Kirish 1-bob. O`Smirlik davrida “men” obrazi xususiyatlari muammosining psixolog olimlar tomonidan o`rganilishi



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə2/12
tarix24.10.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#161049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-MEN SIYMOSI

Tadqiqotning maqsadi: O`smirlik davrida “Men” obrazining psixologik xususiyatlarini o’rganish orqali psixologik-pedagogik muammolarga yechim topishdan iborat.
Tadqiqot predmeti: O`smirlik davrida “Men” obrazining psixologik xususiyatlarining namoyon bo`lishi muammolari
Tadqiqot obekti: O`smirlik davrida “Men” obrazining psixologik xususiyatlarining namoyon bo‘lish jarayoni belgilab olindi
Tadqiqotning vazifalari quyidagicha belgilab olindi:

  • muammoning yechimiga ilmiy yondoshish;

  • o’rganilayotgan muammoning ijtimoiy hayot va ta’lim jarayonidagi holatini organish, taxlil qilish hamda ularni umumlashtirish;

  • O`smirlik davrida “Men” obrazining namoyon bo‘lishidagi psixologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar to’plash va ijtimoiy muhit faoliyatidagi ta’sirini o’rganish;

  • O`smirlik davrida “Men” obrazining psixologik xususiyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash;

  • O`smir yoshidagi bolalar tarbiyalanuvchi barcha ta’lim muassasalari pedagog-xodimlari, ota- onalar uchun muammoni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqotning maqsadi va masalalariga mos ravishda quyidagi metod va metodikalardan foydalanildi:
Tadqiqot davomida bir-birini to`ldiradigan va nazorat qiladigan metodlar majmui qo`llandi, nazariy - psixologik, psixologik-pedagogik, metodologik ilmiy adabiyotlar tahlili; sotsiologik - o’qituvchilar, o`smir yoshidagi o’quvchilardan so’rovnoma o’tkazish, kuzatish; analitik - erishilgan natijalarni sifat miqdor nuqtai - nazaridan taxlil etish;
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: O`smirlik davrida “Men” obrazi xususiyatlarining namoyon bo‘lishini o’rganish orqali ularning ijtimoiy muhitdagi faoliyatiga ta`sirini oshirishning samarali vosita va usullarini ochib beriladi. O`smir yoshidagi maktab o`quvchilarida o`zini-o`zi anglash, “Men” obrazi xususiyatlarini o’rganish orqali uni aniqlash va korrektsiya qilish uchun tajriba-sinov ishlari tavsiya etib, ularni natijalari bilan asosladik.

Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin