Kirish I bob. Mehnat bozori tuzilishining nazariy asoslari


Mehnat bozorida ishchi kuchi yollanma mehnat sifatida namoyon bo`ladi



Yüklə 277,68 Kb.
səhifə5/16
tarix07.01.2024
ölçüsü277,68 Kb.
#205347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Хужакулов Илхомбек

Mehnat bozorida ishchi kuchi yollanma mehnat sifatida namoyon bo`ladi. Yollanib ishlaydiganlar ish bilan bandlarning, shu jumladan menejerlar va ma`murlarning ham aksariyat ko`pchiligini tashkil qiladi.
Faoliyati mulk shakllarining xilma-xilligi bilan belgilanadigan ish bilan bandlarning boshqa toifalari mulkdor tadbirkorlardan, o`z ishi bilan band xodimlardan, yordam beruvchi oila a`zolaridan iborat. Mehnat bozorisiz muvozanatli iqtisodiyotni bunyod etib bo`lmaydi, chunki iqtisodiyotni boshqarish, avvalo, odamlarning mehnat faoliyatini boshqarishni nazarda tutadi.
Shuning uchun ko`plab chet ellik iqtisodchilar mehnat iqtisodiyoti va mehnat sotsiologiyasi masalalarini ish xaqi va ish bilan bandlik imkoniyatlarining o`zaro bog`liqligi, ta`lim va xodimlar tayyorlashga kapital mablag` sarflashni rag`batlantirish va shu sarflarning samaradorligi, mehnatning ijtimoiy masalalarini mehnat bozori nuqtai nazaridan olib qaraydilar.
Agar bozor iqtisodiyoti elementlarini turli-tuman bozorlar turkumidan iborat bo`lgan imorat deb tasavvur etsak, uning tomidan chakka o`tib, devorlari teshilgan bo`lsa ham imoratdan ma`lum muddat foydalanish mumkin. Lekin bino poydevorisiz bo`lsa, u albatta qulaydi.
Mehnat bozori keng ma`noda tushuniladigan bo`lsa, mehnat miqdori va sifati muvofiq taqdirlanadigan, uni normal qayta tiklash hamda undan samarali foydalanishni ta`minlaydigan ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan yuridik norma va tartibotlar tizimidir. Tor ma`noda mehnat bozorini ish beruvchilar - ishlab shiqarish vositalari egalari bilan yollanma ishchilar - ish kuchi egalari o`rtasidagi - birinchilarning mehnatga talabini va ikkinchilarning yashash vositalari manbai sifatida ishga yollanish bo`yicha ehtiyojlarini qondirish borasida shakllanadigan munosabatlar tizimi tarzida ta`riflash mumkin.
Mehnat bozorining ishlashiga aloqador davlat tuzilmalari faoliyati amaliyotida unga turli ijtimoiy-iqtisodiy omillarni, shuningdek, siyosiy muammolarni hisobga olib, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar birligi prinsipidan kelib chiqib, ishchi kuchi bozori sifatida qaraladi.
Ish bilan bandlik xizmati mehnat bozoridagi samarali siyosat bu, eng avvalo, faol ish bilan bandlik siyosati o`tkazilishini, mehnat bozorining ishlashini yaxshilashni, mehnatkashlar va korxonalarning asoslangan xatti-harakatlari o`zaro uyg`unlashgandagina emas, balki ijtimoiy hamda siyosiy maqbul bo`lishi uchun bozorga qarshi turmay, unga muvofik ishlaydigan maxsus muassasalar (institutlar) va ijtimoiy infratuzilmaning samarali tarmog`ini yaratishni tushunadi.
Bozor iqtisodiy munosabatlar yig`indisi sifatida ish kuchining egasi bilan uning xaridori (tadbirkor) o`rtasida tovar yoki xizmat ishlab chiqarilishi lozim bo`lgan aniq, ish joyi xususida yuzaga keladi.
Ish kuchi egasi uchun u mehnat qilishi, layoqatini ko`rsatish, o`z ish kuchini qayta tiklashi uchun pul ishlab topishi mumkin bo`lgan ish joyiga ega bo`lishi imkoniyati yaratiladi. Tadbirkor uchun foyda olishning iqtisodiy sharoiti yuzaga keladi. Ish bilan bandlikning iqtisodiy munosabati tarkib topadi. Aynan mana shular mehnat bozorining ish bilan bandlik bozori sifatidagi asl mazmunini belgilaydi. Ish bilan bandlik bozori milliy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda ko`rib chiqilishi mumkin.

1.1.2-rasm. Mehnat bozorining ish bilan bandlik sohasida hududiy jihatdan turlari.11


U davlat va nodavlat tuzilmalarni qamrab oladi. Unga davlat boshqaruvi va stixiyalilik elementlari, ishchi kuchi egalari o`rtasidagi ma`lum ish joyi, o`z mehnat layoqatini sotishning foydaliroq shart-sharoitlariga raqobat ta`sir etadi.
Mehnat bozorini shakllantirish mantiqi tovar bozori paydo bo`lishining asosiy qonuniyatlariga o`xshash. Bu jarayonlar o`rtasidagi farqlarning ko`pi mehnat bozoridagi maxsus tovar - ishchi kuchi tufaylidir. Ishchi kuchining tovarligi uzil-kesil emas. Ishchi kuchi tovarga aylanishi uchun qator asoslarning yuzaga kelishi talab etiladi. Iqtisodiyot tarixi guvohlik berishicha, mehnat sohasidagi tovar munosabatlari narsalar olamidagi tovar va pul munosabatlaridan ancha keyin shakllangan. Bu ishchi kuchi bozorda, uning egasi uni bozorga olib chiqqan va o`zi sotgan taqdirdagina, ishchi kuchi bozorda tovar sifatida qatnashishi bilan bog`liqdir. Ya`ni, o`z ishchi kuchini sotayotgan inson erkin fuqoro bo`lishi kerak. Shuning uchun qullar, krepostnoylar, feodal qaram fuqarolar mehnatidan ommaviy ko`lamda foydalanadigan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda mehnat bozori bo`lmaydi, ishchi kuchini taqsimlash va qayta taqsimlash qul savdosi tarzida, ya`ni ishchi kuchini uning egasi emas, balki qulning egasi sotishi tarzida amalga oshiriladi. Aynan mana shunday ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda yetarlicha shakllangan pul-tovar munosabatlari inson ish kuchini emas, inson qulning o`zini tovarga aylantiradi.
Ish kuchining egasi uni tovar sifatida sota olishi uchun u bu ish kuchini erkin tasarruf qilish imkoniyatiga ega bo`lishi, ya`ni o`z mehnat layoqati, o`z shaxsining erkin egasi bo`lishi kerak. Faqat mana shundagina ishchi kuchi sotuvchisi va uni sotib oluvchi bozorda yuridik teng shaxs sifatida ishtirok etadi.
Munosabatni saqlash uchun ishchi kuchining egasi uni doimo ma`lum muddatga sotishi kerak bo`ladi, chunki u ishchi kuchini umuman abadiyga sotadigan bo`lsa, uning erkin inson tarzidagi maqomi ham xavf ostida qoladi.
Ishchi kuchining tovarligini, demak, mehnat bozorini ham shakllantirishning ikkinchi muhim zamini ishchi kuchining egasi erkin tovar ishlab chiqaruvchi bo`lish imkoniyatidan mahrum bo`lishi kerak. Agar kishi bozorda o`zi mustaqil ishlab chiqargan va unda o`zining mehnati moddiylashgan tovarlarni sota olmasa, demak, u yashash uchun mablag` topish maqsadida o`z ishchi kuchini sotishi kerak bo`ladi. Iqtisodiyot tarixi dalolat beradiki, tovar-pul munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining ilk bosqichlarida erkin fuqarolarning ko`pchiligi bozorga o`z mehnati mahsulotlari bilan chiqqan. O`zini o`zi ish bilan band qilish, o`zi va oila a`zolari uchun ish joylarini tashkil qilish, chetdan xodimlarni yollash imkoniyati va ehtiyojining yo`qligi - bularning barchasi mayda hunarmandchilik, dexqonchilik, ya`ni turli kasb va ixtisosdagi ko`plab xodimlar kuchini birlashtirishni talab et-maydigan faoliyat turlari xususiyatidir.
Yevropada XVIII asr mobaynida yuzaga kelgan yirik mashinali ishlab shiqarish o`z qo`llari bilan yaratilgan ish joyiga ega bo`lmagan hamda o`z ishchi kuchini sotishga majbur bo`lgan bunday odamlarni ko`plab talab qiladi. Texnikaning rivojlanishi, yangi texnologiyalarning joriy qilinishi bilan ishlab chiqarish jarayonlarining borgan sari ko`proq qismi individual mehnat faoliyati doirasidan chiqa boshladi.
