O`smirlik davridagi “Men” obrazining psixologik jihatlari;
O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bular ta’sirida o‘smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati tez o‘zgarib boradi. Ba’zan ijtimoiy masalalar to‘g‘risida noto‘g‘ri tassavvur va yanglish fikrlar hosil bo‘lishi tufayli u muayyan tartib qoidalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi.
Bola kamolotining bu davrini ko‘pincha «qiyin», «murakkab», «muhim» davr deyiladi. Ota-onalar hamda hali tarbiyaviy ish sohasida etarli tajribaga, shuningdek o‘smirlik yoshidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari haqida zarur bilimlarga ega bo‘lmagan yosh pedagoglar, odatda o‘smirlarni tarbiyalash juda qiyin deb o‘ylaydilar. Lekin hozirgi kunda o‘smirlarni tarbiyalashni o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, hatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari fanga ma’lumdir.
O’z-o’zini anglashni o’rganish uning psixologik jarayon sifatidagi mohiyatini aniqlashdan , shaxs ontogenetik taraqqiyotida uning yuzaga kelishi va uning sabablarini tadqiq qilishdan boshlanadi.
Sergey Leonidovich Rubinshteynning (1989) takidlashishicha, shaxsni psixologik jihatdan o’rganishda o’z-o’zini anglash, shaxsning “men”i haqidagi masala muhimdir. Shaxs subyekti sifatida o’z xulq atvorini anglaydi, bu xulq atvor, hatti - harakat shu faoliyatning ijodkori va muallifi sifatida javobgarlikni o’z bo’yniga oladi.
Psixologik nuqtai nazardan o’z-o’zini anglash “murakkab psixologik jarayon bo’lib, uning mohiyatini shaxs tomonidan o’zining “obrazlarini” xulq atvor va
faoliyatining turli vaziyatlarida boshqa odamlar bilan o’zaro ta’sirning barcha shakllarida idrok qilishi hamda bu obrazlarni bir butun tuzilma - tasavvurlarda birlashtirish so’ngra uni boshqa subyektlardan farq qiluvchi o’zining “ men”ida , ya’ni “men” tushunchasida yaxlit holga keltirish tashkil etadi. O’z “men”imizni ajratib olgach, bu o’zimizga ob’yekt sifatida, ya’ni o’zimizga nisbatan mustaqil tuzilma sifatida qaray olamiz. O’ z “men”ini aks ettira olish o’z-o’zini anglashni obyektiv tadqiq qilishning muhim asosi bo’lib xizmat qiladi. Shaxsning o’z “men”ini qanday tasavvur qilishida o’zini anglashi hamda shaxsning umuman yetuklik darajasi aks etadi.
O’z-o’zini anglashni psixologik jihatdan o’rganish shaxsni real o’z-o’zini anglovni subyekt sifatida tarkib topishini o’rganish bilan chanbarchas bog’liq o’z-o’zini anglashni rivojlanish jarayoni shaxs genezisi tarkibiga kiradi.
S.L. Rubinshteyn o’z-o’zini anglashni rivojlanishining manbai va harakatlantiruvchi kuchi individda mustaqillikning o’sib borishida, deb hisoblagan. Uning ta’kidlashicha, ong o’z-o’zini anglashdan kelib chiqmaydi, balki o’z-o’zini anglash shaxs ongining taraqqiyoti davomida yuzaga keladi.
Tuzilishiga ko’ra o’z-o’zini anglash uch tomon-bilish (o’z-o’zini anglash), emotsional-baholash(munosabat) hamda irodaviy boshqaruv(o’z-o’zini boshqarish) tomonlar birligidan iborat.
Chet el psixologiyasida o’z-o’zini anglashni amaliy jihatdan o’rganishga ko’proq e’tibor berildi. U. Djeyms, K.Radjers, M. Rozenberg kabi tadqiqotchilar o’zi haqidagi tasavvurlarining turli shakllarini ajratib ko’rsatadilar. (ijtimoiy “men”, “oilaviy men”, “real men”, “ideal men” va.h.k)
O’z-o’zini anglash xususiyatlarini o’rganishda shaxs jihatdan yondashuv avvalom bor “men obrazi va o’z-o’zini baholashni o’zgarishining shaxsiy motivatsion yo’nalishiga qaratilgan. Masalan, A.I.Obozniy va V.N. Katorskiy tomonidan o’rta va yuqori sinf o’quvchilarida o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ularning talabchanlik darajasi vazifasining real bajarilishi va eksperiment bahosiga emas, balki o’smirning o’z-o’zini baholashiga bog’liqdir.
E. I. Sovonko tadqiqotlariga atrofdagilar bahosi va o’z-o’zini baholashga yo’nalganlik o’rtasidagi munosabat yoshga bog’liq ekanligi aniqlanadi.
Ma’lum bo’lishicha, yosh katta bo’lgani sari o’z-o’zini baholashga yo’nalish ortib boradi. Shunday qilib, o’smirlik davrida shaxsning rivojlanishiga oid jarayonlarning asosiy xususiyatlari avvalo o’z-o’zini anglashning sezilarli o’sish bilan bog’langan.
O’z-o’zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi vaziyat tevarak-atrofdagilar bilan bo’ladigan yangicha munosabatlar o’quvchini o’z imkoniyatlarini baholashga, o’zining shaxsiy xususiyatlarini o’ziga nisbatan qo’yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtai nazaridan anglashga majbur qiladi.
Ushbu muammo yuzasidan psixologlar V.F.Safin, V.A.Alekseev, A.M.Prixojanlar tadqiqotlar olib borishgan. Ularning tadqiqotlarida kuzatilishicha, o’zmirlikdan o’spirinlikka o’tishda o’z-o’zini tariflash ancha subyektiv, psixologik niqtai nazardan amalga oshiriladi. Agar VI- VIII sinflarda oq’uvchilar o’z his tuyg’ulari, kechinmalari haqida kam takidlashsa, yuqori sinflarda ko’pchilik o’quvchilar bu haqida takidlaydilar. Bunda o’z xulq-atvor va xarakterlarining o’zgaruvchanligi situativligi haqida ko’plab fikrlar bildirilgan. Yuqori sinflarda o’z-o’zini baholash tashqi o’quv baholaridan ham bo’la boshlaydi. Shunday qilib, shaxsning o`zini-o`zi baholashi shaxs kamolotining muhim ko’rsatkichidir.
M.Rozenberg (1965) 15-18 yoshdagi 5 mingdan ortiq yuqori sinf o’quvchilarini tadqiq qilish asosida o’zini yetarlicha hurmatlamaydigan o’spirinlarda “men” obrazi va uni o’zi haqidagi fikrlarining beqarorligi hos degan hulosaga kelgan.
Amerikalik psixolog Govord Chkalon (1980) tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’zidan qoniqmaslik va o’zini yuqori baholash har doim past hurmatlashdan bo’lavermaydi. Real va ideal “men”ning mos kelmasligi o’z-o’zini anglashni normal tabiiy natijasidir deb takidlaganlar.
Hozirgi zamon shaxs nazariyasini shakllantirishga munosib hissa qo`shgan tadqiqotchilardan biri, amerikalik faylasuf olim, pragmatizmning asoschilaridan biri — Uilyam Djeymsdir (1842- 1910). Uilyam Djeymsning fikriga ko`ra, shaxs — inson ongliligi tavsifidir. Inson ongliligi esa ikki muhim: bilingan va bilinishi zarur bo`lgan elementlardan tashkil topadi. Onglilikdagi bilib olingan element — "Shaxs", bilinishi zarur bo`lgan element — "Men"dir. Xuddi shuning uchun ham "Shaxs" va "Men" o’rtasidagi o`zaro aloqadorlik mexanizmini bilib olish — insonshunoslikning eng muhim muammolaridan biridir.
Uilyam Djeyms yozganidek, nima haqida o`ylamay, nima haqida fikr-mulohaza yuritmay, o`zimni borgan sari chuqurroq, tushuna boshlayman, shaxsiy mavjudot ekanligimni bila boshlayman. Shu bilan birga bu axir mening fikrlarim, o`ylarim ekanligini tushunaman. Shuning uchun ham ushbu o`ylar, xayollar, o`zim fikr-mulohazalarining ikki tomoni mavjud ekanligiga ishonaman. Uning bir ismi bilingan, ikkinchi ismi bilinishi lozim bo`lgan, bir qismi ob’ekt, ikkinchi qadami esa sub’ektdir. Fikr-mulohazadagi bu ikki tomonning farqiga bormoq lozim. Bilib olingan qismi — "Shaxs", bilib olinishi zarur bo`lgan qismi — "Men"dir. Djeyms inson shaxsi deganda uning bisotidagi barcha o`ziniki deb hisoblangan narsalarning umumiy yig`indisini tushunadi.
Shuningdek, kurs ishi mavzusini o`rganish jarayonida O’zbekiston psixologlaridan M. G. Davletshin, B. Qodirov, G’. G’oziyev, G’. Shoumarov va boshqalarning bolalarda “men” obrazining xususyatlari haqidagi ilmiy - nazariy qarashlari, O`zbekiston Respublikasi 1-prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov, amaldagi Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nutqlari va asarlaridagi kelajak avlod – bolalarning iqtidori va iste`dodlari, psixologik xususiyatlari borasidagi fikrlari, “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa davlat hujjatlaridan asos sifatida foydalanildi.
Dostları ilə paylaş: |