Mehnat bozorining funksiyalari va tarkibiy elementlari
Mehnat bozori ijtimoiy-mehnat munosabatlarida muhim o`rin tutadi. Mehnat bozorining mohiyati va bozor iqtisodiyoti tizimidagi o`rni uning funksiyalarida aks etadi. Mehnat bozori quyidagi funksiyalarni bajaradi(qarang:1.1.4-rasm);
1.1.4-rasm. Mehnat bozori funksiyalari14
Mehnat bozori bozorning boshqa turlari (tovar, kapital, valyuta, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk va bozorlar)ga qaraganda qator o`ziga xos xususiyatlarga ega( qarang:1.1.5-rasm):
1.1.5-rasm. Mehnat bozorining xususiyatlari15
Ijtimoiy-psixologik, shuningdek, pulsiz omillarning muhim o`ringa ega ekanligi, ya`ni ish beruvchi va yollanma ishchi o`rtasidagi bitim (mehnat sharoitlari, jamoadagi ahloqiy-ruhiy muhit, kasbiy o`sish va hokazolar)ning mavjudligi;
Institustional tarkiblarning miqdoran ko`pligi, unga mehnat qonunchiligi, bandlikni tartibga soluvchi turli muassasalar va xizmatlarning mavjudligi, mehnat va bandlik borasidagi davlat dasturlari va boshqalar;
Bitimlarni yuksak darajada individullashganligi, Ular turlicha, chunki har bir xodim o`zicha noyob, har bir ish o`rni boshqasidan farqlanadi, nomzoddan maxsus ko`nikmalar bo`lishini talab etadi.
Sotuvchi va haridor o`rtasidagi aloqalarning davomiyligini uzoqligi va hokazolar.
Mehnat bozori yuqoridagilar bilan birgalikda alohida e`tiborga loyiq quyidagi xususiyatlarga ega;
Mehnat bozorida mehnat xizmatlari sotib olinadi, uning sohibi esa sotib olinishi mumkin emas. Ish beruvchi erkin inson bilan muloqotga kirishadi, uning huquq va erkinliklariga rioya qilishga majbur;
Mehnat uchun to`lov nafaqat ish xaqi, balki qo`shimcha imtiyoz (medistina xizmati, xizmat mashinasi, ish joyida ovqatlanish, xaq to`lanadigan ta`til va h.k.)lar bilan amalga oshiriladi;
Mehnat shartnomalari ko`p tomonlama kelishuv hisoblanadi. Pul bilan bog`liq masalalardan tashqari a) mehnat sharoiti va mazmuni; b) xizmatda, ishda o`sish imkoniyatlari; v) jamoadagi muhit va rahbariyat bilan o`zaro munosabatlar me`yorlari; g) ish joyini saqlab qolish ehtimoli va h.k.lar to`g`risida kelishib olinadi.
Tovarlar bozori aksariyat hollarda standartlashgan mahsulotlarni taqdim etadi, bu hom ashyo va yarim fabrikatlar ishlab chiqarishda ko`rinadi.
Mehnat va tovar bozorlari o`rtasida jiddiy farqlar kuzatiladi. Chunki ishchi va xodimlar bir-birlaridan turli sifat (qobiliyatlari va hoxish-istak)lari, ish joylari esa malaka talablari va mehnat sharoitlari bilan farqlanadi;
Xaridor va iste`molchining bugun sotib oladigan narsasi kechagi sotib olgan narsasiga unchalik bog`liq emas. Mehnatni sotib olishda sotuvchi va xaridorlar orasidagi aloqaning uzoq muddatliligi katta ahamiyatga ega. Shartnomalarning uzoq muddatli ekanligi har ikki tomon (ish beruvchi va yollanma ishchi) uchun foydalidir. Xodimning uzoq muddat ishlashi uning tajribasi, mehnat unumdorligi va ish xaqini oshishiga olib keladi. Ish beruvchi ishchilarni o`qitish uchun mablag` sarflaydi, shuning uchun ular shartnomalarni uzoq muddatli bo`lishidan manfaatdordirlar. Shartnomalarning bekor qilinishi esa har ikki tomonga zarar keltiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri sharoitlarida mehnat bozorini “mehnatga qobiliyatli” ishchi kuchini xarid qilish-sotishni amalga oshiruvchi tizim sifatida ko`rib chiqish o`rinli emas. Shuning uchun u ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, ko`p aspektli va o`suvchi tuzilmasi bo`lib, ishchi kuchi talab va taklifining hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantiruvchidir. Mazkur bozor ishchi kuchiga talab va aholining taklifini tartibga solishda bevosita ishtirok etadi va oqilona bandlikning shakllanishi va ishsizlikni kamaytirishga ko`maklashadi.
Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlari quyidagilar kiradi (qarang:1.1.6-rasm);
1.1.6-rasm. Mehnat bozori tarkibiy qisminig asosiy elementlari16