Kirish 1-bob. O`Smirlik davrida “men” obrazi xususiyatlari muammosining psixolog olimlar tomonidan o`rganilishi


O`smirlik davrida “Men” obrazi xususiyatlarini aniqlash hamda rivojlanish omillarini eksperimental o’rganish



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə8/12
tarix24.10.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#161049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-MEN SIYMOSI

2.1. O`smirlik davrida “Men” obrazi xususiyatlarini aniqlash hamda rivojlanish omillarini eksperimental o’rganish.
O‘smirlik davridagi “Men” obrazi xususiyatlarini aniqlash uchun psixolog olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, metodikalar ishlab chiqilgan. Bunday tadqiqot ishlarini individual hamda guruhiy tarzda o‘tkazish mumkin.Tadqiqot strategiyasi uning asosiy maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilab olinadi. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, muayyan vazifalalar ilgari suriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun F. Xonne, Dembo - Rubinshteyn hamda T. Liri metodikalarini qo‘llash mumkin.
Bu metodikalar haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Dembo - Rubinshteyn metodikasi psixologik adabiyotlarda ma’lum metodika hisoblanadi. Metodikaning asosini tekshiriluvchiga o’z o’zini baholash uchun taklif qilinadigan shaxs xislatlarini shakllantirish tashkil etadi. Tekshiriluvchilarga tez tez qo’llaniladigan sifatlar bo’yicha o’zlarini baholash taklif qilinadi. Bu sifatlar quydagicha:
Salomatlik
Aql
Xarakter
Baxt
O’zini umumiy baholash
Kelajak
Tekshiriluvchilarga ketma ket namoyish qilinadigan, to’g’ri vertikal chiziq chizilgan (12 sm) blank va quydagicha ko’rsatma beriladi: “o’z o’zini baholashda 3 hil pozitsiya + mavjud(real), istalgan (ideal) va haqiqatdan erishiladigan pozitsiyani belgilang”.
Muayyan vaqt o’tgach ya’ni 14 kundan so’ng o’z o’zini baholash barqarorligi takror metodikani o’tkazib turish orqali aniqlanadi. Natijalarning adekvatligi exspert baholar orqali o’rnatiladi.
O’z o’zini baholashda uni tuzish mohiyatini aniqlash uchun F.Xonne metodikasi ham(1930) keng qo’llaniladi.
O‘smirlarda “Men” obrazining xususiyatlarini aniqlashda Dembo Rubinshteyn metodikasi bilan bir qatorda P. Honnening metodikasini ham qo‘llash mumkin. Ushbu metodikaning mazmuni shundan iboratki, tekshiriluvchiga 1 dan 12 gacha murakkablik darajasi ortib boruvchi topshiriqlar taklif etiladi. Bunda 2 turdagi kartochkalardan foydalaniladi. Kartochkalar stol ustiga teskarisi qilib, joylashtiriladi. Topshiriqlarning murakkablik darajasi quydagicha bo‘ladi:
1-5 topshiriqlar - eng yengil;
6-8 topshiriqlar - o’rtacha murakkablikdagi;
9-12 topshiriqlar - ancha murakkab topshiriqlar hisoblanadi;
Tekshiriluvchi 2 ta to’plamdan xohlagan kartochkani tanlashi va undagi topshiriqlarni bajarishi zarur. Har bir topshiriq uchun muayyan vaqt ajratiladi.
8 ta tanlovga ruhsat beriladi va ular grafikda qayd qilinadi.
O’z o’zini baholashning asosiy ko’rsatgichlari bo’lib, topshiriqlarni tanlash dinamikasi hamda baholash vaziyatida turli murakkablikka ega bo’gan topshiriqlarni yechishdagi muofaqqiyat yoki muofaqqiyatsizlikdagi tekshiriluvhi reaksiyasi xizmat qiladi.
F. Xonnening talabchanlik darajasini o’rganish metodikasi asosini Ravenning 12 vazifadan iborat progressiv matritsalari (S va D seriyalar) tashkil etadi. Topshiriqlar tartib bo’yicha 1 dan 12 ga qadar murakkablik darajasinining ortib borishiga muvofiq joylashtirilgan. Bunda tekshiriluvchilarga vazifaning murakkablik darajasini mustaqil tarzda tanlash imkoniyati beriladi. Har bir topshiriqning bajarilishi uchun muayyan vaqt ajratiladi. Tanlashlar bayonnomada qayd qilib boriladi. Shuningdek, bayonnomada topshiriqlarning tog’ri bajarilishi tekshiriluvchining hulq-atvor xarakteri va nutqiy ifodalari ham ta’kidlab boriladi.
Progressiv matritsalar original hajmi 7,5 x 11,5 sm ni tashkil etadi. Topshiriq intelekt testi yoki maxsus perseptiv qobiliyatlar testi sifatida taklif etiladi.
Topshiriqlarni namoyon qilish vaqti quyidagi standartdan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Testni to’liq o’tkazish uchun odatda 20-25 minut vaqt sarflanadi. Testning S va D seriyalari to’liq mos kelmasligi sababli bu vaqt 1-4 topshiriqlar uchun 3-5 sekund, 5-8 topshiriqlar uchun 6-10 sek. 9-12 topshiriqlar uchun 11-15 sek oralig’ida bo’lishi mumkin.
Topshiriqlarni namoyish vaqti taxminiy bo’lib, tadqiqot maqsadlari eksperimentning borishi, tekshiriluvchilar kontingenti hususiyatlaridan kelib chiqib bu vaqt o’zgartirilishi mumkin. Olingan natijalar matematik jihatdan qayta ishlanib, o’rtacha arifmetik qiymat hisoblanib grafiklarda ifodalanadi.
O‘smirning ijtimoiy voqelikdagi o‘z-o‘zini qidirish, shaxsiy xususiyatlarni aniqlash jarayoni ko‘p hollarda ichki nizolarni keltirib chiqaradi. Bolaligi nihoyasiga etgan-u, hali katta bo‘lmagan inson - o‘smir uchun o‘zining yangi «Meni» obrazini qidirish ancha og‘riqli va davomiy kechadi. Ularga e’tibor bermaslikka urinish o‘smirning atrofdagilar bilan munosabatlariga buzilishiga olib kelmaydi.


Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin