Ishni bajarish tartibi: Laboratoriya sharoitida tabiiy gipstosh namunasi tarozida tortib ilinadi. Gipstosh namunasi chinni hovonchada maydalanadi, so’nra elak yordamida elanib chinni tigelga solinib analitik tarozida o’chab olinadi (dastlab chinni tigel absalyut og’irlikkacha quritib tortib olinadi) va mufel pechda 180oC haroratda 40 daqiqa issiqlik ishlovi berilish yo’li bilan kuydiriladi. Kuydilgan namuna quruq sharotdagi eksikatorda sovitiladi. Sovitilgan namuna tigel bilan birga va alohida tortiladi hamda qancha miqdorda kimyoviy bog’langan suv ajralganligi aniqlanadi. Olingan gipsning xossalari o’raniladi.
gipsining xossalarini o‘rganish Ishdan maqsad: Laboratoriya ishining maqsadi, laboratoriya sharoitida olingan past xaroratli qurilish gipsining xossalarini o’rganishdan iborat.
Kerakli reaktiv va jihozlar: Kuydirilgan gipstosh namunasi, distillangan suv, analitik tarozi, chinni xovoncha, elak, shisha stakan, metal yoki chinni qoshiq, vika asbobi, diametri 400 maxsus chashka, diametri 100 mm bo’lgan metalldan yasalgan kurakcha, vaqtni qayd etish uchun sekundomer.
Ishning nazariy asoslari: Qurilish gipsining tishlashish va qotish jarayonlari A.A. Baykov tomonidan batafsil o’rganilgan. YArim molekula suvli gips suvda qorilsa erib o’zaro kimyoviy ta’sir etishadi:
CaSO4. 0,5 H2O = CaSO4. 2H2O
Gipsni qotish jarayoni uch periodni o’z ichiga oladi:
1) Erish periodi. Bu vaqtda yarimgidrat qisman erib, to’yingan eritma xosil qiladi:
CaSO4. 0,5 H2O+1,5 H2O(CaSO4.0,5 H2O+1,5H2O) CaSO4. 2H2O;
eritma chukma-kristall
2) Kolloid periodi. Bu davrda digidrat dispers xolatda suvli eritmadan ajralib chiqaboshlaydi, natijada suvli eritmada kaltsiy sulfat kamayadi:
CaSO4. 0,5 H2O+1,5 H2O(CaSO4.0,5 H2O+1,5H2O) CaSO4. 2H2O;
kristall
3) Kristallanish periodi. Kolloid xolatda ajralib chiqqan ikki molekula suvli gips sekin asta kristallanadi. Natijada qorishmaning plastikligi kamayadi va quyuqlashadi. Bunday batamom tishlashish xolati 30 minut ichida ro’y beradi.
CaSO4. 2H2O ning xosil bo’lish reaktsiyasi ekzotermik xarakteriga ega. SHu tufayli uning issiqlik effekti 133 kdj/kg polugidratga teng. Digidratning suvda eruvchanligi poligidratnikiga nisbatan 3,5 barobar kam, bu esa o’z navbatida uning tez cho’kmaga tushishi va kristallanishiga olib keladi.
Qurilish gipsining tishlashish muddati bir qancha omillar (xom ash’yo sifati, kuydirish sharoiti, tuyish darajasi, saqlash muddati, suv miqdori, muxit temperaturasi va boshqalar) ga bog’liq. Bu protsessni yana maxsus qo’shimcha tezlashtirgich yoki sekinlashtirgichlar qo’shib ham boshqarish mumkin. YArim molekula suvli gipsni eruvchanligini yoki digidratning kristallanishning kuchaytiruvchi moddalar (osh tuzi, natriy sulfati, tuyilgan gipstosh, gipsli buyumlar sinig’i va boshqalar) tishlanishni tezlashtirgichlar qatoriga kiradi. Ular gips og’irligini 0,2 dan 3 protsentigacha miqdorda qo’shiladi. YArimgidratning eruvchanligini susaytiruvchi yoki uning zarrachalarini suv o’tkazmaydigan yupqa parda bilan o’rovchi moddalar (keratin sekinlashtirgich, tuyoq va soda aralashmasi, BS sekinlashtirgich, xvoya va ishqor aralashmasi, erim eritmasi, sulfat spirt bardasi, kazein va boshqalar) gipsning tishlashini sekinlashtiradi. Ular quriq modda xisobida gips og’irligining 0,1% miqdorida qo’shiladi.