9.3. SUVNING DISSOTSILANISHI. KUCHLI VA KUCHSIZ KISLOTA VA ASOSLAR ERITMALARIDA pH QIYMATI Suv kuchsiz elektrolit bo‘lib, u ham ionlarga dissotsilanadi. Bunda H2OH++OH- muvozanat o‘rnatiladi.
Bu muvozanatga massalar ta'siri qonuni tatbiq etilsa:
(9.4)
hosil bo‘ladi. Tenglamadagi va doimiy qiymatlar bo‘lganligi uchun uni shaklda yozish mumkin. Tegishli qiymatlar bu ifodaga qo‘yilsa:
(9.5)
yuzaga keladi. Demak, suvli eritmalarda [H+] va [OH-] qiymatlar ko‘paytmasi doimiy bo‘lib, 10-14 ga teng. Muhit kislotali bo‘lganda [H+]>[OH-] va muhit ishqoriy bo‘lganda [H+]<[OH-] bo‘ladi. Muhitni bunday ifodalash noqulay bo‘lganligi uchun pH tushunchasi kiritilgan bo‘lib, u pH=lg[H+] (9.6) va pOH=-lg[OH-] (9.7) formulalar bilan ifodalanadi.
(9.5) ifoda logarifmlansa: (9.8) hosil bo‘ladi.
9.20. 0,05 M HCl eritmasining pH qiymati topilsin.
Yechish: HCl kuchli bo‘lganligi uchun uning konsentratsiyasi qiymatini (9.6) tenglamaga qo‘yib, o‘nli logarifmning xossasidan foydalansak: pH=lg[H+]= lg0,05=lg510-2=2-0,70=1,3.
9.21. 0,01 M HNO3 eritmasining pH qiymati topilsin. (Javob: 2).
9.22. 0,5 M HBr eritmasining pH qiymati topilsin. (Javob: 0,3).
9.23. 0,3 M natriy ishqori eritmasining pH qiymati topilsin.
Yechish: pOH=lg[OH-] formulaga berilgan qiymatni qo‘yib, pOH, uning asosida (9.8) formula yordamida pH baholanadi: pOH=lg[OH-]=lg0,3=lg3lg10-1=0,52. pH=14pOH=140,52=13,48.