W m1-m2 m2 . 100%. Bu erda:
W- namlik,%;
m1 - materialning dastlabki og’irligi, g;
m2 - o’zgarmas og’irlikkacha quritilgan material, g.
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi: Laboratoriya ishini olib borish uchun avval berilgan namuna chinni yoki agat hovonchada maydalanadi. Tuyilgan material elakdan o’tkazilib, og’irligi tortib olinadi. Tortib olingan namuna avvaldan o’zgarmas og’irlikkacha quritilgan byuks yoki chinni tigellarga solinadi. Tortish analitik yoki laboratoriya tarozilarida amalga oshiriladi. Tortib olingan namunani 100-105oS xaroratli quritgichda namuna o’zgarmas og’irlikka kelguncha quritiladi va tortib olinadi. Namunaning namligi yuqoridagi formula orqali hisoblanadi.
Laboratoriya ishini o’tkazish uchun kerak bo’ladigan materiallar va jixozlar: Namuna;
Nazorat savollari. 1.Xom ashyoni tekshirish usullari xaqida ma’lumot bering.
2.Tekshirish uchun xom ashyodan o’rtacha na’muna olish qanday amalga oshiriladi?
3.Toshsimon materiallar tekshirishga qanday tayyorlanadi?
4. Gilsimon materiallar tekshirishga qanday tayyorlanadi?
5.Silikat maxsulotlar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan xom ashyolar qanday saralanadi?
6.Xom ashyo materiallarini saralashning xo’l usuli xaqida ma’lumot bering.
7.Xom ashyo materiallarni saralashning quruq usuli xaqida ma’lumot bering.
8.Xom ashyo materiallardan o’rtacha na’muna olish zaruratini tushuntiring.
9.Turli jinslardan o’rtacha namuna olishda ularning qaysi xususiyatlariga asoslanadi?
10.Vagonetka, yuk avtomobili, konveyer va xaltalangan xom ashyolardan qaysi usullar orqali o’rtacha na’muna olinadi?
11.Xom ashyo materiallar tarkibida suv qanday bog’langan bo’ladi?
12.Gigroskopik namlik deb nimaga aytiladi?
13.Gigroskopik namlik qanday qilib aniqlanadi?