«Men» konsepsiyasining obrazi – individning o‘zi haqidagi nisbatan barqaror ko‘proq yoki ozroq darajada anglanilmagan, betakror deb his qilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshqalar bilan o‘zaro hamkorlikda harakat qilishda ana shunga asoslanadi. O‘ziga o‘zi baho berish shaxsning o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga,boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o‘rniga baho berishidir. O‘ziga o‘zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to‘g‘rilanib, tartibga solib turiladi.Shaxsning o‘ziga o‘zi beradigan bahoning birmuncha oshirilib yuborilishi kutilgan baho ko‘rsatkichlarining kamayishi bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘ziga o‘zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o‘ziga o‘zi beradigan bahoning individ o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari darajasida namoyon bo‘ladigan kutilgan darajasidir.
Amerikalik psixolog U.Jeyms o‘zining psixologik nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs «Men» obrazining eng muhim tarkibiy qismi o‘zini hurmat qilishi haqiqatan ham erishgan yutuqlarining kishi da’vogarlik qilgan, mo‘ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to‘g‘ri fikr bildirgan edi. U surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishlarini ifoda etadigan formulani: muvaffaqiyat O‘zini hurmat qilish intilishlarni taklif etgan edi. Ma’lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o‘zini xurmat qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko‘p kuch va g‘ayrat sarflashi va o‘zini xurmat qilishini saqlab qolishi shart bo‘lib, bu ko‘pincha murakkab vazifa hisoblansa, boshqa bir yo‘li intilishlarining darajasini pasaytirishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erishganda ham o‘zini hurmat qilish hissi yo‘qolmaydi.
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish hollaridan iborat emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» obrazining mavjud bo‘lishiga xavf tug‘diradigan his-tuyg‘ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va mumkin bo‘lgan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo‘llaydigan alohida yo‘naltiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga yaqin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining yetakchisi Z.Freyd ishlab chiqqan edi.U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan shahvoniy hirsi) ongli «Menning muhofaza mexanizmlari», shaxsning «ichki senzurasi» bilan to‘qnashib qoladi va buning natijasida turli o‘zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto‘g‘ri talqin etilishiga yo‘l qo‘ygan edi. Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o‘z maqsadiga erishish yo‘lidagi g‘ovlarni bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga tushgan paytda ro‘y beradigan tajovuzkorlikdan iboratdir.Hayot uslubini ishlab chiqishda boshlang’ich nuqta odamning o’zi haqidagi tasavvurlari ekan, o’zini anglashning individual variativligini ko’rib chiqish darkor.
Insonni o’zi haqidagi tasavvurlari, g’oyalari, baholari va xulq-atvor tendensiyalari yig’indisi “Men” konsepsiyasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, “Men” konsepsiyasi subyektni o’zi haqidagi eng umumiy ustanovkalari tizimidir. “Men” konsepsiyasi odamni turli sohalarda muvaffaqiyatini va zaif tomonlarini belgilaydi va 3 ta rolni bajaradi.
Birinchidan – shaxsning ichki o’zaro roziligiga erishishga turtki beradi; Ikkinchidan – odamni tajribasini izohlaydi;
Uchincidan – kutishni manbasi bo’ladi.
“Men” konsepsiyasi hamma shaxsiy va xarakterli jarayonlarni muvofiqlashtiruvchisi bo’lib aks etadi. “Men” konsepsiyasi o’zini kelib chiqishiga ko’ra asosan fenotipli havotirni irsiy darajasi va nerv tizimi xususiyatlari bilan mustaxkamlanadigan birlashma. Uni U.Djeyms orginal formulasi bo’yicha hisoblash mumkin. Yoshlikda o’z-o’zini baholash tashqi baholar ta’sirida shakllanadi, bu esa keyinchalik interiorizatsiyalanib o’ziga nisbatan munosabatga aylanadi.
Bir qator tadqiqotlarda ko’rsatilgandek, yosh jinoyatchilarda hamda “qiyin” o’smirlar bilan shug’ullanuvchi jmoat tashkilotlari e’tiboriga tushganlarda “Men” konsepsiyasi salbiydir. Ushbu yo’nalishdagi ishlarda ko’rsatilganidek, yomon “Men” konsepsiyasi (o’ziga ishonchning zaifligi, rad javobi eshitishdan qo’rqish, o’z-o’ziga baho berishning pasligi) shakllangach, fe’l-atvorning buzilishiga olib keladi.Bunda salbiy “Men” konsepsiyasining quydagi ta’sirlari ajratib ko’rsatiladi. (X.Remshmidt):
O’z-o’ziga bo’lgan hurmatning pasayishi va ko’pincha buning oqibatida ijtimoiy tanazzul, agressivlik va jinoyatchilik.
Qiyin vaziyatlarda konformistik reaksiyalar stimulyatsiyasi bo’lib, bunday yosh odamlar guruhlarning ta’siriga juda tez tushadi va jinoiy hatti-xarakatlarga kirishib ketadi.
Idrokdagi chuqur o’zgarishlar o’zini salbiy baholaydigan yosh insonlar yaxshi ishlar bajarayotganini bazo’r idrok etadi, chunki o’zini bunday ishlarga qodir emasdeb hisoblaydi.
Umuman olganda, qayd etib o’tish kerakki, zamonaviy psixologiyada o’smir qonunbuzarning o’ziga past yoki yuqori baho berish haqidagi ma’lumotlarda ma’lum qarama-qarshiliklar ko’zga tashlanadi. Bunday ziddiyat paydo bo’lganda, fanda boshqacha konsepsiya, tavsifiy kuchga ega va ziddiyatlarni hal qiluvchi uchinchi yondashuvni ishlab chiqishga bo’lgan ehtiyoj dolzarblashadi.
Taxmin qilish mumkinki, o’smir qonunbuzarlarning o’z-o’ziga baho berish muammosida eng asosiy narsa yuqorilik yoki pastlik emas, balki ularning o’z bahosi sotsiumning bahosi bilan qarama-qarshiligi, tashqi bahoga (ota-onalar, pedagoglar,sinf) mos emasligidir. Bu jihatdan baho xar doim shaxsiy bahodan pastroqdir (agar u tog’ri bo’lsa ham).O’smirning delinkventlikka, asotsial fe’liga turtki mana shunda ko’rinadi. Hurmatga tan olinishga ehtiyoj shaxsining eng muhim ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Ayrim shaxs konsepsiyalarda u asos, fundamental ehtiyojlarga kiritiladi (masalan: A.Maslouda). Bu ehtiyojning amalga oshishining tuzilishiga umumiy adaptatsion sindrom konsepsiyasi muallifi G.Sele tomonidan muhim omil, distress sifatida qaraladi. Shu bilan bog’liq ravishda u qayd etib o’tadiki, inson tan olinishiga ehtiyojmand, u doimiy dakkilarni ko’tara olmaydi, chunki bu mehnatini boshqa stresslarga nisbatan og’ir va mashaqqatli qilishadi. Shubhasiz, yuqorida aytilganlarning bari nafaqat o’smirlarga, balki kattalarga ham to’g’ri keladi, ammo o’smirlik yoshi bilan bog’liq o’zlik inqirozi va uning og’ir kechishini e’tiborga olsak, o’smirlarga ko’proq xos.
O’smirning shaxsiy bahosi sotsiumda asos topmagan vaziyatda, boshqalar unga doimiy past baho berganda, fundamental ehtiyojlardan biri bo’lmish hurmatga bo’lgan ehtiyoj doimiy to’sqinlikka uchrasa, shaxsiy discomfort hissi keskin kuchayadi. Shaxs doimiy ravishda o’tkir discomfort va distress holatida bo’la olmaydi, o’smir vujudga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini qidiradi. Uning o’z-o’ziga bergan bahosi ijtimoiy makonda o’z tasdig’ini topishi kerak. Ushbu muammoni yechishning keng tarqalgan usullaridan biri o’smirning atrofidagilarning bahosi shaxsiy bahoga mos keladigan va xatto undan oshadigan guruhga o’tishidir. Lekin tashqi va ichki baho o’rtasidagi ziddiyatni xal qilishning tasvirlangan usuli salbiy oqibatlarga olib kelmasligi ham mumkin. Bu o’smir normative qadriyatlar shkalasiga yo’naltirilgan noformal guruhga kirgan holatda ro’y beradi.
Mohiyatan, bunday urinishlar boshidanoq muvaffaqiyatsizlikka mahkum, chunki ular ortida shaxs uchun salbiy psixologik oqibat yotadi-o’smirni yana ijtimoiy tayanchdan mahrum qilishmoqchi, uni inkor qiluvchi (yoki uning o’zi inkor qiluvchi) guruhga kiritishmoqchi. Ushbu psixologik qarama-qarshilikni yechishni bitta effektiv yo’li bor. O’smirni shunchaki bitta guruhdan chiqarib olishga harakat qilmaslik kerak, balki unga ushbu asotsial guruh o’rniga boshqasini-prosotsial orentatsiyaga ega bo’lganini ko’rsatish kerak. Ushbu yangi guruh o’smirlarning shaxsiy bahosiga adekvat baho berish, va o’smir unda shaxsga nisbatan ijtimoiy baho sifatidagi adekvat ijtimoiy tayanch topishi kerakligini eslatib o’tish shart emas.
Yuqorida ko’rib chiqilgan yondoshuv nega o’smir biror asotsial guruhda juda past daraja egallasa ham, unga maxkam bog’langanligi kabi parodaksal faktlarni ham tushuntirib beradi.Bunday holatlarda, darhaqiqat, shaxsning ushbu guruhga o’tishi shaxsning bahosi o’sishiga olib kelmaydi.Lekin bunday holatda asotsial guruhga tegishlilik o’z bahosining tashqi tasdig’ini guruhga kirmagan o’smirlar hisobidan qidirishiga yordam beradi. Quyidagi modelini ishlaydi: guruh ichida – “itning keying oyog’i”, lekin chetdagi o’smirlar uchun “avtoritet”. Ayrim variantlarda bunday qoniqishga agressiya ko’rsatish, guruhga a’zo bo’lmagan o’smirlarni kamsitish va bo’ysundirish yo’li bilan erishish mumkin.