Bu yollanma mehnatdan, ya`ni ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishdan begonalashtirilgan, faqat o`z ishchi kuchining egasi hisoblanadigan kishilar mehnatidan foydalanish ko`lamining kengayishiga yordam beradi.
Mehnat bozorining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, mazkur bozorda tovar buyumli shaklda bo`lmaydi. Mehnatning tovarlar va ishlab shiqarish resurslarining yalpisidan prinstipial farqi shundaki, u inson xayotiy faoliyatining eng muhim sohasi, inson shaxsining o`zini namoyon etishi shaklidir.
Shu munosabat bilan iqtisodchilar mehnat bozorida nima sotiladi - ishchi kuchimi yoki mehnatmi va qanday atama qo`llanilishi lozim “mehnat bozori”mi yoki “ishchi kuchi bozori”mi, degan mavzuda bahslashib kelmokdalar. Amerika Qo`shma Shtatlarida sobiq mehnat vaziri xatto vazirlikning e`lon qilinadigan materiallaridan «mehnat bozori» tushunchasini chiqarib tashlashga uringan edi.
Uning ta`kidlashicha, mehnat xuddi paxta, don, neft yoki po`lat kabi sotiladi va sotib olinadi, deb hisoblansa, “mehnat bozori” xodimlarining obro`sini tushirar ekan.
Ana shu ikki tushunchaning ma`nosini olib qaraylik. Ayrim iqtisodchilar bozorda mehnatning o`zi emas, balki insonning mehnat qobiliyati ya`ni ishchi kuchi sotiladi, xali yo`q narsani sotib ham bo`lmaydi, binobarin, «ishchi kuchi bozori» atamasini ishlatish lozim deb qaraydilar.
Fikrimizcha bu borada A. Abdug`aniyev va M. Mirzakarimovalar ta`rifi va atamasi muammoning yechimini kengroq ochib beradi. Ularning fikricha “mehnat bozori” tushunchasi “ishchi kuchi bozori” tushunchasiga qaraganda kengroq mazmunga ega bo`lib, butun mehnat jarayoni bilan bog`liq ekanligini ifodalaydi. Bu jarayonda ishchi kuchi sotib olinibgina qolmay, balki uning iste`moli xam amalga oshadi. Ishchi kuchi iste`mol etilib, so`ngra uning haqqi to`lanadi. Shundan kelib chiqib, mehnat bozoriga quyidagicha ta`rif berish mumkin – mehnat bozori ishchi kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmusidir. Bu bozorda alohida tovar bo`lgan ishchi kuchining sotilishi tufayli ham bu bozorni “ishchi kuchi bozori”, deb atashadi. Biroq ishchi kuchi bozori tushunchasini qo`llash doiradagi tushunishni keltirib chiqaradi va bevosita ischi kuchining oldi-sottisi bitimi tuzilayotgan jarayonning o`zinigina ifodalaydi.12
Oldi-sotdi ob`ektining o`ziga xosligi e`tiborga olinmagan va buyum bozorlarining ishlash mexanizmiga to`liq. O`xshatish qo`llanilgan taqdirda mazkur ta`kidlash to`g`ri bo`lib chiqar edi. Lekin buyum bozorlarida oldi-sotdi muomala sohasida bir paytda ro`y beradi, mehnat bozorida esa avvaliga sotuvchi bilan xaridor o`rtasida muomala sohasida bitim (shartnoma) tuziladi va ushbu shartnoma faqat ishlab chiqarish sohasida, ya`ni mehnat qilinganidan keyin amalga oshirilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, sotuvchi bilan xaridor bo`lajak mehnat to`g`risida shartlashib oladilar, chunki amalga oshmagan mehnat qobiliyati sifatidagi ishchi kuchining o`zi xaridor uchun qiziqarli bo`lishi amrimahol. Ishchi kuchi xodimdan ajralmasdir, shuning uchun ishchi kuchi xaridorining mulki bo`la olmaydi. Buning ustiga, ishchi kuchini yollashda teng almashinuv mavjud bo`lmaydi, chunki ishchi kuchining qiymati uning o`zi yaratadiganidan kamroq bo`ladi. Binobarin, ishchi kuchi bozori mavjud bo`ladi, deb ta`kidlaydigan mualliflar ushbu bozorda stivilizastiyalashgan bozor munosabatlari mavjud bo`lmasligini e`tirof qilishlari kerak.
Shu sababli boshqa iqtisodchilar mehnat bozorida bo`lajak mehnatning oldi-sotdisi jarayoni amalga oshadi, deb hisoblaydilar. Ish beruvchi bo`lg`usi mehnat natijalarining mulkdori bo`ladi, xodim esa o`z mehnatining narxi qancha bo`lsa, shuncha haq oladi, binobarin, teng almashinuv ro`y beradi, chunki ish haqi mehnatga haq to`lanishidir. Xodimlar o`z mehnatini taklif etadigan, ish beruvchilar esa uni sotib oladigan o`zaro harakat maxsus tashkilotlar yordamida amalga oshiriladi, ularning vazifasi xaridorlar bilan sotuvchilar o`rtasidagi aloqalarni rivojlantirishdan iborat. Ishga yollash agentliklari, xodimlar bo`limlari, xodimlarni boshqarish bo`limlari va hokazolar shular jumlasiga kiradi. Oqibatda har ikki tomon o`rtasida mehnatning narxi va mehnatning sifat va miqdor jihatidan bo`lajak natijalari to`g`risida darhol axborot almashinuvi bo`lib o`tadi.
Mehnat bozori sub`ektlari o`rtasida shartlashishga erishilgach, mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilib, unda mehnat va unga haq to`lashning shart-sharoitlari, taklif qilinayotgan ish muddati va hokazolar aks ettiriladi. Xodimlarni ish joylari, kasblar, firmalar, tarmoqlar va mintaqalar bo`yicha taqsimlash mehnat bozoridagi bitimlarning pirovard natijasi bo`ladi. Shunday qilib, mehnat bozorida amalga oshiriladigan ushbu taqsimot ayrim xodimlarninggina emas, balki umuman jamiyatning manfaatlari va ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Bozorning sub`ektlari, ob`ekti va asosiy tarkibiy qisimlarini ko`rib chiqamiz. Ta`kidlab o`tganimizdek, mehnat - mehnat bozorining ob`ektidir. Ish beruvchilar, ishsizlar, yollanma xodimlar, mustaqil ravishda ish bilan band xodimlar sub`ekt bo`ladilar.
Mehnatning taklifi va unga bo`lgan talab mehnat bozorining bosh tarkibiy qismlaridir.
Mehnat bozorida taklif mehnatga qobiliyatli odamlarning muayyan guruhlaridan: ishlamayotgan, lekin ish topishni istaydigan va ish qidirayotganlar; ishlayotgan bo`lsada, ishidan mamnun bo`lmagan va o`ziga boshqa ish joyi qidirayotganlar; ishlayotgan, lekin tez orada ishidan mahrum bo`lib qolishi mumkinligini o`ylab, shu bois har ehtimol uchun boshqa ish joyi qidirayotganlardan iborat bo`ladi.
Mehnat bozorida ish beruvchilar talabning namoyandalari bo`ladilar. Talab mehnatga bo`lgan ehtiyojni tavsiflaydi, ya`ni ishlab chiqaruvchilarning muayyan paytda, ish xaqi darajasi oldindan belgilangan sharoitda ishchilar qancha sonini ishga qabul qilishga tayyor ekanliklarini aks ettiradi. Demak, talab bo`sh o`rinlar sonini aks ettirishi mumkin.
Mehnatga talab ikkilamchi tabiatga ega. Gap shundaki, oddiy tovarlardan farqli ravishda mehnat iste`molchini qanoatlantirish uchun emas, balki muayyan maxsulotni ishlab shiqarish uchun sotib olinadi. Shu sababli mehnatga bo`lgan talabni bevosita tovar bozoridagi vaziyat belgilaydi, bu talab tovarlarga xaridorlarning talabi oshgani yoki pasayganiga, shuningdek ishlab shiqarish texnologiyalari o`zgarganiga sezgirlik bilan munosabatda bo`ladi. Agar iqtisodiyotda bozor infratuzilmasini rivojlantirishga ehtiyoj ortsa, demak, bank xizmatchilari, muxosiblar, yuristlarga talab oshadi. Agar kiyim yoki poyabzalga ehtiyoj ortsa, demak, poyabzalchilar va tikuvchilarga talab ko`payadi.
Talab bilan taklif birikkanida mehnat bozorining sig`imini belgilaydi, ya`ni ushbu sig`im, bir tomondan, bo`sh o`rinlar soni, ikkinchi tomondan esa ish qidirish bilan shug`ullanayotgan shaxslarning soni bilan belgilanadi.
Mehnat bozori tarkibiy qismlari o`rtasida tarkib topgan nisbatga tadbiqan “mehnat bozori kon`yunkturasi” tushunchasi qo`llaniladi. Mehnat bozori kon`yunkturasining quyidagi uch turi bo`lishi mumkin(qarang:1.1.3-rasm):

1.1.3-rasm. Mehnat bozori kon`yunkturasi13


  1. Xodimlar taqchilligi, bunda bozor mehnat taklifi kamligini boshdan kechiradi.

  2. Ishsizlik, bunda mehnat bozorida mehnat taklifi ortig`i bilan bo`ladi.

  3. Muvozanat, bunda mehnatga talab mehnat taklifiga mos keladi.

Mehnat bozorining ishlashi ishchi kuchini mehnatni tadbiq etish sohalari, xalq xo`jaligi tarmoqlari, korxonalar, tashkilotlar, firmalar o`rtasida qayta taqsimlash erkinligining yuqori darajada bo`lishini nazarda tutadi. Bu eski ish joylarining qisqartirilishi va tugatilishi hamda yangi ish joylarining tashkil etilishi bilan birga bog`lik bo`lgan sarmoyaning erkin kirib kelishi natijasida ishlab shiqarish kuchlarini joylashtirishda o`zgarishlar sodir bo`ladi degan ma`noni anglatadi.
Mehnat bozorini xaqiqiy ishlashining muhim sharti unda barcha mehnat munosabatlari ishtirokchilari: davlat, ish beruvchilar va yollanma ishchilarning mos xatti-harakatlari hisoblanadi. Bugungi kunda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlar boshqacha sharoitga tushib qoldi. Ularda mehnat munosabatlari doimo ham erkin tanlanavermaydigan to`la ish bilan bandlikka muvofik keladigan odamlarning sezilarli kontingenti shakllangan. Ish bilan band odam uchun mehnat munosabatlariga bozor munosabatlari elementlarining kiritilishi anchagina og`ir kechadi.





Yüklə 277,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin