tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol
tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning
fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari
asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi
xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning
mujassamlangan xoldagi
ko’rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta'lim
sohasi yo’nalishlari bo’yicha tatbiq, qilinmoqda. Xatto,
xar bir oila multimedia
vositalarisiz xordiq, chiqarmaydigan bo’lib koldi. Multimedia vositalarining 1981
yildagi yalpi oboroti 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 1994 yili esa 16
mlrd. AQSh dollarini tashkil kildi. X,ozirgi kunda esa sotilayotgan har bir
komp'yuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuterlarning
70-yillarda ta'lim soxasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi,
avvalombor, ular unumdorligining nixoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot
shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia ' vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki
barobar unumlidir va vaqtdan yo’tish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim
olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada
o’zoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish
(video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi.
Bunga qo’shimcha sifatida o’quv
materiallari audio, video va grafika ko’rinishda
mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi.
Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini o’rganish jarayenida
yana bir bor ishonch
xosil qildik.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati
bor;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada
ortadi:
v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda
amaliyotda qo’llash
imkoniyatiga
erishiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo’lida Jaxon Valyuta Fondi,
Umumjaxon banki, Yevropa Ittifoki komissiyasi kabi nufo’zli
tashkilotlar katta
tajribaga egadirlar.Biz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan semi-
nar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch xosil qildik.
Avvalombor, o’quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalanish taxsinga
sazovordir.
O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida ayrim ob'yektiv
muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o’quvchilar uchun kerak bo’lgan
o’quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma qilib
kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida
multimedia elementlarini qo’llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo’llashni
talab qiladi. Xozirgi kunda bunday ko’rinishdagi
kompakt disklarni
respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo’qdir. Bular ma'lum bir miqdordagi
mablag’ni oldindan jalb etishni
talab qiladi.
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o’quvchilarga
ta'lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va
yuqori
malakali
mutaxassislarni kamol
toptiradi.
2. Distant uslubi asosida o’quvchilarni o’qitish xozirgi
kunning eng rivojlanib
borayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilar ma'lum bir
masofada joylashgan holda ta'lim berish tizimidir. O’qituvchi va o’quvchining
ma'lum bir masofada joylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kompyuterlar,
sputnik aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida o’quv ishlarini tashkil
qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib
borishi, ayniqsa, axborotlarni o’zatish kanallarini rivojlanishi telekommunikatsiya
sohasiga o’ziga xos tarixiy o’zgarishlar kiritmoqda.
Dostları ilə paylaş: