Kimyoviy texnologiyalar


Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə14/25
tarix11.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#83920
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Materiallar texn-laboratoriya2018

Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi:
Tajriba o’tkazish uchun 100 g tuproq olinib, yaxshilab maydalanib, 0,5 mm li elakdan o’tkaziladi. 50 g tuproq olinib tubi yassi chinni chashkaga solinadi va suv bilan aralashtiriladi. Hosil bo’lgan massaning bir qismini chinni chashkaga 15 mm qalinlikda joylashtirilib, diametri bo’yicha shpatel yoki pichoqda ikkiga bo’linadi. Bunda bo’laklar orasidagi masofa yuqori qismida 2-3 mm, pastki qismida 1 mm bo’lishi kerak.
Namunaning oquvchanligini quyi chegarasi A.M.Vasilev asbobida aniqlanadi. Buning uchun namuna solingan chinni chashka sterjenda turgan diskka qo’yilib, 75 mm balandlikka ko’tariladi va vint bilan mahkamlanadi. So’ngra sterjen bo’shatiladi va sterjen erkin xolda pastga tushadi. Buning natijasida chinni chashka silkitiladi. Bu jarayon 3 marta takrorlanadi. Agar uchinchi silkitishda bo’laklar bir-biri bilan qo’shilib ketsa, unda shu massa oquvchanlikning quyi bosqichida deb aytish mumkin. Agar bo’lakchalar birinchi yoki ikkinchi silkitishdan keyin qo’shilib ketsa massa suyuq xisoblanadi, unda quruq tuproq qo’shilib, tajriba qayta takrorlanadi. Agarda namuna uch marotaba silkitishdan keyin birikib ketmasa, demak namuna juda qurib ketgan hisoblanadi, uni ozgina namlab, tajribani takror bajarish kerak.
YUqorida keltirib o’tganimizdek namuna uchinchi silkitishdan keyin birikib ketsa, ya’ni qovushqoqlikning yuqori bosqichiga etgan bo’lsa, massaning namligi aniqlanadi. Buning uchun massadan 3-4 ta yumaloq shaklchalar yasalib, ularning og’irligi tortib olinadi va quritgichda 100-105oS xaroratda o’zgarmas og’irlikka kelguncha quritiladi. So’ngra namunaning absolyut namligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Wabs  (n1-n2 n2) . 100%
Bu erda:
n1- namunaning dastlabki og’irligi, g
n2- namunaning quritilganidan keyingi og’irligi, g

Juvalash chegarasini aniqlash uchun qolgan massaga ozgina quruq tuproq namunasini qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra bu massani shisha plitasiga olib, undan diametri 3 mm li g’o’lachalar juvalanadi. Sekin qurib boruvchi bu massaning g’o’lachalari kichkina bo’lakchalarga bo’linib, sinib ketish xolatigacha olib kelinadi. SHundan keyin ajralib ketgan bo’lakchalarning namligi aniqlanadi.


Qovushqoqlik soni aniqlangan ikki namlikning ayirmasiga teng.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin