9-rasm. Laboratoriya sharoitidagi NITRAT-M nitrometri
Nitratomer 6 ta bloklardan tarkib topgan bo`lib, 1-chi blok kalibrlanuvchi potentsiometrdan iborat va u kuchlanishni rostlashga mo`ljallangan. 2 –chi blok ion selektiv va yordamchi (EVL-1M1) elektrodlar sistemasidan iboratdir. 3 –blok kirish qarshiligi 1000 Om tashkil etgan potentsiallanuvchi kuchaytirgichdan iboratdir. Potentsiallanuvchi element sifatida kremniy diodi va KRUTIZNA potentsiometri bilan kuchlanish taqsimlagichlarni o`z ichiga oladi. 4-blok beshta tugmachali o`chirgichdan iborat bo`lib, quyidagi amallarni bajarishga mo`ljallangan:
sistemani elektr manbaiga ulash;
ish turiga o`tkazish;
o`lchash diapazonlarni o`rnatish;
manba kuchlanishini nazorat qilish.
5-blok asbob strelkasini ko`rsatadi. 6 –blok “Korund” rusumli batareykalardan iborat.
Nitratomerning umumiy ko`rinishi 1 –rasmda ko`rsatilgan. Nitratomer ikkilamchi qayta o`zgartirgich 1 va elektrodlar sistemasidan, ya`ni o`lchash ion-selektiv elektrodidan 3 va yordamchi elektroddan 2 iborat.Asbob qobig’ining yuqori devorida elektrodlarni ulanish joylari ( 3, 5, V va I) mavjud: “V” ga yordamchi elektrod va “I” ga o`lchash elektrodi ulanadi. Indikator strelkasi 6 o`lchash natijalarini ko`rsatadi.Asbob qobig’ining yuqori panelida besh tugmachali o`lchash diapazonlarni va ish turini o`rnatish o`chirgichi 7 mavjud. Nitratomerni kalibrovka qilish uchun panelda KALIBROVKA 8 va KRUTIZNA 9 potentsiometrlari mavjud. elektrodlarni ish holatida saqlash uchun ustun –ushlagich qayta tiklanish korpusiga mahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: |