Nitratomerni ishga tayyorlash
Nitrat o`lchagich Nitrat—M statsionar va dalada, maxsus joylarda nazorat uchun qo`llaniladi.
Asbob nazorat qilinadigan namunada N03 ionlarining aktivligida hosil bo`ladigan to`g’ri potentsiometrik farqlarni elektrodlar yordamida o`lchab bu natija teskari logorifmik almashtirgich yordamida N03 ioni kontsentratsiyasiga proportsional holatda elektr signali sifatida kayd etiladi.
1-bo`lakda kuchlanishni moslash, ya`ni potentsiometrni kalibrovka qilish yo`li bilan kuchaytirgichni ish joyini tanlash.
2-bo`lak ionoselektiv (EM- N03 -0,1) va yordamchi (EVL-1m2) elektrodlar sistemasidan tashkil topgan.
3-bo`lak kuchaytirgach. Bu katta qarshilikka ega bo`lgan (1000 Om) kuchlanganlik kuchaytirgichidan iborat bo`lib, u kremniyli dioddan va kuchlanganlikni o`zgartiruvchi va taqsimlovchi potentsiometrdan iborat.
4-bo`lakkommutatsiya bo`lagi bo`lib, 5 ta klavishdan iborat. Klavishlar energiyaga ulash, o`lchov diapozonlariga ulash va iste`mol qilayotgan kuchlanganlik miqdorini nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Nitratomer ikkilamchi aylantirgichdan va elektrodlar sistemasidan iborat bo`lib, birinchisi nitrat miqdorini o`lchovchi ion-selektiv elektroddan va yordamchi elektroddan iborat.
Kobig’ning yuqori qismida elektrodlarni ulash joyi bor, ya`ni «V» nuqtasiga yordamchi elektrod va «I» nuqtasiga o`lchovchi elektrod hamda «O» nuqtasiga elektr manbai ulanadi.
O`lchash natijalarini indikatorga qayd etib, o`lchov miqdori ko`rsatgich burilishiga teng bo`lgan ko`rsatma natijasi asosida qayd etiladi. Nitratomerning panelida klavishli o`lchagichlar bo`lib, ular diapozonlarni va ish tartibini o`zgartirish uchun xizmat qiladi
Ish boshlashdan oldin o`lchov klavishlarining hammasi ish holatiga bo`lmog’i va nitratomer kalibrovka qilinishi kerak. Kalibrovka CO buyicha N03 ionlarining nominal kontsentratsiyasi 6-21 mg/kg, 6200 mg/kg bo`yicha sozlanadi. Kalibrovka qilish uchun eM- N03=01 elektrodi 6 min distillangan suvda saqlanadi va 10 mol’/dm3 HN03 eritmasining kontsentratsiyasida bajariladi. elektrodlar ish boshlashdan oldin yuviladi, keyin quritiladi. Bu ish quyidagi tartibda bajariladi: nitrat o`lchagichni BKJ1 va X larni klavishlari bosilib, elektrodlar distillangan suvga tushiriladi, to nitrat o`lchagichni ko`rsatgichi noldan bir bo`limga o`zgargunga qadar saqlanadi. 3M-N03-01 elektrodining membranasi filtr qog’oz yordamida ho`llanib, undan keyin har ikkala eVL-1M1 va 3M-N03-01 elektrodlar filtr kog’ozi yordamida artiladi. Kelgusida har bir o`lchash ishlaridan keyin elektrodlar har safar tozalanib turiladi.
Tozalangandan keyin elektrodlar CO (6,2 mg/dm3) solingan idishga tushiriladi va BKJI hamda «XI» klavishlari bosiladi, kuchlanganlik o`lchagich kalibrovka yordamida kayd etgichning ko`rsatgichi «60» rakamini ko`rsatish kerak, xatogarchilik 1 mm chegarasida. Undan keyin yana birinchi holat takrorlanadi, ya`ni BKJI va «XI» klavishlari bosilgan holda elektrodlar distillangan suvga tushiriladi, xuddi birinchi holatdagidek elektrodlar fil’tr yordamida qo`llanib artiladi va quritiladi.
Endi elektrodlar (6200 mg/dmZ) CO solingan idishga BKJ1 va «X100» klavishlari bosilgan holda tushiriladi va kuchlanganlik o`lchagich yordamida qayd etgichning ko`rsatgichi 60 raqamiga 1 mm aniqlikda o`rnatiladi. elektrodlar mahsulot tarkibiga tushirilib N03 ionlari miqdori aniqlanadi. Undan keyin yana birinchi holatdagidek elektrodlar ho`llangan filtr qog’ozlar yordamida ho`llanib artiladi va quritiladi. endi elektrodlar (620 mg/dmZ) CO solingan idishga BKJI va «X100» klavishlari bosilgan holda 60 sekundan keyin nitrat o`lchagichning ko`rsatmasi kayd etiladi. Asbobning ko`rsatgichi 62 rakamiga to`xtashi va ikki xona xatogarchilikda to`xtamog’i lozim. Agar asbobning ko`rsatgichi 62 raqamidan 2 xonadan ortiq xatoga yo`l qo`ysa, unda hamma ishni qaytadan yuqorida qarab chiqilgan qoidalarga amal qilgan holda bajariladi yoki asbobning ko`rsatgichi 62 raqamidan 2 xonadan (bo`linmadan) ortiq xatoga yo`l qo`ysa, elektrodlar hosil bo`ladigan elektr yurituvchi kuchni tekshirish kerak. Bu ish quyidagicha amalga oshiriladi:
3M-N03-01 elektrodining simi asbobning «V» va eVL-1M1 elektordining simi esa «3» yozilgan ulagichlariga ulanib nitrat o`lchagichning BKJ1 va «sut» klavishlari bosiladi. elektrodlarni (62 mg/dm3) CO solingan idishga tekshirilib 60 sekunddan keyin asbobning ko`rsatmasi qayd etiladi va shu ishni CO solingan idishga (N03- kontsentratsiyasi 620 va 6200 mg/dm3) tushirilib natijalar qayd etiladi.
Kayd etilgan natijalar (CO 62 mg/dmZ va CO 620 mg/dm3) ning farqi mV larda hisoblanadi, keyin esa elektrodlar CO (620 mg/dmZ) va CO (6200 mg/dmZ) larga tushirilgandagi natijalar farqi eV larda hisoblanadi.
Hisoblangan natijalar farqi 56 eV dan oshmasligi kerak, agar farq ortiq bo`lsa, eM N03-01 elektrodini almashtirishga to`g’ri keladi. Kalibrovka qilingandan keyin nitrat o`lchagichning hamma klavishlari bosilib neytral holatiga keltiriladi, ish boshlagunga qadar yoki o`lchab bo`lgandan keyin har safar elektrod 3M-N03-01 KN03 eritmasining 10 mol’/dmZ kontsentratsiyasi solingan idishga, eVL-1M1 elektrodi esa distillangan suvga solib qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: |