Kimyoviy texnologiyalar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə7/25
tarix11.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#83920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Materiallar texn-laboratoriya2018

Ishni bajarish tartibi: Berilgan namuna chinni yoki agat hovonchada maydalab olinadi, so’ngra avvaldan o’zgarmas og’irlikka keltirib quritib olingan byuks yoki chinni tigelchalarni tortib olinadi. Ularga 2-3 g namuna solib idish bilan birgalikda tortib olinadi. Tortish analitik yoki elektron tarozilarda olib boriladi. Tortib olingan namuna 100-1050S da quritgichda 1-1,5 soat davomida quritiladi. So’ngra byuks yoki chini tigelcha namuna bilan eksikatorda sovitilib, og’irligi tortib olinadi.
G igroskopik namlikning miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi
%N2O  (a-v) a . 100
Bu erda: a – namunaning dastlabki og’irligi, g.
v–namunaning quritilgandan keyingi og’irligi, g.
Quruq silikat deb, gigroskopik suvi yo’qotilgan va o’zgarmas og’irlikgacha 100-1050S xaroratda quritilgan materiallarga aytiladi. Silikatlarning kimyoviy taxlili natijalari quruq silikatga nisbatan olinadi. SHuning uchun quruq namunaning og’irligini topish uchun quyidagi koeffisientga ko’paytiriladi:
K  100-N2O  100
Bu erda: N2O – gigroskopik suvning % miqdori.
Absolyut namliklarni aniqlash.
Ishdan maqsad: Xom ashy ova silikat maxsulotlari tarkibidagi suv miqdorini aniqlashdan iborat.
Kerakli reaktiv va jihozlar: xom ashyo namunalari, analitik tarozi, quritkich, eksikator, byuks, filtr qog’ozi.
Laboratoriya ishining nazariy asoslari: Berilgan tuproqdan o’rtacha namuna olingandan so’ng uning namligi aniqlanadi. Tekshirilayotgan namunaning atmosferadagi yoki xona sharoitidagi namligi gigroskopik namlik deyiladi, bundan tashqari mexanik va kimyoviy bog’langan suv namuna tarkibida bo’ladi. Namlikni aniqlash uchun namuna 100-105oS da quritgichda o’zgarmas og’irlikka kelguncha quritiladi. Quritish vaqti berilgan namunaning tarkibiga, tashqi iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi. Ba’zi tuproqsimon materiallar namlikni yutuvchan bo’ladi, ularni qurish muddati o’rtacha 2-3 soatni tashkil etadi. Namlik quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin