Laboratoriya eksperimenti (L E) maxsus tashkil kilingan laboratoriya sharoitida va kupincha yozib boruvchi turli asboblarni kullanib utkaziladi. Laboratoriya eksperimentining afzalliklari bilan bir katorda ayrim kamchiliklari xam bor. Bu metodning kamchiliklaridan biri uning sun’iyligidir.Shu sun’iylik muayyan sharoitlarda psixik protsesslarning tabiiy borishini buzilishiga va notugri xulosa chikarilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun psixik faoliyatni laboratoriya metodi bilan tekshirish kupincha boshka tabiiy metodlar bilan birga kullaniladi.
Tabiiy eksperiment kuzatish metodi va laboratoriya eksperimentining ijobiy tomonlarini uz ichiga oladi Bu eksperimentda kuzatish sharoitning tabiiyligi saklanadi va eksperiment milliy jixatdan anik buladi. Masalan: eksperimentator oldida bolalarning utkir zexnligi, topkirligi, botirligi va shu kabi individual xususiyatlarini urganish vazifasi turibdi deb faraz qilsak,eksperimentator shu maksadda bolalar uyinini uyushtirar ekan, bu uyinda bolalarda mana shu psixik sifatlarning usish darajasini kursatadigan talablar koida va kiyinchiliklarni keltirib chikaradi va xokazo.
Suxbat metodi. Bu metod asosan bolalarning kizikish xavaslarini va bilish protsesslarini , tasavvurlar, xayol va tafakkurni urganishda kullaniladi. Suxbat natijalari anik yozib boriladi.
Testlar psixologiyada shaxsni urganishda, uning shaxsiy psixik xususiyatlarini, kobiliyati,xarakteri, tafakkuri, mulokotchanligi, uzaro munosabati va xokazolarni urganishda, ularda tashxis kuyib, korreksion ishlarni olib borishda kullaniladi
Kattalar Internetdan to‘g‘ri foydalanishni farzandlariga o‘rgatishlari kerak. Ayrim o‘quvchilarda o‘z joniga qasd qilish, ya’ni suitsidal hatti-harakatlar ham kuzatiladi. Buning oldini olish ham oldimizda turgan muammolardan biridir. Suitsid - suiqasd degan ma’noni bildiradi. 67 % 25 yoshgacha bo‘lgan kishilarda uchraydi. Suitsidda yigitlar o‘limni tanlasa, qizlar taqlidiy, joniga qasd qilishga harakat qiladi.
Suitsid sabablari:
1) boladan mehrni ayash;
2) boshqa farzandlardan ajratish;
3) alkogol ota-onalar;
4) ruhiy taraqqiyotdan orqada qolish.
Suitsid turlari:
1. Haqiqiy suitsid.
2. Taqlidiy suitsid.
Autoagressiv suitsid. 120 ta suitsid qilgan yoshlarning atigi 2 tasining ota-onasi yordam so‘rab murojaat qilgan xolos. Demak, suiqasd ota-onalarning farzand tarbiyasiga befarqligidan kelib chiqadi.
Suitsid ko‘proq xolerik va melanxoliklarda uchraydi. Chunki suitsid asab tizimiga bog‘liq. Biz psixologlarga suitsidning oldini olishga qaratilgan quyidagi tavsiyalarni beramiz.
• Har bir ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan psixolog o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi, jamoadagi ruhiy-ma’naviy muhitdan boxabar bo‘lishi va uni yaxshilashi zarur;
• Psixolog tarbiyasi og‘ir va turli voqealar sabab tushkunlik holatiga tushib qolgan o‘quvchilarni aniqlashi, ularning oilasini to‘liq yoki noto‘liq turga mansubligini o‘rganishi lozim;
• Ota-onalar va kollej yoki maktab o‘rtasida hamkorlikni takomillashtirish, pedagoglarda ota-onalar bilan ishlash rejasini o‘quvchi psixologiyasiga, uning o‘tish davridagi ruhiy holatiga qaratishi;
• Oilada ota-onalarning farzandlarining barchasiga bir xil munosabatni shakllantirish, bolani kamsitmaslik yoki uni haddan ziyod erkalamaslik, oilada kun tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni ota-onalarga tushuntirish;
• O‘quvchini yolg‘izlatib qo‘ymaslik, o‘quvchidagi har bir o‘zgarishni kattalar ilg‘ashi va oldini olish chorasini topish, bolani do‘st tanlashiga ko‘maklashishni pedagoglar va ota-onalarga tushuntirish;
• Suitsid sodir etgan o‘smir bilan suhbatni u xohlagan paytda olib borish, boshqalardan olgan ma’lumotni unga bildirmaslik;
• O‘quvchilar bilan dildan suhbatlashish, uning muammolarini qanday hal etish yo‘llarini topish;
Yana bir muammo - bu tarbiyasi og‘ir bolalar. Ijtimoiy psixologiyada tarbiyasi qiyin bolalar jinoiy (huquqiy) va oddiy (ahloqiy) qonunbuzarlar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tadqiqotchilar tomonidan bunday bolalar quyidagi guruhlarga bo‘lingan:
1. Balog‘atga yetmagan andishasiz, qaysar o‘smirlar. Bunday o‘smirlar shaxsiy qarashi, o‘zgalarga baho berishi ahloq normasiga zid bo‘lgani sababli qonunni buzadilar, o‘z qarashlarini maktab, oila va jamoatchilik fikriga qarshi qo‘yishga harakat qiladilar. O‘rtoqlarini qo‘rqitish, ruhan azoblash, kattalarning izzat-nafsiga tegish orqali rohatlanadilar. Ularda “o‘zini ko‘rsatish” ishtiyoqi kuchli bo‘ladi. Bunday ishtiyoqdan pedagoglar unumli foydalanishlari mumkin. Masalan, ularni sport to‘garaklariga jalb qilish, tadbirlarda tartibni nazorat qilish vazifasini yuklash, ijtimoiy mehnat uchastkalarida mas’uliyatli ishlarni topshirish, darsdan tashqari vaqtlarda rahbarlik ishlarini berish orqali tarbiyasi qiyin o‘smirlarni sog‘lomlashtirish mumkin.
2. Beqaror yoki subutsiz, ya’ni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lmagan bolalar va o‘smirlar. Bunday bolalar barqaror axloqiy e’tiqod, ma’naviy his va shaxsiy qarashlari shakllanib ulgurmaganligi tufayli ikkilanib turadilar. Ularning kishilarni baholash faoliyati favqulodda vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Iroda kuchining zaifligi, ma’naviy dunyosidagi beqarorlik, voqea - hodisalarga nisbatan befarqlik va tashqi ta’sirlarga tez berilishlik tufayli xulq-atvorida o‘zgarishlar kelib chiqadi. Bunday bolalarning ko‘ngli bo‘shligi, xarakteri o‘zgaruvchanligi natijasida ba’zan huquqbuzarliklar kelib chiqishi mumkin. Bundaylar bilan ishlashda ularni mustaqil fikrlashga, o‘z-o‘zini tanqid qilishga o‘rgatish foyda beradi.
3. Xususiy kechinmalarga boy bolalar va o‘smirlar. Bundaylarda xudbin shaxsiy ehtiyoj va istakning kuchliligi yorqin namoyon bo‘ladi. Ular ma’naviy qashshoqlikni his qiladilar va iztirob chekadilar. Boshqalarga yaxshilik qilishni istaydilar, lekin xudbinliklari sababli yaxshilik qilolmaydilar. Bundaylarni rahbarlik ishlariga jalb qilish, ijodiy fikrini o‘stirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishga e’tibor berish lozim.
4. Affektiv kechinmali, ehtiroslarga boy, qo‘zg‘aluvchan, ruhiy beqaror bolalar va o‘smirlar. Bundaylar jamoada o‘z o‘rnini topa olmaydilar, doimiy ravishda ruhiy iztirobda bo‘ladilar, ko‘pchilikning nazarida bo‘lishni yoqtirmaydigan, noaniq sabablarga ko‘ra azoblanuvchan bo‘ladilar. Bundaylarga oqilona maslahatlar berish, affektiv harakatlarning oldini olish, irodaviy sifatlarni shakllantirishga doir tadbirlarni ko‘proq olib borish maqsadga muvofiqdir. “Tarbiyasi og‘ir bolalar” bilan ishlashda avvalo ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, “ko‘ngilochar o‘yinlar”da ishtirok etishlariga, be’mani “hordiq chiqarish” va ko‘cha-ko‘yda maqsadsiz yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar” bilan ishlashda pedagoglar quyidagilarga e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir:
1. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ning psixologik xususiyatlarini, jumladan, qiziqishlari, temperament (mijoz)i, xarakteri, irodaviy xislatlarini aniqlab beruvchi psixologik testlardan o‘tkazish va ota-onalarga tavsiyalar berish.
2. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga amaliy yordam berish masalasini rahbariyat oldiga qo‘yish.
3. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ning ota-onalari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish.
4. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ni doimiy nazoratga olish.
5. “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”ni mas’uliyatli ishlarga ko‘proq jalb qilish.
Amaliyotchi psixologning kasb etikasi Psixolog akademik litsey va kollejlar o‘quvchilari, o‘qituvchilari, rahbariyat oldida o‘ta mas’uliyatliligi bilan ajralib turishi lozim. U jamoaning psixologik muhitini nazorat qilib turishi, jamoa a’zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilishi, o‘quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirishi, ularning psixologik xususiyatlarini rivojlanitirib borishi kerak.
Psixologning vazifasi o‘quvchilarning dunyoqarashlarini kengaytirishi, bilimlar, ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Psixolog o‘quvchi shaxsini hurmat qilishi shart. Psixolog kasbiy faoliyatida halollik namoyon qilishga va unga bildirilgan ishonchni oqlashga majbur. Psixologning kasbiy faoliyati o‘z sohasida o‘ta bilimdon bo‘lishni talab qiladi. Sohasining eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lishi shart. Psixolog o‘z ishida sinab ko‘rgan ilmiy metodlarni qo‘llashi lozim. Ma’lumki, ijtimoiy psixologiya fanida aynan psixologik xizmat muammosiga bag’ishlangan va uning barcha yo’nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar etarli bo’lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko’rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqodlarni alohida qayd etish mumkin.
Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga to’g’ri keladi. CHunonchi, barcha tadqiqotchilar ham ijtimoiy psixologiyaning metodologik tamoyillariga amal qilgan holda psixologik xizmat uchun muhim bo’lgan u yoki bu jihatni nazariyilmiy tarzda asoslab beradilar.
Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi, prinsiplari va vazifalarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlar mazmunida psixologik xizmat muammosining ham ma’lum ma’noda yashirinib yotganligini ko’ramiz.Zero, bugungi kungacha yaratilgan barcha ijtimoiy psixologik printsiplarning asosiy mezonlari bo’lgan "shaxs va faoliyat birligi","ongning faoliyatda taraqqiysi", "muomala", "individual yondoshuv" "munosabat","turmush tarzi", "ijtimoiy ustanovka", "borliqni ob’ektiv va sub’ektiv aks ettirish", "jamoa", "ijtimoiy qoniqish", "ijtimoiy xulq-atvor" kabilarning jamiyatdagi amaliy o’rni va istiqbolini psixologik xizmat tatbikisiz to’liq tasavvur etib bo’lmaydi.
Ayniqsa, olimlar tomonidan bugungi kunda ijtimoiy-psixologik xodisalarga inson taraqqiyoti va qadriyatlari asosida yondoshuv muammosining M.G.Andreeva, YU.M.Zabrodin , D. Karnegi, E.G’oziev, V.M.Karimova, I.S.Kon, C.I. Koralev, B.D.Parigin, E.V.SHoroxova, S.I.B.SHoumarov va shaxs va faoliyat uyg’unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi psixologik yondashuvni ta’minlash muammosining Abul’xanova-Slavskaya, J.Bruner, L.S.Vigotskiy, M.G. Davletshin, U.Djems, A.G.Kovalev, A.N.Leont’ev, A.V.Petrovskiy, S.L. Rubinshteyn, V.A.Tokareva, D.I.Feldishteyn, E.Fromm, Qodirov B.R.) o’rtaga tashlanishi psixologik xizmat metodologiyasi haqida jiddiyroq o’ylashni va mulohaza yuritishni taqozo etmoqda. Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an’analari bilan bog’liq insonning amaliy psixologiyasini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to’g’ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko’rsatish muqarrarligini talab qiladi.Vaholanki, iqtisod, xuquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o’zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim.
XULOSA Psixolog o’quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning kizikish, mayl, ilk iktidorligi kabilarni urganadi, ularga yakkaxol (individual) munosabat va yondashishni yulga kuyadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam kursatadi, trening (maxsus mashk) utkazadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, xunar-kasb bilim yurti tinglovchilari, yangi tipdagi maktab o’quvchilari, oliy ukuv yurti talablarida uchraydigan ukuv malakalari va kunikmalarini egallashdagi nuksonlar, xulyo-atvordagi kamchiliklar, akliy tarakkiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diagnostika kiladi. Bolalarning voyaga yetgan odamlar va uz tengkurlari (tengdoshlari) bilan muomalasi xususiyatini tekshiradi. Ularning etnokiyofasi va etnomadaniyati xususiyatini xisobga olgan xolda psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtiradi (adaptatsiyalashtiradi). Boshka soxaning mutaxassislari bilan birgalikda ruxiy rivojlanishdagi nuksonlar xilma-xilligini xisobga olib, tabakalashgan differensial diagnostikani amalga oshiriladi;
-Nuksonlarning tibbiy va defektologik tabiatni aniklaydi;
-Deviant (konunbuzarlik) aksil ijtimoiy xulk-atvor sabablari va ularning shakllarini belgilaydi;
-Giyoxvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, ugirlik, daydilikning ijtimoiy-psixologik ildizlarini tekshiradi, ularning omillarini taxlil kiladi va boshkalar.
-Raxbar kadrlar va o’qituvchilarning kasbga yarokliligini ilmiy asosda tekshirish va anik tavsiyanomalar ishlab chikish.
-Oliy maktab xodimlari sinov (adaptatsiya) muddatini (stajer, yosh mutaxassis, o’qituvchi, aspirant va boshkalarni) urganish va amaliy kursatmalar berish.
-Ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, kabul buyicha ilmiy-psixologik prognoz kilish, sodir bulishi mumkin bulgan xavfdan ma’muriyatni ogox etish. Attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik axborotlar tuplash va ularni umumlashtirib, tavsiya yaratish.
-Chet el muassasalri bilan aloka kilish, kadrlarning malakasini oshirish, ularning intellektual potensialini aniklash, fan va texnikani rivojlantirish imkoniyati, oliy maktabning nufuzi tugrisida materiallar tuplash, ularni psixologik jixatdan taxlil kilish va maslaxatlar berish va o’quv qo’llanmalarining sifati, kitobxonlilik muammosi, xodimlar, talabalarning davlat mulkiga munosabati xakida ma’lumotlar tuplash va ularni umumlashtirish, ma’muriyatiga va kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash.