Q soniW1 - W2 Bu erda:
W1- oquvchanlikning quyi chegarasidagi absolyut namlik, %
W2- juvalash chegarasidagi absolyut namlik, %
LABORATORIYA ISHI № 6 Mavzu: Laboratoriya sharoitida keramik massa tayyorlash. Keramik massani shakllash.
Ishdan maqsad: Laboratoriya sharoitida keramik massa tayyorlash. Keramik massani shakllashni o’rganish.
Kerakli reaktiv va jihozlar:chinni xovoncha, tigel, elak, laboratoriya kamerali pechi, eksikator.
Ishning nazariy asoslari: Keramika buyumlarini ishlab-chiqarish eng qadimiy xunarmandchilik ishlari bilan bog‘lik bo‘lib, tosh asridayoq tuproqdan xo‘jalikda ishlatila-digan turli-tuman idish-anjomlar yasala boshlangan. Keramika so‘zi-grekcha keramos suzidan olingan bo‘lib, tuproq ma’nosini bildiradi.Qadimiy keramika buyumlariga asosan sopol, tosh keramika, fayans va chinni buyumlari kiradi.
Sopol ya’ni-mayolika italyancha maiolika so‘zidan olingan bo‘lib, u ispan-mavritan madaniyat asarlarini italiyanga Malorta nomli orol orqali tashilishi munosabati bilan shu orol nomi bilan atala boshlangan. Sopol buyumlari tabiiy rangga ega bulgan oson suyuklanuvchan tuproqlardan yasalib.ularning sirti bo‘g‘ik yoki tiniq sir bilan qoplanadi. Sopolning suv yutuvchanligi 10-15% ni tashkil etadi.
Fayans – faience so‘zidan olingan bo‘lib, bu nom Italiyaning Fayans shahri bilan bog‘likdir. Fayansning rangi oqishdan oqgacha bo‘lib, uning suv yutuvchanligi 9-12 % bo‘ladi, u tiniq sir bilan qoplanadi.
CHinni – ok rangli, bir jinsli mayda donador tuzilishga ega bo‘lgan, sinig‘ida yaltiraydigan, yupka qavatda shaffoflikka ega bo‘lgan, suyuqlik va gazlarni o‘tkazmaydigan materialdir.
Nafis tosh buyumlari fayans bilan chinni oralig‘idagi buyumlar xisoblanib, o‘z xossalari bo‘yicha chinniga yaqinroqdirlar.
Keramika materiallari ishlab chiqarishda quyidagi asosiy bosqichlar mavjud:
1) dastlabki komponentlami tayyorlash;
2 ) komponentlami maydalash;
3 ) komponentlami aralashtirish;
4 ) m assa tayyorlash;
5) yarim mahsulotni tayyorlash;
6 ) quritish;
7 ) kuydirish;
8) qo'shimcha jarayonlar.
Keramik massani quruq holda aralashtirish juda qiyin, unda komponent zarrachalari bir x il taqsimlanmaydi.
Kom ponentlami kerakli aralashmasi h o 'l holda maydalanadi yoki alohida tayyorlangan suspenziyalarni aralashtirishdan olinadi. Har bir suspenziya 50% namlikka ega.
Maydadonali suspenziyalardan keramik massa tayyorlash tizimi