*Kirish *Asosiy qisim: Boshqaruv hisobi” fanining predmeti va usullari, uning nazariy asoslari


Qo’shimcha mahsulotga xarajatlarni chiqarib tashlash usuli



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə21/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#119588
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
XARAJATLARNI TURKUMLASH VA ULARNING HISOBI

Qo’shimcha mahsulotga xarajatlarni chiqarib tashlash usuli shundan iboratki, bunda ishlab chiqarishdan olinadigan mahsulotlar asosiy, qo’shimcha va yondoshlarga bo’linadi. Asosiy mahsulot tannarxini aniqlash uchun qo’shimcha mahsulotlar va chiqindilar oldindan belgilangan baholar bo’yicha umumiy xarajatlardan chiqarib tashlanadi.
Xarajatlarni mutanosib taqsimlash usuli mahsulotlarning bir necha turini bir vaqtning o’zida ishlab chiqarish sharti bilan ular tannarxini kalkulyatsiya qilish uchun qo’llaniladi. Ushbu usul asosan aralash mahsulotlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Bunda xarajatlar hisobi ishlab chiqariladigan mahsulotlar guruhi bo’yicha tashkil etiladi, guruhlar ichidagi xarajatlar esa iqdisodiy jihatdan asoslangan, ba’zida mutanosib ravishda mahsulotlarning alohida turlariga taqsimlanadi.
Kalkulyatsiya qilishning aralash usuli yuqorida sanab o’tilgan usullarning har birini alohida qo’llash imkoni bo’lmasa yoki mahsulot tannarxini asosli hisobga olish ta’minlansa, ularning bir nechtasini o’zapo birikuvini ifodalaydi.


"Standart-kost" tizimi bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil etish

Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o’rtasida iqtisodiy raqobatbardoshlik muhitining shakllanishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini hisoblashning ilg’or tizimlaridan foydalanish zaruriyatini tug’diradi.


Xorijiy mamlakatlarda buxgalteriya hisobini yuritishning zamonaviy sharoitida strategik va taktik xususiyatiga ega bo’lgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni korxonaning xarajatlari va moliyaviy natijalari haqidagi axborotga tayanadi. Bu vazifani bajarishda “Standart-kost” hisob tizimi korxona xarajatlarini boshqarishda samarali qurollardan biri hisoblanadi. Uning asosida belgilangan me’yorlar doirasida hamda ulardan chetlanishlar bo’yicha hisob yuritish va nazorat qilish tamoyillari yotadi.
"Standart-kost" atamasi ikki so’zdan tashkil topgan: "standart" - mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zaruriy bo’lgan moliyaviy, moddiy va mehnat xarajatlari uchun oldindan hisoblab qo’yilgan xarajatlarni normativini anglatsa, "kost" so’zi esa mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni bildiradi. Shunday qilib, "Standart-kost" so’zi to’liq ma’nosida standart xarajatlarni anglatadi.
Standartlar – eng avvalo, ishlab chiqarishning bevosita xarajatlaridan foydalanish ustidan nazoratni o’rnatishga qaratilgan va bir-biriga bog’liq, smetalar esa taqsimlanadigan xarajatlar nazorati uchun mo’ljallangan.
"Standart-kost" tizimi - bu xarajatlar hisobi va tannarxni aniqlash tizimi bo’lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi avvaldan puxta, obdon hisoblab chiqilgan normativ xarajatlar yordamida baholanadi, keyin esa haqiqiy qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi. Normativ va haqiqiy xarajatlar o’rtasidagi farq chetlanish deb ataladi. Xarajatlarni samarali boshqarishning muhim vositalaridan biri chetlanishlar tahlili deb yuritiladi.
«Standart-kost» tizimining tarkibi moddalar bo’yicha xarajatlarning quyidagi dastlabki (ishlab chiqarish jarayoni boshlanguncha) normalaridan tashkil topadi:
– asosiy materiallar;
– asosiy ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilarning mehnat haqi;
– ishlab chiqarishdagi taqsimlanadigan xarajatlar (yordamchi ishlab chiqarishdagi xodimlar ish haqi, yordamchi materiallar, ijara haqi, jihozlar amortizatsiyasi va h.k.);
– sotish xarajatlari (mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlar).
«Standart-kost» hisob tizimi bo’yicha foyda quyidagi tartibda aniqlanadi:
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi daromad;
2. Mahsulotning standart tannarxi;
3. Yalpi foyda (1q - 2q);
4. Standartlardan chetlanishlar;
5. Foyda (3q - 4q).
Standartlar va normalar yordamida hisoblab chiqilgan kalkulyatsiyalar ishlab chiqarish va xarajatlarni tezkor boshqarish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Xarajatlarning belgilangan standart normalaridan chetlanish darajasi mazkur chetlanishlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun tahlil qilinadi. Bu esa ma’muriyatga ishlab chiqarishdagi kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga, kelajakda ham ularning oldini olishga imkon yaratadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, «Standart-kost» tizimi xorij amaliyotida normativ hujjatlar bilan belgilab qo’yilmagan, shu sababli bu tizim standartlarni belgilashni va hisob qaydnomalarini yurgizishning yagona usuliga ega emas, natijada birgina korxona ichida ham bazisli, joriy, mutlaq, taxminiy va engillashtirilgan kabi turli normalar amal qiladi.
Normalarni belgilashda mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo, ishchi kuchi va xizmatlar xarajatini tabiiy holda ifoda etishga imkon beruvchi miqdoriy standartlardan keng foydalaniladi.
Taqsimlanadigan xarajatlar. Taqsimlanadigan xarajatlar nazorati uchun mahsulotning taxminiy hajmidan kelib chiqib ma’lum davr uchun stavkalar belgilanadi. Taqsimlanadigan xarajatlar smetalari doimiy tavsifga ega, biroq ishlab chiqarish hajmining o’zgarishida taqsimlanadigan xarajatlar nazorati uchun o’zgaruvchan standartlar va sirpanchiq smetalar tuziladi.
Taqsimlanadigan xarajatlarning sirpanchiq smetalari mahsulot ishlab chiqarish miqdoriga bog’liq ravishda doimiy, o’zgaruvchan va yarim o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linadi. So’ngilari o’z navbatida, doimiy va o’zgaruvchan tarkibiy unsurlarga bo’lib chiqiladi. Bunday usulda taqsimlanadigan xarajatlarning smeta stavkasi (normasi) mahsulot ishlab chiqarish va doimiy xarajatlar birligiga oldindan belgilangan normalar ulushining o’zgaruvchan qismi sifatida aniqlanadi.
Mahsulotning standart tannarxini aniqlash uchun xomashyoning normativ xarajatlari, ishchi kuchi va taqsimlanadigan xarajatlar umumlashtiriladi.
«Standart-kost» hisob tizimidan foydalanadigan korxonalar odatda, quyidagi xarajat moddalari bo’yicha hisobni 13.3-jadvalda ko’rsatilgani kabi tashkil etadi:
– xomashyo xarajati bo’yicha chetlanishlar;
– mehnat haqi bo’yicha chetlanishlar;
– umumishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha chetlanishlar;
– davr xarajatlari bo’yicha chetlanishlar.
Zarurat tug’ilganda (masalan, javobgarlik markazlari bo’yicha bo’linmalarda chetlanishlarni aks ettirishda) bu xarajat moddalarining har biri bo’yicha analitik hisobvaraqlar ochilishi mumkin.
«Standart-kost» tizimidagi asosiy talab – bu xarajatlarning belgilangan normalaridan chetlanishlari ustidan nazorat bo’lib, u xarajatlar standartlarini takomillashtirishga imkon beradi. Agar bunday nazorat qo’llanilmasa, u holda «Standart-kost» tizimining qo’llanishi shartli bo’lib qoladi va ijobiy natija bermaydi.
"Standart-kost" hisob tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
– "Standart-kost" tizimi xarajatlarni operativ boshqarishga ko’maklashadi. Chetlanishlarni o’rganishda e’tibor reja va normativlar mos kelmaydigan ob’ektlarga qaratiladi. "Standart-kost" tizimida chetlanishlar boshqa tizimlardan ko’ra tezkor va ancha aniq hisoblanadi;

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin