Kimyoviy texnologiyalar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə11/25
tarix11.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#83920
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Materiallar texn-laboratoriya2018

LABORATORIYA ISHI № 3
Mavzu: Shisha omixtasini tayyorlash. Natriy oksidi, kremniy oksidi, kalsiy oksidi asosida shishani sintez qilish.
Laboratoriya sharoitlarida talaba uchun ikki komponentli shisha omixtasini tarkibini hisoblash oson. Buning uchun xom-ash’yo va aralashmaning kimyoviy tarkibi silikatlar fizik kimyosi fani yutuqlari asosida shakllantiriladi.
Ikki komponentli shishani olish uchun uning shixta tarkibini xisoblash kerak. Berilgan shisha tarkibi «Qo‘rg‘oshin

oksidi- kremnezyom», «Sink oksidi-bor oksidi», «Natriy oksidi- bor oksidi», «Litiy oksidi- kremnezem», «Natriy oksidi- kremnezyom», «Kaliy oksidi- kremnezyom», «Natriy oksidi- fosfor oksidi», «Germaniy oksidi- kremnezyom», «Litiy ftorid- berilliy ftoridi» kabi sistemalardan tanlanadi. 


SHixta tarkibini foiz miqdorida xisoblaganda shixta tarkibiga kiradi: 
1)80% qo‘rg‘oshin oksidi- 20% kremnezyom yoki 70% qo‘rg‘oshin oksidi- 30% kremnezyom. Bunday tarkibli shixtalar 1250- 1300oS dagi haroratda shaffaf shisha hosil qiladi
2) 55% sink oksidi- 45% bor oksidi. Ushbu tarkib 960oS da eriydi va ikki suyuqlik aralashmasini hosil qiladi. Kimyoviy toza reaktivlarni ishlatish orqali 1200-1250oS da shishani sintez qilish mumkin; 
3) 30% natriy oksidi- 70% bor oksidi yoki 17% natriy oksidi- 83% bor oksidi. Bunday aralashmalar 740 va 815oS larda eriydi. Ular 1050 va 1150oS larda shaffof shisha hosil qiladi
4) 20% litiy oksidi- 80% kremnezem. Tarkib 1030oS da eriydi va 1200-1250oS da shishasimon modda beradi;
5) 40% natriy oksidi- 60% kremnezyom. Aralashma 900oS atrofida suyuqlanadi va 1100- 1200oS li haroratda shaffof modda hosil qiladi;
6) 35% kaliy oksidi- 65% kremnezyom. Tarkib 740oS da suyuqlanib, 1000oS da shisha hosil qiladi
7) 50% natriy oksidi- 50% fosfor oksidi. Aralashma 590oS da erib, 800- 900oS larda shisha eritmasini hosil qiladi; 
8) 50% germaniy oksidi- 50% kremnezyomli aralashma 1000oS atrofida erib, 1250-1300oS li haroratlarda shaffof modda hosil qiladi.
9) 50% litiy ftorid- 50% berilliy ftoridi. Ikki ftorid aralashmasi 400oS atrofida erib ketadi va 700oS li haroratda shisha hosil qiladi.
SHixta tarkibini ikki xil usulda, ya’ni proporsiyalar xamda tenglamalar tuzish yo‘llari bilan xisoblash mumkin. Birinchi usul shixta komponentlari kam bo‘lganda, shixta tarkibida ishlatiladigan xom-ash’yolarning tarkibida yot qo‘shimchalari bo‘lmagan xollarda qo‘llaniladi. Ikkinchi usul shixta tarkibga boshqa komponentlar qo‘shiladigan xollarda qo‘llaniladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin