Tadqiqotning uslublari: Kurs ishida ilmiy abstraksiya, induksiya va deduksiya, mantiqiylik, qiyosiy taxlil, statistik guruhlash usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot ishida olingan xulosalar va amaliy tavsiyalardan mamlakatimizda mehnat bozorini rivojlantirish va qishloq joylarida bandlikni oshirishga bag`ishlangan kelgusidagi maxsus chuqur tadqiq etishga bag`ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarida manba sifatida foydalanish mumkin. Tadqiqot ishi materiallaridan oliy o`quv yurtlarida “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mehnat bozori va aholini ijtimoiy himoyalash”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” fanlarining o`quv dasturlarini takomillashtirish va o`qitishda foydalanish mumkin.
Kurs ishidagi iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida mehnat bozorining amal qilish mexanizmi samaradorligini oshirishga bag`ishlangan ilmiy xulosa va amaliy takliflardan davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Kurs ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishning tarkibi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I-BOB. MEHNAT BOZORI TUZILISHINING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Mehnat bozori tushunchasi, uning mohiyati va funksiyalari
Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida yetkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qo`shadigan institut yoki mexanizmdir. Xom-ashyo, materiallar, yoqilg`i, tayyor mahsulot, qimmatli qog`ozlar, pul (kredit) bozorlari bir-biridan farqlanadi. Ana shu bozorlarni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari bor. Ularning namoyon bo`lishiga, asosan, bozor negizi - mazkur bozorda oldi-sotdi ob`ekti bo`ladigan tovar ta`sir etadi. Shunga ko`ra, bozorlar turli shakllarda: bular tamaddixona va kichik do`konchadan tortib, yirik fond birjasi va xalqaro kreditlar bozorigacha bo`lishi mumkin.
Mehnat ishlab chiqarishning asosiy omili va iqtisodiy faol aholining daromadlari manbai hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda milliy daromadning 75 foizi iqtisodiy faol aholining mehnat faoliyati bilan bog`liq daromadlariga to`g`ri keladi7.
Bozorlar orasida mehnat bozori alohida o`rin tutadi. Bozor iqtisodiyotining ajralmas va muhim tarkibiy qismi - mehnat bozoridir. Aynan mehnat bozori orqali g`oyat muhim milliy resurs bo`lgan mehnat mintaqalar, tarmoqlar, firmalar va kasblar bo`yicha taqsimlanadi. Shu bozorda uning bahosi ham belgilanadi. Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda faol rol o`ynaydi. Mehnat bozorida asosiy milliy resurs - ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo`yicha taqsimlanadi.
Tadqiqotchi V.A.Pavlenkov takidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini: ham yollanma mehnat bilan band bo`lganlar, ham band bo`lmaganlarni qamrab oladi. A.A.Nikiforova esa boshqa umumiy ta`rifni taklif etadi: “Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar – tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat o`rtasida ma`lum davrda erishilgan manfaatlar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan”. Ba`zi bir tadqiqotchilar mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati orqali mehnatga talabni va ishchi kuchi taklifini o`zini-o`zi tartibga soluvchi mexanizm sifatida talqin qiladilar. Boshqa tadqiqotchilarning fikricha, mehnat bozori ish beruvchilar va yollanib ishlashni xohlovchilarni bevosita kelishuvi orqali talab va taklifni qanoatlantirish uchun sharoitlar yaratadi va ishchi kuchini xarid qilish-sotish jarayonlarini bevosita tartibga solmaydi.
I.S.Maslovaning ta`rifi bo`yicha “mehnat bozori – bu o`suvchi tizim, unda mulkchilik sub`yektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va “yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositalari va ishchi kuchi)ga o`zaro ta`sir etadi”. Mehnat bozori mavjud, ammo “kesik, shakli o`zgartirilgan ko`rinishda, buning ustiga har narsani o`z ichiga oladigan xarakterga ega bo`lmay, balki mehnat munosabatlarining, faqat bir qismini qamrab oladi”. Bizning fikrimizcha, mehnat bozori – bu ishchi kuchining “mehnatga bo`lgan qobiliyatini” sotish-sotib olish va haq to`lash tizimidir8.
“Mehnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab shiqarish va xizmat ko`rsatish sohasiga jalb etilishini ta`minlaydi. U xodimning o`zi uchun yanada mosroq ish joyiga o`tishini yengillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta`minlanadi. Mehnat bozorida mavjud kadrlar, mutaxassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qolganlari ortiqchaligini ko`rsatadi. Mehnat bozorida raqobatning mavjud bo`lishi, bir tomondan, yollanma xodimlar o`z professional mahoratini o`stirishi va kengaytirishini, malakasini oshirishini rag`batlantiradi, ikkinchi tomondan, ish beruvchilarni qulay mehnat va unga xaq to`lash sharoitlarini yaratish hamda saqlab turishga undaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining nazariy asoslari shotlandiyalik iqtisodchi Adam Smit, ingliz iqtisodchisi David Rikardo, Nobel mukofoti lauriati amerikalik iqtisodchi Paul A.Samuelson va boshqa olimlar tomonidan yetarli darajada asoslangan9.
1.1.1-rasm. Mehnat bozorining asosiy unsurlari10
Mehnat bozori unda vujudga kelayotgan ishchi kuchi oqimlarini tartibga soladi. Bu oqimlar to`rtta asosiy yo`nalish bo`yicha yuzaga keladi:
Birinchisi - ish bilan bandlarning ishni yo`qotishi natijasida ishsizlar safiga o`tishi.
Ikkinchisi - ishsizlarni ishga joylashtirish va shu tariqa ularning ish bilan bandlar toifasiga o`tishi.
Uchinchisi - ish izlashni to`xtatish, ya`ni mehnat bozoridan chiqib ketish va iqtisodiy faol aholidan iqtisodiy nofaol aholiga o`tish.
To`rtinchisi - ilgari ishlamagan yoki xech qachon ish qidirmaganlarning ish qidirishi va ishga joylashishi, shu tariqa ularning iqtisodiy faol aholi toifasiga kirishishi.
Dostları ilə paylaş: |