Kimyoviy texnologiyalar


Ishni bajarish tartibi Elakli analiz



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə10/25
tarix11.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#83920
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Materiallar texn-laboratoriya2018

Ishni bajarish tartibi Elakli analiz
Elakli analiz - donadorlik tarkibni aniqlashni qadimgi, eng oddiy va ko’rsatmali usullardan biridir. Bu usul ma’lum o’lchamdagi teshikchalari bo’lgan elakda ushlanib qoladigan material miqdorini aniqlashga asoslangan. Halqaro elaklar sistemasi mavjud emas. SHuning uchun turli mamlakatlar o’zlarining elaklar naboriga ega. Bizda GOST – 3584-53 ga muvofiq elaklar shkalasi mavjud.
Teshikli va gazlamali elaklar mavjud. Teshikli elaklar metall listlarni (temir, jez, ruh) har hil kataklardagi va shakllardagi teshikchalarni shtampovka qilish yo’li bilan tayyorlanadi. Dumaloq teshikchali elaklar katta ahamiyatga ega. Laboratoriyada qo’llash uchun ular yupqa ruh temir qotishmasidan teshikchalarini o’lchami 0.5-10 mm qilib tayyorlanadi. Elakli analizni aniqlashda metall list qalinligi katta ahamiyatga ega. YUpqa listdan tayyorlangan elaklar huddi shu o’lchamdagi qalin listdan tayrlangan elakka qaraganda kattaraq bo’lakchalarni ko’proq o’tkazib yuboradi.
Elaklar bilan ishlanganda teshikchalar kattaligini aniqlashda ularni yorug’lik bilan tekshirish tavsiya qilinadi. Elakli analiz ho’l va quruq usulda olib boriladi.
Ho’l usul
Ho’l usulda analiz qilish uchun material oldin quritish shkafida 105-110 0S da doimiy og’irlikka qadar quritib olinadi va chinni hovonchada pestik yordamida kuchsiz zarb bilan maydalanadi, keyin tehnik tarozida 0.01 gr aniqlikda zichligi γ bo’lgan keramik material shlikerdan olinib, quruq moddani miqdori q namunani piknometr yordamida o’lchab kerakli aniqlikda topiladi. Quruq moddani miqdori q zichligi ρ ga teng bo’lgan shliker holdagi namunani piknometr yordamida o’lchab, kerakli aniqlikda quyidagi bog’liqlik yordamida topiladi.
qko’r =
bu erda qnshliker – shlikerli piknometr og’irligi.
qnc – suvli piknometr og’irligi.
Piknometrlarni suvli og’irligi qnc haftasiga bir marta tekshirib turilishi kerak. Suspenziyani elakka quyishda elakdan oson o’tishini amalga oshirish uchun elak suv bilan to’ldirilgan yassi idishga asta-sekinlik bilan bir-necha marta botirilib olinadi. Keyin qolgan qoldiq elakdan o’tib suv tiniq holda bo’lguncha suv qo’yib turib yuviladi. Keyin ehtiyotkorlik bilan chinni idishga solinib undagi suv quritiladi va quritish shkafida quritib sovitib tehnik tarozida qoldiq miqdori 0.01 gr aniqlikda o’lchanadi.


Quruq usul
Quruq usulda analiz qilishda 100-110 0S doimiy og’irlikkacha quritilgan namuna bir yoki birin ketin bir necha elakdan o’tkaziladi. 50-100 gr og’irlikdagi namuna qqurilmadagi eng yuqori elakka solinadi va yuqoridagi elakni qopqog’i yopilib elash boshlanadi. Elash asbobni qiya holda tebratib va vertikal o’q atrofida aylantirib amalga oshiriladi.
Elash bir minut davomida elakdan 0.054 dan ko’p o’tilganda to’htatiladi.

Elash bir minut davomida elakdan 0.054 dan ko’p o’tilganda to’htatiladi.


Alohida elaklarda qolgan qoldiq miqdori tortilib, namunani donadorlik tartibi % larda tortiladi. Ho’l usuldagi analiz mayda frakstiyalarni ham aniqlashga yordam beradi va shunga muvofiq bu usul mayda dispersli materiallarni tekshirishda qo’llaniladi. Quruq usul birinsi navbatda suv ta’sir qiladigan (masalan stement) materiallarini aniqlashda va material tarkibidagi mayda frakstiyalar kam bo’lgan hollarda qo’llaniladi material o’lchamlari 0.01 mm bo’lganda quruq usul tavsiya qilinadi.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin