O`smirlik davrining psixologik xususiyatlari va “Men” obrazining rivojlanishi.
O‘smirlik 11-12 yoshdan, 14-15 yoshgacha bo‘lan davrni o‘z ichiga oladi. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish asosan 5-sinfdan boshlanadi. “Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas”- ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi.
O‘smirlik bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi.
O‘smirlik davri o‘zining taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning shakllanmagani, hissiyotga beriluvchanligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Bu o‘smirlarga xos xususiyatdir. SHuning uchun tashqi ta’sirlarga beriluvchan o‘smir o‘g‘il- qizlarga alohida e’tibor berish talab qilinadi.
Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar biologik, fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy etilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, xujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. O‘smirlik yoshida bolalikdan kattalikka o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy xususiyatida ham burilishlar sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug‘iladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va uslublari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. SHuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin.
Ana shunga o‘xshash o‘zgarishlar ko‘pincha o‘smir ruhiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. U tajangroq, ba’zida huda-behudaga injiqlik qiladigan, serzarda, gap ko‘tarmas bo‘lib qoladi.
O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat- bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu – do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar qoidalarni aniqlash va egallashdir.
O‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. SHuning uchun shaxslararo munosabatlarda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi, bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi, yangi axborotlar, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.
O`smirning barcha a’zolarida keskin fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Unda o‘pka, yurak, jigar, taloq, buyrak hajmlari kattalashadi. Bundan tashqari gavda tuzilishi ham o‘zgaradi.
Kattalarning o‘smir yoshidagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit bu- mehnat bilan shug‘ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, zarur bo‘lganda ularning o‘rinlariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Endi o‘smirlar o‘yin faoliyatiga kamroq vaqtlarini ajratgan xolda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularning bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. O‘smir o‘quvchi ruhiy dunyosida paydo bo‘ladigan bunday holatlar balog‘at davri o‘tishi bilan bir me’yorga kelib qoladi. Lekin farzand o‘stirayotgan har bir ota-ona bolaning o‘sishi to‘g‘risida, uning o‘ziga xos xususiyati haqida zarur tushunchaga ega bo‘lsalar foydadan holi bo‘lmaydi.
SHu narsani alohida ta’kidlash kerakki, bu yoshdagi o‘smirlar o‘ta ta’sirchan, ayniqsa tashqi ta’sirga, tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar. Sevgi-muhabbat, ishqiy mavzudagi kitoblar o‘qish, shunga o‘xshash kinofilmlarni tomosha qilishga juda qiziqadilar. O‘zlarining tashqi qiyofalariga ko‘prok e’tibor bera boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda soch qo‘yish, durustroq kiyinish ishtiyoqi tug‘iladi, qizlar esa oynaga ko‘proq qaraydigan bo‘lib qoladilar. Ular o‘zlariga oro berishni, malikalarday go‘zal ko‘rinishni istaydilar, orasta ko‘rinishga urinadilar. Bu tabiiy holdir.
YUqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining ma’naviy xususiyatlari bilan boshqa yoshdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetilgan bo‘ladilar. SHu tufayli ular vazmin tabiatli, mulohazali, kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar.
Ota-onalar farzandlar bilan muomala qilishda ularning shaxsiy xususiyatlari, yosh davrlari xislatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar, oilada o`zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik, umuman yaxshi ma’naviy muhit vujudga keladi. Otaning onaga yoki onaning otaga qilgan munosabatlari ham shu vaziyat shart-sharoitlariga mos tushishi kerak. CHunki ota-onaning o‘zaro totuv hayot kechirishlari, inoq va barqaror, mustahkam oilaning bosh omilidir.
O‘smirlik yoshining o‘ziga xos xususiyatlari kattalardan ularga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lish lozimligini taqozo qiladi. Kattalar ular faoliyatini nazorat qilishlari, faoliyat motivlarini doimo e’tibordan chiqarib qo‘ymasliklari lozim, aks holda o‘smir hayotida noxush xususiyatlarning paydo bo‘lishi ham mumkin. SHuning uchun o‘smirlik yoshi bola taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.
Odamning o’ziga o’zi qanday munosabatda bo’lishi unga atrofdagilarning qanday munosabatda bo’lishiga bog’liqdir. O`zini-o`zi baholash shaxsning hal qiluvchi xususiyati, uning o’zagidir.O`zini-o`zi baholash o`zini-o`zi jamoadagi o’z faoliyati, o’z mavqei uning boshqa a’zolariga o’zining munosabatini baholashni o’z ichiga oladi.
Shaxsning faolligi, uning jamoa faoliyatida ishtiroki, uning o`zini-o`zi tarbiyalashga intilishi, o`zini-o`zi baholash dastavval individ faoliyati natijalari ta’sirida shakllandi. Bu natijalarni har doim atrofdagilar ham baholab boradilar. Shuning uchun, atrofdagilarning bahosi o’zini o’zini baholashni belgilab beradi. O’ziga bo’lgan tuyg’u boshqalarning unga bildirgan fikri tufayli shakllanadi va mustahkamlanadi.
Agar atrofdagilar bolalarga har doim hurmat bilan munosabatda bo’lishsa u ham o’zini haqiqiy hurmatga sazovor deb hisoblay boshlaydi. Aksincha, agar bolalarga muntazam iltifotsizlik ko’rsatilsa asosiy e`tibor uning kamchiliklariga qaratilsa, unda o`ziga-o`zi hurmatga sazovor emas degan xulosa chiqaradi.
O`zini-o`zi baholash shakllanib, borgan sari ular atrofdagilarning fikridan, faoliyatning aniq natijalaridan tobora mustaqil bo’lib boradi. Barqaror o`zini-o`zi baholash shakllari bo’lishi bilan u o`zini-o`zi mustahkamlashib tamoyiliga ega bo’ladi. U o`zini-o`zi yuqori baholashiga ham, o’zini past baholashga ham taalluqlidir.
Odamning o`zini-o`zi baholash darajasi u hammaning o’rtasida bildiradigan fikr bilan ham, u samimiy ravishda o’zi haqida nimani o’ylashi bilan ham belgilanmaydi, balki muntazam ravishda o’ziga nisbatan qanday harakat qilishi bilan belgilanadi.
Bolada o`smirlik yillarida o`zini tarbiyalashga, o`zining hayotidagi o`rnini va tevarak–atrofidagilar bilan munosabatlar sub'ekti sifatida o`zini anglab yetishga intilish kuchayadi. O`zini anglashning yuzaga chiqa boshlashi ana shu bilan bog`liqdir. Katta yoshdagi o`quvchilarda o`z xususiy “Men” obrazi qat'iy shakllanadi. “Men” obrazi–individning o`zi haqidagi nisbatan barqaror, ozmi–ko`pmi darajada anglanilmagan, betakror deb his qilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshqalar bilan o`zaro birgalikda harakat qilishda ana shunga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: |