Kirish I bob. Mehnat bozori tuzilishining nazariy asoslari


Mavzuning o`rganilganlik darajasi



Yüklə 277,68 Kb.
səhifə3/16
tarix07.01.2024
ölçüsü277,68 Kb.
#205347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Хужакулов Илхомбек

Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Mehnat bozorini shakllanishi va uning faoliyat ko`rsatish mexanizmi bilan dastlab klassik iqtisodchilar, neoklassiklar, keynschilar, monetarizm hamda sotsial maktab vakillari2 jiddiy tadqiqot olib borganlar. Xorijlik iqtisodchi olimlar A.Nikiforova va A.V.Chirkovalarning ilmiy ishlarida mehnat bozori, bandlik va ishsizlik, potensial ishchi kuchi hamda uning mehnat bozori muhitiga o`tkazayotgan ta`siri masalalari tadqiq etilgan3.
O`zbekistonlik iqtisodchi olimlar A.A.Abdug`aniev, K.X.Abduraxmonov, X.P.Abulkosimov, D.K.Balaxonova, Murtazayev, M.Yuldashev, N.Xujayev, M.M.Mirzakarimova, A.X.Ziyavuddinova, A.P.Maksakova, D.I.Koshtenkova, Z.A.Tolametovalar mehnat bozorining demografik jarayonlar bilan bog`liqligi, ishsizlik muammosi, mehnat bozoridagi sifat o`zgarishlari borasida ilmiy izlanishlar olib borganlar4.
A.A.Sotvoldiyev, R.T.Nuraliyev, S.Paroekvopulos, N.Shoyusupova, K,.X.Muftaydinov, Z.R.Xudayberdiyev, D.D.Mexmonovalarning ilmiy ishlarida esa mehnat bozorini tartibga solishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining o`rni masalalari tahlil qilingan5.
Mehnat bozorining qishloq joylarida shakllanishi xususiyatlari va unga ta`sir etuvchi omillar M.R.Xolmo`minov tomonidan o`rganilgan. Unda ishchi kuchiga talab va taklif, aholi samarali bandligining shakllanishi, ishsizlik kamayishining eng maqbul varianti hamda ishchi kuchiga talab va taklif orasidagi farqning ratsional miqdori va tuzilishini umumlashtiruvchi asosiy omil mehnat bozori ekanligi g`oyasini asoslashga harakat qilingan. A.X.Ziyavutdinovaning ilmiy ishlarida esa mehnat bozori segmentatsiyasini tadqiq etishga jiddiy e`tibor qaratilgan.6
Iqtisodiy adabiyotlarda mehnat bozorining shakllanishi va uni boshqarish uslubiyotini takomillashtirish masalalari aksariyat hollarda alohida o`rganilgan. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida mehnat bozorining amal qilish mexanizmi va rivojlanishida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`lib, chuqur ilmiy izlanishlar olib borishni talab etmoqda.
Tadqiq etilayotgan muammoning dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyatga egaligi mazkur Kurs ishi mavzusini tanlashga asos bo`ldi.

Yüklə 277,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin