Tadqiqotning ob`ekti: Tadqiqotning ob`ekti sifatida mehnat bozorini tartibga solish borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmui olingan.
Tadqiqotning predmeti: Tadqiqotning predmeti sifatida milliy iqtisodiyotdagi mehnat bozorining amal qilish mexanizmi tanlandi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari:Bitiruv malakaviy ishning maqsadi – Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining tuzilishini, uning sub`ektlarini va ularning asosiy funksiyalarini ochib berishga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash talablaridan kelib chiqqan xolda, mehnat bozori tushunchasiga takomillashgan ta`rif berish;
mehnat bozori funksiyalari va tarkibiy elementlarini yoritish va ularning ahamiyatini ochib berish;
mehnat bozorini tartibga solishning nazariy va huquqiy jihatlarini yoritish;
mehnat bozori rivojlanishining mintaqaviy xususiyatlarini aniqlash;
shaxar va qishloq joylaridagi mehnat bozori va ularning tarkibiy tuzilmalarini qiyosiy tahlil etish;
viloyat mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga bo`lgan talabning muvozanatiga erishish yo`llari ko`rsatib beriladi;
yangi ish o`rinlarini yaratishning demografik, xududiy va ekologik omillarining mehnat bozori bilan bog`likligini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etish;
mehnat bozorini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarini aniqlash maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish va unga asoslanib mehnat bozorining muqobil rivojlanish istiqbollarini belgilash;
mehnat bozorining amal qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqot natijalaridagi ilmiy yangiliklar quyidagilarda o`z aksini topgan:
“mehnat bozori” iqtisodiy kategoriyasiga takomillashgan mualliflik ta`rifi ishlab chiqilgan;
respublikamizda mehnat bozorini va uning infratuzilmasini rivojlantirishning viloyatga xos xususiyatlari aniqlangan; milliy iqtisodiyotda mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari chuqur taxlil etilgan;
aholining mehnatda bandligini oshirishdagi mehnat migratsiyasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o`rni aniqlangan; mehnat bozorining amal qilish mexanizmi samaradorligini oshirishga va mehnat bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.