Kimyoviy texnologiyalar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə2/25
tarix11.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#83920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Materiallar texn-laboratoriya2018

LABORATORIYA ISHI № 1
MAVZU: Xom-ash’yoni tekshirishga tayyorlash. Xom –ashyoni saralash. O’rtacha namuna olish. Gigraskopik va Absolyut nisbiy namliklarni aniqlash.
Ishdan maqsad: Silikat materiallar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan xom ashyolarni tekshirishga tayyorlashni o’rganishdan iborat.
Kerakli xom jixoz va reaktivlar: xom ashyo materiallari (gil, oxaktosh, kvarts qumi, lyoss), elaklar to’plami, chinni hovoncha, byuks, eksiqator, .
Ishning nazariy asoslari: Silikat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo’llaniladigan xom ashyo sifatini baholash uchun ularga qo’yilgan talablarga ko’ra ularni ma’lum kompleks analizlardan o’tkaziladi. Bunda xom ashyo namunasini tanlash va uni tayyorlash ma’lum qoidalar asosida bajariladi. O’rtacha namuna sinalayotgan materialni hamma hossalarini va tarkibini o’zida aks ettirishi kerak. Namunalarni tanlash va tayyorlash usullari materialning fizik holati (donadorligi) va uni yetkazish usuliga (taralarga) bog’liq. Agar xom ashyo quyma holda kelgan bo’lsa har bir vagondan olinadigan namuna 30-35 kgdan kam bo’lmasligi kerak. Namuna balandlik va yuza bo’ylab ko’pgina uchatskalardan teng miqdorlarda olinishi kerak. Bo’lakchalarning o’lchamlari va ranglari orasidagi farqlarni inobatga olgan holda olinadi. CHunki, mayda bo’lakchalar silkinishi natijasida patsga tushadi, yirik bo’lakchalar esa yuqoriga yig’iladi. Kukun materiallar qoplarda yoki yashiklarda kelgan bo’lsa namuna har bir qop yoki yashikdan olinadi. YAshik yoki qopdan olingan material miqdorlari odatda 0.5-1 kg oshmaydi.
Ishni bajarish tartibi:
Namunalar qop yoki yashik tagidan, utsidan yoki o’rtasidan olinadi.
Laboratoriya analizlari uchun namunaning massasi 5 kgdan kam bo’masligi kerak. Texnologik laboratoriya analizi uchun esa 50 kgdan kam bo’lmasligi kerak. Avval namunaning tashqi ko’rinishi ko’rib chiqiladi va ta’riflanadi, bo’lakchalarning o’lchamlarining tuzilishi va rangi belgilanadi (zichligi, ovakligi qayd qilinadi). Begona qo’shimchalar bo’lsa, ularni ajratish kerak (Fe2 (OH)3, Fe (OH)2, pirit) karbonatli jinslar, ya’ni oxaktosh, dolomit borligini aniqlash uchun unga kantsentrlangan xlorid kislota ta’sir ettiriladi.
Agar xlorid kislota tomchilari namuna bo’lakchalariga tomizilganda qaynash yuz bersa bu karbonat qo’shimchalar borligini bildiradi. SHu usulda ayniqsa zararli bo’lgan karbonat jinslari aniqlanadi. Datslabki namunani o’lchamlari kvartlash usuli bilan sinashda ishlatiladi, laboratoriya namunalari o’lchamlarigacha maydalanadi. YOoch bola bilan 2-3 sm maydalikda maydalangan namuna panel utsiga to’qiladi va aralashtirilgandan keyin disk shaklida quyiladi. Quyilgan material ikkita perpendikulyar diametrlari bilan to’rtta bo’lakka bo’lindi. Ikkita qarama qarshi bo’lak olib tashlanadi. Qolganlari yana aralashtiriladi, bu jarayon namunaning kerakli o’lchamlari olguncha qaytariladi. Loy xom ashyoni tehnologik tekshirish uchun bu o’lcham 15 kg atrofida bo’ladi. Kukunsimon namunalarni qisqartirishda ham shu usul qo’llaniladi. Mayda sochiluvchan namunalar o’lchamini bir necha 10 gr gacha etkazish mumkin. Tanlangan namunalarni 6-12 ta uch burchaq ko’rinishida qo’yiladi. Bu uchburchaklar chapga yoki o’ngga egilgan bo’ladi. Namuna tahtaga qo’yilganda u tekis taksimlanadi.
Bu namunalar ichidan bittasi tanlanadi, boshqasi esa yana bo’laklarga bo’linadi. Bu jarayon namunani kerakli o’lchamini olguncha davom ettiriladi. Ko’rsatilgan usul bilan olingan namunadan quyidagi miqdorlar olinadi.

  1. Loyning namligini aniqlash uchun 100 gr

  2. Loyning granulometrik tarkibini aniqlash uchun 100-200 gr

  3. Loyning suv shimuvchanligini aniqlash uchun 100 gr

  4. Loyning plastikligini aniqlash uchun 200 gr

O’rtacha namunaning qolgan qismini (10-12 kg) tehnologik laboratoriya sinovlari uchun ishlatilgan loyni namligining ikki turi mavjud.

  1. Shlikerli usul- bu usul kaolin va olovbardosh loylar uchun ishlatiladi.

  2. Platsik

Birinchi usulda havoiy quruq maydalangan loyni avval oquvchan shliker suspenziyasi holatiga keladi. Datslabki kichiq namunadi (100 gr) oquvchan shliker olish uchun zarur bo’lgan loy va suv miqdolari aniqlanadi. Odatda loyning mineralogik tarkibi va dispersligiga boliq holda loyning 100 gr oirlik qismiga 60-1500 oirlik qism suv to’ri kelishi kerak. Keyinchalik laboratoriyadan propellerli aralashtirgichga suvning zarur bo’lgan qismda qo’shilsa va aralashtirib turgan holda mayda ezilgan (1kg dan loy qo’shiladi, shliker olishda aralashtirish 2-4 soat davom etadi). Agar qo’shilayotgan loy suv bilan aralashtirgichda emas qo’lda aralashtirilsa, loy donachalariga to’liq erishish uchun shliker 48 soat ushlanadi. Keyin teshikchasi 1 mm2 bo’lgan elakda elanadi.
Tayyor bo’lgan shliker tekis gips formalarga quyiladi va utsiga gips doskalari bilan yopiladi. Forma va doska to’qima bilan qoplanishi kerak. (Loy gips bilan ifloslanmasligi uchun gips formalarida shliker platsik hamir olguncha ushlab turiladi. Suvni tez chiqarish uchun nam gips formalarini 1-2 marta quruq formalar bilan aralashtirib turiladi.
Formalar aralashtirilganda loyning suvsizlangan qatlami suvli qatlam bilan aralashadi. Normal kantsentratsiyali loy olish uchun qo’l bilan aniqlanadi. Normal loy hamiri engil yoyilishi va qo’lga yopishmasligi kerak.
Ikkinchi variant: platsik usul bo’yicha quruq havoiy loy 10-15 mm gacha maydalanib to’ridan-to’ri normal namlik holatigacha zarur bshlgan suv miqdori bilan namlanadi, kichiq namunada (100 gr) loyga atsa sekin suv qo’shib aralashtirilib turgan holda loy va suvning nisbati aniqlanadi keyin bu jarayon butun 1 namunada 20-30 miqdodan suv qo’shib turgan holda bajariladi. Loy idishga 3-4 sm qalinlakda solinadi va shisha tayoqcha bilan butun qatlash bo’ylab teshikchalar teshiladi va suv solinadi. Massa suv solingandan keyin 10-15 soat ushlanadi, keyin aralashtiriladi. Tayyorlangan namunalar eksiqator yoki boshqa germetik idishlarda saqlanadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin