Ro‘yhatga olish vaqti bo‘yicha (mavsumiy hodisalar sababli vujudga keladi. Masalan, yilning fasillari bo‘yicha elektr energiyasini iste’moli turlichadir, vа ularni faqat ma’lum sanalarni hisobga оlgan holda mos ravishda solishtirish mumkin)
Xudud bo‘yicha (xududlarning chegarasi o‘zgarishi natijasida vujudga keladi va boshqa sabablar)
Qiymat bo‘yicha (bahoni o‘zgarishi oqibatida)
Vaqtli qator darajalarini solishtirib bo‘lmaslik sabablari
2-rasm. Vaqtli qator darajalarini solishtirib bo‘lmaslik sabablari Vaqtli qatorning umumiy tashkil etuvchi komponentalari:
y u yoki y u * *
bu yerda
u –qatorning umumiy tendentsiyasini xarakterlovchi, doimiy (asosiy) komponenta;
–mavsumiy komponenta (yil ichidagi tebranishlar) umumiy ko‘rinishda - tsiklik tashkil etuvchi;
–tasodifiy komponenta (tasodifiy chetga chiqish).
Kornib turibdiki, vaqtli qatorning darajasini shakllantiruvchi barcha komponentlar uchta gruppaga bo‘linadi, Asosiy tashkil etuvchi bo‘lib trend hisoblanadi. Undan trendni tashkil etuvchini ajratib olinganidan keyin mavsumiy va tasodifiy komponentalar qiymati qoladi. Agarda qatorning tashkil etuvchilarining barchasi aniq topilgan bo‘lsa, unda tasodifiy komponentaning matematik kutilishi nolga teng bo‘ladi va uning o‘rtacha qiymat atrofida tebranishi doimiydir.
Vaqtli qatorni tashkil etuvchi komponentlarini modellari:
y u – additiv y u * * – multiplikativ
Vaqtli qatorning asosiy komponentasi bo‘lib trend hisoblanadi. Trend –bu vaqt bo‘yicha qatorni barqaror tendentsiyasi bo‘lib, ozmi-ko‘pmi tasodifiy tebranishlardan ta’siridan ozoddir.
Murakkab ijtimoiy hodisa va jarayonlarning o‘zgarish tendentsiyalari ko‘rsatkichlarini faqat u yoki bu tenglamalar, trend chiziqlari bilan taxminiy ifodalash mumkin.
Vaqtli qatorlarda odatda uch ko‘rinishdagi tendentsiya ajratiladi (3-rasm)