5-misol. 2,1 g temir oltingugurt bilan to‘liq birikkanda 3,77 kJ issiqlik ajralib chiqadi. Temir (II)-sulfidning hosil bo‘lish issiqligini aniqlang.
Echish: Reaksiyaning termokimyoviy tenglamasi:
x
2,1 3,77
2,1:3,77=56:x
6-misol. KCl tuzi 0,4454 kg suvda eritilganda harorat 1,120S ga pasayadi. Hosil qilingan eritmaning solishtirma issiqlik sig‘imi 4,1 J/g·K bo‘lib, asbob doimiyligi 122,7J/g·K ekanligini hisobga olib, tuzning erish integral issiqligini hisoblang.
Berilgan: Noma’lum: Echish: Erishning integral issiqligi
dan hisoblanadi.
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MISOL VA MASALALAR. Termodinamikaviy sistemaning holati quyidagicha xarakterlanadi:
a) tashqi muhit bilan massa va energiya almashinmaydi;
b) tashqi muhit bilan faqat issiqlik almashinadi;
v) tashqi muhit bilan massa va energiya almashinadi.
Bunday sistemalar qanday nomlanadi? Bu sistemalarda elektr zaryadi o‘zgarishi sodir bo‘ladimi?
Izolirlangan sistemada quyidagi jarayonlar kechadi:
a) muz holatdagi suvning hammasi suyuq holatga o‘tadi;
b) muzning bir qismi suyuq holatga o‘tadi;
v) suyuq suvning hammasi bug‘simon holatga o‘tadi;
g) suyuq suvning bir qismi bug‘lanadi;
Ko‘rsatilgan jarayonnlar tugagandan so‘ng ham sistemaning entropiya o‘zgarishi davom etadimi?
3. Agar 1,473 g ammoniy xlorid tuzini 528,5 g suvda eritilganda harorat 0,1740S ga kamaysa, tuzning integral erish issiqligini aniqlang. Hosil qilingan eritmaning issiqlik sig‘imi 4,109 J/(g·K), kalorimetrning issiqlik sig‘imi esa 181,4 J/K ga teng .