Ishni bajarish tartibi: Elakli analiz - donadorlik tarkibni aniqlashni qadimgi, eng oddiy va ko’rsatmali usullardan biridir. Bu usul ma’lum o’lchamdagi teshikchalari bo’lgan elakda ushlanib qoladigan material miqdorini aniqlashga asoslangan. Xalqaro elaklar sitsemasi mavjud emas. SHuning uchun turli mamlakatlar o’zlarining elaklar naboriga ega. Bizda GOTS – 3584-53 ga muvofiq elaklar shkalasi mavjud.
Teshikli va gazlamali elaklar mavjud. Teshikli elaklar metall litslarni (temir, jez, ruh) har hil kataklardagi va shakllardagi teshikchalarni shtampovka qilish yo’li bilan tayyorlanadi. Dumaloq teshikchali elaklar katta ahamiyatga ega. Laboratoriyada qo’llash uchun ular yupqa ruh temir qotishmasidan teshikchalarini o’lchami 0.5-10 mm qilib tayyorlanadi. Elakli analizni aniqlashda metall lits qalinligi katta ahamiyatga ega. Yupqa listdan tayyorlangan elaklar huddi shu o’lchamdagi qalin listdan tayyorlangan elakka qaraganda kattaraq bo’lakchalarni ko’proq o’tkazib yuboradi.
Elaklar bilan ishlanganda teshikchalar kattaligini aniqlashda ularni yorug’lik bilan tekshirish tavsiya qilinadi. Elakli analiz ho’l va quruq usulda olib boriladi.
Ho’l usul Ho’l usulda analiz qilish uchun material oldin quritish shkafida 105-110 0C da doimiy oirlikka qadar quritib olinadi va chinni hovonchada petsik yordamida kuchsiz zarb bilan maydalanadi, keyin tehnik tarozida 0.01 gr aniqlikda zichligi γ bo’lgan keramik material shlikerdan olinib, quruq moddani miqdori q namunani piknometr yordamida o’lchab kerakli aniqlikda topiladi. Quruq moddani miqdori q zichligi ρ ga teng bo’lgan shliker holdagi namunani piknometr yordamida o’lchab, kerakli aniqlikda quyidagi boliqlik yordamida topiladi.
qko’r = bu erda qnshliker – shlikerli piknometr oirligi.
qnc – suvli piknometr oirligi.
Piknometrlarni suvli oirligi qnc haftasiga bir marta tekshirib turilishi kerak. Suspenziyani elakka quyishda elakdan oson o’tishini amalga oshirish uchun elak suv bilan to’ldirilgan yassi idishga atsa-sekinlik bilan bir-necha marta botirilib olinadi. Keyin qolgan qoldiq elakdan o’tib suv tiniq holda bo’lguncha suv qo’yib turib yuviladi. Keyin ehtiyotkorlik bilan chinni idishga solinib undagi suv quritiladi va quritish shkafida quritib sovitib tehnik tarozida qoldiq miqdori 0.01 gr aniqlikda o’lchanadi.
Quruq usul Quruq usulda analiz qilishda 100-110 0C doimiy oirlikkacha quritilgan namuna bir yoki birin ketin bir necha elakdan o’tkaziladi. 50-100 gr oirlikdagi namuna qqurilmadagi eng yuqori elakka solinadi va yuqoridagi elakni qopqoi yopilib elash boshlanadi. Elash asbobni qiya holda tebratib va vertikal o’q atrofida aylantirib amalga oshiriladi.
Elash bir minut davomida elakdan 0.054 dan ko’p o’tilganda to’htatiladi.
Alohida elaklarda qolgan qoldiq miqdori tortilib, namunani donadorlik tartibi % larda tortiladi. Ho’l usuldagi analiz mayda fraktsiyalarni ham aniqlashga yordam beradi va shunga muvofiq bu usul mayda dispersli materiallarni tekshirishda qo’llaniladi. Quruq usul birinsi navbatda suv ta’sir qiladigan (masalan tsement) materiallarini aniqlashda va material tarkibidagi mayda fraktsiyalar kam bo’lgan hollarda qo’llaniladi material o’lchamlari 0.01 mm bo’lganda quruq usul tavsiya qilinadi.