgan “bug‘xona” lardan foydalaniladi.
Tamaki osishdan bir necha kun ilgari “bug‘xona”ga suv sepib qo‘yiladi. Bug‘xonaga tamaki to‘g‘anoqlari shunday joylashtiriladiki, bunda barglar bilan xonaning devoridan poligacha bo‘lgan masofa 20 sm dan kam bo‘lmasligi lozim. Tamaki bilan to‘ldirilgan bug‘xonaning eshiklari va shamollatish teshiklari berkitiladi.
Tamaki bargini namlashda havo namligi 80-85% bo‘lishi normal hisoblanadi. Bug‘xonada tamakini to‘liq namlanganligini bilish uchun barg qo‘lda g‘ijimlanadi, shunda barg o‘z holiga yana qaytsa namlash to‘xtatiladi, agar barg o‘z holiga qaytmasa, unda namlik yuqori bo‘ladi. Bunday holda bug‘xona shamollatib, keyin tamaki sortlarga ajratiladi. Agar g‘ijimlanganda barg maydalanib ketsa, bargni namlash yana davom ettiriladi. Namlangandan so‘ng barg namligi 12-17% orasida bo‘lishi talab qilinadi.
Bizning sharoitimizda tamakini namlash 4-5 sutka davom etadi.
Hozirgi vaqtda tamakini quritish uchun mo‘ljallangan mexanizatsiyalashgan qurilmalar (STG-1,5 va b.) maxsus namlantirish sistemalari va bo‘lmalari bilan jihozlangan. Ayrim qurilmalarda tamakini namlantirish uchun maxsus bug‘ hosil qiluvchi KV-200 sistemasidan foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |