Kimyo. Masala va mashqlar to


Metilamin suvli 0,1 M eritmasining pH qiymati topilsin. (Javob: 12,5). 9.32



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə44/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

9.31. Metilamin suvli 0,1 M eritmasining pH qiymati topilsin. (Javob: 12,5).
9.32. Dietilamin suvli 0,5 M eritmasining pH qiymati topilsin. (Javob: 12,34).
9.33. Anilin suvli 0,5 M eritmasining pH qiymati topilsin. (Javob: 9,2).


9.4. GIDROLIZ REAKSIYALARI
Tuzlar suv molekulalari bilan ta'sirlashganda, eritmaning muhiti (pH qiymati) o‘zgarsa, bunday reaksiyalarga gidroliz reaksiyalari deyiladi. Gidroliz uch turga bo‘linadi:
1) Kuchsiz asos kationi va kuchli kislota anionidan iborat bo‘lgan tuzlar gidrolizi: NH4Cl+HOHNH4OH+HCl.
Bu tenglamani ionli ko‘rinishda yozsak:
NH4++Cl-+HOHNH4OH+H++Cl- (to'liq ionli);
NH4++HOHNH4OH+H+ (qisqartirilgan ionli).
Qisqartirilgan ionli tenglamadan ko‘rinishicha gidrolizda kation qatnashmoqda, shuning uchun bunday gidrolizga kation bo‘yicha gidroliz deyiladi. Bunday gidroliz reaksiyasida suvning neytral muhiti kislotaliga o‘tadi.
2) Kuchli asos kationi va kuchsiz kislota anionidan iborat tuzlar gidrolizi: KCN+HOHHCN+KOH.
Bu tenglamani ionli ko‘rinishda yozsak:
K++CN-+HOHHCN+K++OH- (to‘liq ionli);
CN-+HOHHCN+OH- (qisqartirilgan ionli).
Qisqartirilgan ionli tenglamadan gidrolizda faqat anion qatnashayotganligi ko‘rinib turibdi, shu bois bunday gidrolizga anion bo'yicha gidroliz deyiladi. Bunday gidroliz reaksiyasida muhit ishqoriy bo‘ladi.
Kation va anion bo‘yicha gidroliz reaksiyalari qaytar bo‘lib, ular asosan chapga yo‘nalgan.
3) Kuchsiz asos kationi va kuchsiz kislota anionidan iborat tuzlar gidrolizi: NH4CN+HOHNH4OH+HCN.
Bu tenglamani ionli ko‘rinishda yozsak:
NH4++CN-+HOHNH4OH+HCN.
Qisqartirilgan ionli tenglama bo‘yicha gidrolizda kation ham, anion ham qatnashmoqda. Demak, bunday gidrolizga ham kation, ham anion bo‘yicha gidroliz deyiladi. Bunday gidroliz reaksiyasida muhit neytralga yaqin bo‘ladi.
Kation bo‘yicha va anion bo‘yicha gidroliz reaksiyalari qaytar bo‘ladi, ham kation, ham anion bo‘yicha gidroliz reaksiyalari esa qaytmas bo‘ladi. Bunday reaksiyalarning qaytarligi kuchsiz elektrolitlar, cho‘kma yoki gaz hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Oxirgi ikki holat uchraganda shunday holatni beradigan tuzlar suvli eritmalarda mavjud emas. Masalan, Al2S3+6HOH2Al(OH)3+3H2S.
Al2(SiO3)3+6HOH2Al(OH)3+3H2SiO3.
Ko‘p negizli kislota va ko‘p negizli asoslardan hosil bo‘lgan tuzlarning gidrolizi bosqichli bo‘ladi: FeCl3+HOHFe(OH)Cl2+HCl,
Fe(OH)Cl2+HOHFe(OH)2Cl+HCl,
Fe(OH) 2Cl+HOHFe(OH)3+HCl.
Qisqartirilgan ionli tenglamalar: Fe3++HOHFe(OH)2++H+,
Fe(OH)2++HOHFe(OH)2++H+, Fe(OH)2++HOHFe(OH)3+H+.
Oxirgi bosqich bo'yicha gidroliz amalga oshmaydi, shuning uchun ham FeCl3 eritmasida cho‘kma bo‘lmaydi.
Gidroliz reaksiyalarini boshqarish mumkin. Gidrolizni kuchaytirish uchun eritmani suyultirish, qizdirish, gidroliz natijasida hosil bo‘lgan kislota yoki ishqorni yo‘qotish (neytrallash), susaytirish uchun esa, aksincha, tuzning konsentratsiyasini oshirish, eritmani sovutish, gidroliz natijasida kislota hosil bo‘lsa kislota, ishqor hosil bo'lsa, ishqor eritmasi qo‘shish kerak bo‘ladi.
9.34. Quyidagi tuzlarning gidroliz reaksiyalari tenglamalarini molekulyar, to‘liq va qisqartirilgan ionli ko‘rinishlarda yozing: natriy atsetat, kaliy ftorid, ammoniy nitrat, kaliy formiat, natriy sianid, kaliy sulfid, kaliy karbonat, natriy sulfit, alyuminiy xlorid, xrom (III) nitrat, mis (II) sulfat, ammoniy fosfat, xrom (III) sulfid, rux xlorid, marganets (II) nitrat.
9.35. 0,03 M natriy formiat eritmasidagi vodorod ioni konsentratsiyasi, eritmaning pH qiymati va gidroliz darajasini hisoblang.
Yechish: Gidroliz reaksiyasining tenglamasi:
HCOONa+HOHHCOOH+NaOH;
HCOO-+HOHHCOOH+OH-. (9.11)
Bunga massalar ta'siri qonuni tatbiq etilsa:
(9.12)
hosil bo‘ladi. Bu tenglamadagi K va [HOH] doimiy qiymatlar bo‘lganligi uchun ularni K[HOH]=Kgidr deb olib, (9.12) tenglamani
(9.13)
ko‘rinishda yozish mumkin. (9.12) tenglamaga binoan (9.13) tenglamadagi qiymatlar quyidagicha bo‘ladi:
[HCOOH]=[OH-]=x, [HCOO-]=0,03x.
Bu qiymatlar (9.13) formulaga qo‘yilsa:

Kislota kuchsiz bo‘lganligi uchun 0,03x0,03 deb olinsa, oxirgi tenglama
Bu erdagi [OH-] ning qiymatini [H+][OH-]=10-14 formuladan topib: o‘rniga qo‘ysak:
hosil bo'ladi. Bundan x=1,2910-6. [HCOOH]=[OH-]=x bo‘lganligi uchun
pOH=lg[OH-]=lg1,2910-6=5,89 va pH=14-5,89=8,11.
gidr=1,2910-6/0,03=4,310-5.
9.36. 5·10-2 M kaliy atsetat eritmasidagi vodorod ioni konsentratsiyasi, eritmaning pH qiymati va gidroliz darajasini hisoblang. (Javob: 8,73, 1,0710-4).
9.37. 0,05 M NH4NO3 tuzining gidroliz darajasi va eritmaning pH qiymati topilsin. Agar eritma 10 marta suyultirilsa, eritmaning pH qiymati qanday bo‘ladi? (Javob: 5,27, 6,27).



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin