Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə54/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65
амалиёт

Eklogit fatsiyasining jinslari. Bu fatsiya jinslari o'ta yuqori bosim 17000 atm. dan yuqori va yuqori harorat 550-7000C ta'sirida hosil bo'ladi. Eklogit fatsiyasiga eklogit xosdir. Jins kimyoviy tarkibiga ko'ra gabbro-bazalt guruhiga kiruvchi jinslarga yaqin. Kritik minerallar piroksen va granatdan iborat. Piroksen omfatsitdan tashkil topgan. Omfatsit tarkibida jadeit (40%) va diopsid (60%) bo'lib, ular qattiq eritmani tashkil qiladi. Ikkilamchi minerallardan rutil, kaliyli dala shpati, kvars, plagioklaz, disten, ayrim hollarda olmos va biotit ham uchraydi. Jinsda glaukofan va epidotning borligi regional metamorfizm izlarini ko'rsatadi.
Eklogitning asosiy minerallari omfatsit va granat jins tashqi ko'rinishini belgilaydi. Granat qo'ngir, qizil ranglidir. U porfiroblastlarni, omfatsit esa asosiy oraliq qismini tashkil qiladi.
Jins teksturasi massiv, ayrim hollarda omfatsit ma'lum yo'nalishda yotadi. Past harorat va bosimda eklogit oson amfibolizatsiyaga uchriydi.


Kontakt metamorfizm jinslari ikki turga bo'linadi: 1. Kontakt termal (soviyotgan intruziv harorati ta'siri natijasida atrofdagi jinslarning o'zgarishi); 2. Kontakt metasomatik.
Kontakt termal metamorfizm jinslariga rogovik kiradi. Rogoviklarda quyidagi fatsiyalar uchraydi: 1. Kvars-albit rogovikli. 2. Amfibol rogovikli. 3. Piroksen rogovikli. 4. Sanidinitli.
Kvars-albit rogovik fatsiyasi. Rogoviklar zich jins bo'lib, ko'pincha chig'anoqsimon sinadi, rangi har xil. Gil jinslari hisobiga hosil bo'lgan rogoviklar kvars, albit, seritsit, biotit, kordierit, andaluzit, kamroq epidotdan tashkil topgan. Asos , o'rta magmatik va ularning tufogen jinslari va mergellar hisobiga hosil bo'lgan rogoviklar qora, yashil-kulrang bo'lib, mayda donali albit-epidot-aktinolitdan tashkil topgan. Vulqon shishasi to'liq mayda cheshuykali xlorit va slyudali minerallar bilan almashinadi.
Amfibol rogovik fatsiyasi. Bu fatsiyada barqaror minerallar oddiy rogovaya obmanka, o'rta va asos plagioklaz va kamroq piroksendan iborat. Gilli jinslar qora, zich rogoviklarga aylanadi. Ularning tarkibida kvars, dala shpatlari, slyuda, andaluzit yoki kordierit uchraydi. Ohakli-silikatli rogoviklar (skarnoidlar) dolomit, kalsit, forsterit, kvarsdan tashkil topgan. Asos magmatik tog' jinslari hisobiga hosil bo'lgan rogoviklar amfibolli jinslarni tashkil qiladi. Ularning tarkibida rogovaya obmanka va plagioklaz uchraydi.
Piroksen rogovik fatsiyasi. Bu fatsiya jinslari kontaktga yaqin joyda rivojlanadi. Ular yuqori haroratli minerallardan tashkil topgan: piroksen, sillimonit, vollastonit, forsterit.
Sanidinit fatsiyasi magmatik jinsni ekzokontaktida rivojlanadi.
Kontakt termal metamorfizm jinslariga yana marmar, kvarsit va boshqalar kiradi.
Marmarlar karbonat jinslari hisobiga hosil bo'ladi. Ular o'rta-yirik donali bo'lib, rangi har xildir.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin