Laboratoriya ishini bajarish tartibi. Tanlangan shisha xom-ashg’yolaridan kerakli miqdorda tortib olinadi. Tortib olingan xom-ash’yolar avval maydalanadi, so‘ngra yaxshilab aralashtiriladi va oldindan rejalashtirilgan temperaturali grafik asosida pishiriladi. Pishish temperaturasida saqlash vaqti shishaning tarkibiga bog‘liq bo‘lib, u 2-3 soatni tashkil etadi. Eritilgan shisha tigeldan quyib olinadi xar xil shakllar beriladi. Bu ish temir stolda bajariladi. Namunalar prizma, plitka, xalqa shakllarida quyib olinadi so‘ngra otjig (ichki kuchlanishni yo‘qotish) qilinadi. Otjig jarayoni mufelli, ler pechlarida amalga oshiriladi.
Laboratoriya ishini o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan materiallar va jixozlar.
Xom-ash’yolar;
CHinni yoki agat xovoncha;
Korundli yoki platinali tigellar;
SHisha pishirish uchun pech;
Termopara;
YUqori temperaturaga chidamli tigel;
SHakllash uchun qoliplar;
LABORATORIYA ISHI № 5 MAVZU: TUPROQNING QOVUSHQOQLIK SONINI ANIQLASH. Kerakli reaktiv jihozlar: tuproq namunasi, chinni xovoncha, 0,5 mm li elak, aralashtirish uchun chinni chashka, pichoq yoki shpatel, Vasilev asbobi, quritgich, byuks yoki chinni tigelchalar.
Laboratoriya ishining nazariy asoslari Qovushqoqlik deb, massa yoki tuproqning suv bilan aralashganda xamirsimon xolatga kelishi va unga bosim ostida xar xil shakl berilganda shu xolatini tashqi kuch ta’sirisiz saqlab qolish xususiyatiga aytiladi.
Qovushqoqlik bilan tuproqning namligi o’zaro bog’liq tushunchalardir. Qovushkoqlikni aniqlash uchun quyidagi xolatlarni bilish kerak:
1. «Oquvchanlikning quyi chegarasi» yoki qovushqoqlikning yuqori chegarasi. Bu xolatda xamirsimon massani ikkiga bo’lingan joyi silkitish natijasida yana qayta birikib qo’shilib ketadi.
2- rasm. Vasilev A.M. qovushqoqlikni aniqlash uskunasi.
2. «Juvalash chegarasi» yoki qovushqoklikning quyi chegarasi. Bu xolatda xamirsimon massadan kichik diametrli g’ulachalar juvalanmay, yorilib sinib ketadi. SHu ikki xolatlardagi absolyut namliklarning ayirmasi «qovushqoqlik soni» deb ataladi. Qovushqoqlik soniga qarab tuproq xom-ash’yolari GOST 9169-75 bo’yicha 4 ta sinfga bo’linadi. Ularning sinflari 6-jadvalda berilgan.
6-jadval
Tuproq minerallarining qovushqoqlik soni bo’yicha sinflanishi