Kirish i-bob. Biologiya o‘qitish jarayonida didaktik


 Multimеdiya vositalarining dars samaradorligiga ijobiy ta’siri



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix23.03.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#89326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Biologiya darslarida TV multimediya,tarqatma va didaktik materiallardan foydalanish metodikasi.

 


3.2. Multimеdiya vositalarining dars samaradorligiga ijobiy ta’siri
Bugungi kun uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub 
o‘zgarishlarni yanada takomillashtirish uchun kompyuter texnologiyasini ta’lim 
jarayonidagi o‘rni, uning pedagogik va psixologik xususiyatlarini ilmiy-tadqiqot 
misolida yoritish, kompyuter vositalaridan foydalanishga bo‘lgan e’tibor va ehtiyoj 
darajalarini yana bir bora ko‘rib chiqishni talab etadi. 
Buning 
uchun: 
• 
ta’lim 
tizimida 
kompyuter 
texnologiyalari 
o‘rnini 
aniqlash; 
• kompyuter yordamida o‘quvchining tafakkuri va dunyoqarashining o‘zgarishini, 
xotirasining shakllanishida kompyuterning samaradorligi qanday rol o‘ynashini 
aniqlash; 
• «kompyuter — o‘yinchoq» va «kompyuter — bilim olish vositasi» atamalari 
orasidagi 
chegaralarni
aniqlash; 
• o‘quvchilarning o‘quv jarayonida ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirish 
metodlarini aniqlash. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv predmetlarini kompyuterlashtirishda 
quyidagi 
vazifalar 
belgilab 
olinadi: 
1. O‘quv rejalari, konspektlar va kichik didaktik materiallarni tayyorlashda 
kompyuterdan 
foydalanishni 
yo‘lga 
qo‘yish. 
2. Fan, mavzularning ko‘rgazmalilik sifatini, o‘rganilayotgan obyektning 
illyustrativ va animatsion imkoniyatlarini oshirish maqsadida mavjud elektron 
darslik 
va 
ta’limiy 
dasturlardan 
foydalanishni 
yo‘lga 
qo‘yish. 
3. Namoyish qilish vositalarini yaratishda Microsoft Power Point, Microsoft 
Publisher, Adobe Potoshop, Movie Maker kabi standart dasturlar va dasturiy 
resurslardan unumli
foydalanish. 
4. Ma’lumot va axborot almashinishda Internet tizimidan unumli foydalanish. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ko‘pgina predmetlari uchun elektron darslik 
va multimedia vositalari yaratilgan bo‘lib, endilikda o‘quv jarayonini 


kompyuterlashgan muhitda tashkil etishga bo‘lgan e’tibor ancha kuchaytirildi. 
Multimedia vositalari kompyuter yordamida o‘rganilayotgan mavzularni tez va 
oson o‘zlashtirishga yordam beribgina qolmasdan, balki o‘qituvchiga ko‘plab 
imkoniyatlar yaratib berishi bilan ajralib turadi. 
Kompyuter 
yordamida 
multimediali jihozlardan foydalanishda o‘quvchi 
hayvonning ovozini, uni tabiiy harakatlarini, o‘ziga xos xarakterli belgilarini 
o‘rganib boradi. Hayvonning skelet va muskullarini o‘rganishda ham kompyuter 
imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Zoologiya darslarida multimedia vositalaridan foydalanish va ularni tatbiq etish 
davomida o‘quv jarayonida o‘ziga xos yangi usul vujudga keladi. Ularni o‘quv 
materiallarini ko‘rgazmaliligini oshishi, o‘quvchilarning bilim samarasini nazorat 
qilish imkoniyatining paydo bo‘lishi, o‘qituvchining o‘z ish faoliyatini yangi uslub 
va usullar asosida tashkil etishga yondashuvlar bilan bevosita izohlash mumkin
Zoologiya darslarida «Sut emizuvchilar» sinfi haqidagi ma’lumot beruvchi 
mavzular hajmi kattaligi va bir muncha murakkabligi bilan umurtqalilar tipining 
boshqa sinflaridan ajralib turadi. O‘rganiladigan mavzularning murakkablashib 
borishi, hayvon organizmining mukammalashishi bilan ular tanasida organlar, 
ularning vazifasi ham o‘ziga xos tarzda o‘zgarib borishi o‘quvchini biroz «qiynab» 
qo‘yadi. 
O‘quvchilarga mavzu yuzasidan ma’lumotlarni kompyuter yordamida qabul 
qilishga bo‘lgan qiziqishlarini va bevosita zoologiya dars samaradorligini 
oshirishda undan foydalanishni hisobga olgan holda, o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan 
mavzularni kompyuter vositalari asosida tatbiq etish imkoniyatlari o‘rganildi va 
amalga oshirildi. 
Zoologiya darsligidagi mavzularni belgilab olish, ular har tomonlama 
o‘rganilib, zaruriy materiallar tanlash asosida kompyuterlashgan dars ishlanmalari 
dasturlashtiriladi. Sut emizuvchilar sinfini o‘rganish davomida jami berilgan 10 
soatlik mavzular kompyuterlashtirildi. 


Multimedia vositalarida sut emizuvchi hayvonlar hayotini o‘zida mujassam etgan 
ma’lumotlar jamlanmasi, test topshiriqlari, topishmoqlardan keng foydalanilgan. 
Unga ko‘ra har bir o‘quv jarayonida mazkur materiallar o‘quvchi bilim va 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga, uning dars mavzusidan tashqari ham qo‘shimcha 
ma’lumotlar olishiga imkon yaratadi. 
Tadqiqot ishlari davomida multmedia vositalaridan foydalanish davomida o‘quv 
jarayoni va biologiya darslarining sifat samaradorligi oshganligini o‘quvchilarning 
mavzular yuzasidan olgan bilimlarining sifat ko‘r-satkichlarini yuqori darajaga 
ko‘tarilganligi bilan izohlash mumkin. 
Zoologiya darslari samaradorligini oshirishda kompyuterdan foydalanishning 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bir necha mezonlar asosida aniqlandi. Mazkur 
mezonlar asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va ularning sifat 
ko‘rsatkichlarini aniqlashda o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi ma’lum bo‘ldi (1-
jadval). 


Mezonlar asosida o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirish darajasi va ishlab 
chiqilgan metodikani amaliyotga tatbiq etilishida ta’lim jarayoninig samaradorlik 
ko‘rsatkichlari aniqlandi. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, kompyuterlashgan dars jarayonlari nafaqat 
o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, 
balki o‘qituvchilarning ilmiy izlanishga va o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishlariga 
keng imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin