Kimyoviy texnologiyalar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə9/25
tarix11.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#83920
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Materiallar texn-laboratoriya2018

LABORATORIYA ISHI № 11
Mavzu: Sochiluvchan mаteriallarning solishtirma yuzasini aniqlash va elaklarda fraksiyalarga ajratish
Ishdan maqsad: Xom ashyolarning granulometrik tarkibini aniqlash. Ho’l va quruq usuldagi elaklar analizi.
Kerakli xom ashyo va reaktivlar: elaklar to’plami, xom ashyo materiallari, yog’och bolg’a, aralashtirgichlar, gips formalari, shisha tayoqchalar, eksiqator.
Ishning nazariy asoslari: Maydalangan xom ashyo materiallari, massalar va ayrim materiallar zarracha yoki donachalardan tashkil topgan bo’ladi. Hajm birligida donachalar qancha ko’p bo’lsa, material dispersligi shuncha yuqori bo’ladi. Zarrachalar o’lchamlari uzunligi, e’ni, qalinligi va hajmi bilan farqlanadi. Agar material bir hil o’lchamdagi zarrachalardan tashkil topgan bo’lsa monodispers, har hil o’lchamdagi zarrachalardan tashkil topgan bo’lsa polidispers deyiladi.
Zarrachalar sonini ularning o’lchamlariga bog’liqligini ifodalovchi harakteristika granulometrik tarkib deyiladi. Granulometrik tarkib zarracha o’lchamlari h ni funkstiyasini ifodalaydi. Berilgan o’lchamdan kichiq yoki teng zarrachalar massa ulushi (minus bilan chiqadi) Q=f1(x).
Berilgan o’lchamdan katta yoki teng bo’lgan zarrachalar massa ulushlari (plyus bilan chiqadi) q=f2(x)
Demak, har bir h uchun Q+q=100%
Granulometrik tarkib materialning keng harakteristikasi hisoblanadi. Ko’pincha disperslieni bitta o’rtacha olingan ko’rsatkich aralashma zarrachalarini minimal o’lchamini aniqlashga imkon bermaydi. Bir hil frakstiyalar uchun turli materiallar zarrachalari o’lchamlarini taqqoslash uchun hisoblashlar bir hil olib borilishi kerak. Bunda eng kichiq frakstiya o’lchamlari diopozoni o’zgarmas bo’lishi zarur.
Solishtirma yuza – bu hajm yoki massa birligidagi hamma zarrachalarni yuzasi ρ- metall zichligi, massa birligiga to’g’ri keladigan yuza.
Tuproqlar disperslik darajasi va xom ashyolarning granulometrik tarkibi keramika va olovbardosh materiallar tenologiyasida juda muhim ahamiyatga ega zarrachalar o’lchami kichrayishi bilan nozik keramik massalarning optimal kuydirish harorati xom ashyo turiga qarab 500-100 0S pasayadi.
Disperslik darajasi va granulometrik tarkibni aniqlash dispers analizning asosiy mohiyati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dispers analizni bir necha hil usullari bor. YAngi asboblar yaratilishi bilan ularni soni yana ortib bormoqda. Eng ko’p tarqalgan elakli, sedimental mikrosqopik, adsor’stiya usullaridir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin