Kirish 1-bob. O`Smirlik davrida “men” obrazi xususiyatlari muammosining psixolog olimlar tomonidan o`rganilishi



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə3/12
tarix24.10.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#161049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-MEN SIYMOSI

Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
O’rganilgan adabiyotlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida to’plangan ma`lumotlar o`smirlik davrida “Men” obrazi xususiyatlarining namoyon bo‘lishini o’rganish orqali ularning ijtimoiy muhitda faoliyat olib borishlariga yordam beradi.
- O`smirlik davrida “Men” obrazi xususiyatlari namoyon bo‘lishini o’rganish orqali ularning ijtimoiy muhitdagi faoliyatiga ta`siri o`rganildi hamda uni rivojlantirish yo`l va vositalari belgilandi;
Shuningdek, to’plangan ma`lumotlardan pedagog-psixologlar, o`qituvchilar, sinf rahbarlari va ota-onalar faoliyatlarida keng doirada qo’llash imkoniyatini beradi.
Kurs ishining tuzilishi: 2 bob, 1-bobda 3 paragraf, 2- bobda 2 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda taqdimot uchun ilovalardan iborat.


1-BOB. O`SMIRLIK DAVRIDA “MEN” OBRAZI XUSUSIYATLARI MUAMMOSINING PSIXOLOG OLIMLAR TOMONIDAN O`RGANILISHI

    1. Men” konsepsiyasi – “Men” obrazi haqidagi nazariyalarining rivojlanishini o`rganish;

“Men” konsepsiyasi – bir butun hosila va uning barcha tarkibiy qismlari mustaqil mantiqiga ega bo’lsa ham, o’zaro chambarchas bog’liqdir. Bu konsepsiya seziladigan va sezilmaydigan jihatlardan iborat va o’zi haqida taqdimotlari, ularning murakkabligi va xilma-xilligi, shaxs uchun ularninng subyektiv ahamiyati, shuningdek, ichki yaxlitli va izchillik, uyg’unlik, vaqtga bardoshliligi nuqtaiy nazardan ta’riflanadi.


Men” konsepsiyasi”(inglizcha self-concept) – insonning o’zi haqidagi tasavvurlarining rivojlanib boruvchi tizimi, uning tarkibiga: a) o’zining jismoniy, intelektual, xarakterologik, ijtimoiy va boshqa xususiyatlarini idrok qilish; b) o’z-o’ziga baho berish; v) shaxsiyatga tasir o’tkazuvchi tashqi omillarni subyektiv idrok etishkiradi. “Men” konsepsiyasi tushunchasi 1950- yillarda fenomenologik, gumanistik psixologiya yo’nalishlari ichida paydo bo’lgan. (A.Maslou, K.Rodjers), bixeviorist va freydistlarga ko’ra, insonning “Men”i uning axloq va rivojlanishning asosiy omili sifatida umumiy ko’rib chiqishiga intilishgan. “Men” konsepsiyasi shakllanishiga simvolik interaksionizm (Ch.Kuli, D.Mid) va identifikatsiyalash konsepsiyasi (E.Erikson) muhim ta’sir ko’rsatgan. Biroq birinchi nazariy ishlanmalar shu yo’lda U.Djeyms tomonidan olib borilgan. U birinchi bo’lib, shaxsning global “Men” ni (Self) o’zaro bog’langan “Men-yaratuvchi” (I) va “Men-obyekt”ga (Me) bo’lgan.
“Men” konsepsiyasini ko’pincha yo’naltirilgan tushunchalar sifatida aniqlanadi, uning ichida uchta tarkibiy qisimlarni ajratadi;

  1. Kongnitiv qism – “Men” qiyofam (ingl. Self-image), o’z ichiga shaxsning o’zi haqida taassurotni qamrab oladi;

  2. Emotsional-qadriyatlar (affektiv) –o’ziga shaxs sifatida, o’z faoliyatiga bo’lgan munosabati. Bu tarkibiy qism, boshqacha aytganda, o’z-o’ziga baho berish tizimini ichiga o’zini baholash tizimi (angl. self-esteem) kiradi;

  3. Axloqiy fe’l-atvor qism, bu kognitiv va baholash qismlarining fe’l-atvorida namoyon bo’lishini xarakterlaydi. Masalan: nutqda, o’zi haqidagi fikrlarda o’zini anglab ko’rsatadi.

Adabiyotlarda “Men” konsepsiyasini yagona tafsifi haligacha mavjud emas. Masalan, R.Berne “Men” konsepsiyasini ierarxiyaga asosalngan tuzilma ko’rinishida taqdim etadi. Uning cho’qqisi global “Men” konsepsiyasi shaxsning o’zi haqida tushunchalarini kiritadi. Bu tushunchalar har xil turlariga xos:
1. Real “Men” (“Men kimman”);
2. Ideal “Men”(“Meni kim bo’lishni istayman - intilaman).
3. Oynali “Men” (“Meni qanday baholashadi).
Bularning har bir turi bir qator jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi- jismoniy “Men”, ijtimoiy “Men”, aqliy “Men”, emotsional “Men” bo’ladi, shaxsning rivojlanishi nufuzli manba sifatida xizmat qiladi, biroq ular orasidagi jiddiy ziddiyatlar shaxsning ichki mojarolar va negativ qayg’urishlar manbasiga aylanishi mumkin.
Shaxsning faoliyatiga ko’ra - organizm, ijtimoiy individ yoki shaxs darajasida namoyon bo’lishiga qarab, “Men” konsepsiyasining uchta bosqichi ajratiladi:
1) ”organizm-muhit” darajasi - jismoniy “Men” obraz, (tana sxemasi) organizmning jismoniy samaradorlikga bo’lgan ehtiyoji;
2) “ijtimoiy individ” darajasida – ijtimoy o’zlikni, jins, yosh, etnik fuqarolik, ijtimoiy rol bular shaxsning jamiytga a’zo bo’lishi ehtiyoji bilan bog’langan.
3) ”Shaxs” darajasida - “Men”ning farqlanuvchi obrazi, o’zi haqidagi fikrlarni aniqlash ehtiyojini ta’minlaydigan, boshqa shaxslar bilan solishtirganda o’zi haqida ta’riflovchi fikrlarini va o’zining noyoblik hissini beruvchi, o’zini ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojni ta’minlovchi daraja.
Oxirgi ikki bosqich “Men” konsepsiyasini ikki tarkibiy qismi sifatida ham ta’riflanadi. (V.V.Stolin): 1) “Qo’shiladigan”, individni boshqa shaxslar bilan birlashishni ta’minlaydi; 2) “farqlovchi”, uning boshqalardan ajralib turishga yordam beradi va o’zining shaxsiy noyoblik hissi uchun zamin yaratadi. Shu bilan birga, dinamik “Men” (Men o’z fikrimcha, qanday o’zgaryapman, qanday bo’lishga intilayapma), tashqi ”Men” (“men – niqob”, ”men o’zimni boshqalarga qanday ko’rsataman”), fantastik “Men” (“Men”ning xronologik uchtaligi – “Men o’tmish”, “Men bugun”, “Men kelajak”).”Men konsepsiyasining eng muhim vazifasi – shaxsning ichki xususiyatlari o’zaro ta’minlash va yo’lga qo’yish. ”Men”konsepsiyasi shaxsning hayotiy tajribasi shakllanadi, avvalo ota-ona va bola munosabati. Biroq u bolalik davridan boshlab aktiv faoliyat ko’rsatadi. Ushbu tajribani to’g’ri o’rganishga, shaxs o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga, kutilayotgan natijalar tizimi, ularning baholanishiga va shu bilan birga shaxsning rivojlanishiga, uning faoliyatiga va axloqiga ta’sir ko’rsatadi. “Men” konsepsiyasi va o’zini-o’zi anglash o’rtasida o’zaro nisbati haligacha aniqlanmagan. Ko’p jihatlarda ular ma’nodosh (sinonim) sifatida ishlatiladi.Shu bilan birga, “Men” konsepsiyasini o’zini anglash jarayonining natijasi sifatida qarashlar ham mavjud. (A.M.Prixojan)
“Men” konsepsiyasi – bu insonning o’zi haqida umumlashtirilgan tasavvuri, shaxsning o’ziga nisbatan tartib tizimi, yoki psixologlar aytgandek, “Men” konsepsiyasi o’zi haqidagi nazariyasi. “Men” konsepsiyasining shakllanishi, rivojlanishi va o’zgarishi ichki va tashqi tartib omillari bilan bog’liq. Ijtimoiy muhit oila,maktab hisoblanib, “Men” konsepsiyasining ijtimoiylashuv jarayonida shakllanishiga ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir nafaqat shaxsning ijtimoiylashuvining boshlang’ich bosqichida, balki oila bolaningyagona yoki mutlaq kuchli ijtimoiy muhiti bo’lgan paytida, shu bilan birga keyinchalik ham uning hayotida o’z ahamiyatini yo`qotmaydi. Yosh o’tishi bilan “Men” konsepsiyasining rivojlanishida ijtimoiy tajribaning, shaxs kirgan ko’p sonli formal va noformal guruhlarining ahamiyati kuchayib boradi.
Eng umumiy ko’rinishda psixologiyada “Men” konsepsiyasining ikki shaklini ajratib ko’rsatish qabul qilingan – real va ideal.
“Real” tushunchasi umuman bu konsepsiyaning haqiqatdan realligini nazarda tutmaydi. Bu yerda eng asosiy shaxsning o’zi haqidagi tasavvuri, “Qanday bo’lsam shundayligimcha”.Ideal “Men” konsepsiyasi esa (Ideal “Men”) bu shaxsning o’zi haqidagi o’zi istagidagi tasavvuri (Qanday bo’lishni istayman).
Albatta, real va ideal “Men” konsepsiyalari nafaqat mos kelishi mumkin, balki ko’pchilik holatlarda keskin farqlanadi ham. Real va ideal “Men” konsepsiyalari o’rtasidagi tafovut turli salbiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bir tomondan, real va ideal “Men” o’rtasidagi ziddiyat jiddiy ichki shaxsiy ixtilofga sabab bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan, real va ideal “Men” konsepsiyasining o’zaro mos kelmasligi shaxsning o’z-o’zini takomillashtiruvi, rivojlanishiga intilish manb’asi hisoblanadi. Aytish mumkinki, ko’p narsa ushbu kelishmovchilikning darajasi, shunungdek, uning shaxs tomonidan interpretatsiya qilinishi bilan belgilanadi. Har qanday vaziyatda, real “Men” va ideal “Men” ning to’la mos kelishining kutish, ayniqsa o’smirlik va o’spirinlik yoshida, asossiz xomxayoldir. Mohiyatdan o’z-o’ziga baxo berishning ayrim metodikalari real va ideal “Men” konsepsiyalarining ko’pchilik holatlarida mos kelmasligi (statistic norma) haqidagi tushunchalar asosiga qurilgan.
“Men” konsepsiyasi insonning o’zi haqidagi tavsifiy tasavvurlaridan iborat bo’ladi. Ammo, shu bilan birga “Men” konsepsiyasining u yoki bu qismi salbiy yoki ijobiy buyruqlarga ega bo’lishi mumkin. O’z-o’ziga baho berish tushunchasi,aksincha, inson o’ziga, o’z qobiliyatiga qanday baho berishi bilan bevosita bog’liqdir.

Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin